Ramkaning to‘rt tomoni (tagi, ikki yon tomoni v,a orqa tomoni) ochiq bo‘ladi. Ramkaning old tomoniga oyna qo‘yib, so‘ngra undan foydalanish mumkin. Ramka old tomonidagi oynaga karta, uning ustiga nusxa ko‘chirish uchun toza oq qog‘oz qo‘yiladi va konturlari ustidan qalam bilan chizilsa, kontur karta hosil bo‘ladi. Nurning yaxshi qaytishi uchun ramka tagiga (ramka qo‘yilgan stol ustiga) oq qog‘oz qo‘yish lozim. Nusxa ko‘chiradigan maxsus ramka har tomonlama qulay, uni bir joydan nkkinchi joyga ko‘chirish va u bilan ishlash oson. Elektr energiyasi bo‘lmagan sharoitda ham uning vositasi bilan karta, chizma va rasmlardan nusxa ko‘chnrnsh mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |