Panorama. Panorama uch-to‘rt planli manzaradan (xuddi teatr dekoratsiyasiga o‘xshash) iborat bo‘lib, yig‘ma holda tayyorlanadi. Panorama ichiga ba’zi bir hayvonlarning, odamlarning maketi ham qo‘yiladi. Panoramani ko‘rsatish bilan tegishli tabiat zonasining rangbarang o‘simliklari, hayvonot dunyosi, odamlar va ular
ning yashash sharoitlari o‘quvchilar ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Skafis. Quyoshning gorizontdan balandligini ulchaydigan asbobdir. Buni qadimgi yunon olimi iskandariyalik Eratosfen ixtiro qilgan edi. Oddiy skafisni yasash uchun ikkita taxta olinadi. Birining kattaligi 20 X 35 sm, qalinligi 2,5 sm,
ikkinchisining ham kattaligi xuddi shunday, biroq qalinligi 2 sm bo‘ladi. Ikkinchi taxtaning bir chekkasida o‘rtasi mo‘ljallab sirkul yordamida yarim doyra chizib, qilarra (lobzik) bilan qirqib olinadi, ikkala taxta biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |