I bob. Makroiqtisodiy nisbatlar nazariyasi



Download 103,55 Kb.
bet3/15
Sana17.07.2022
Hajmi103,55 Kb.
#811540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
klassik iqtsiod

Kurs ishining predmeti asosiy makroiqtisodiy modellar va ularning ishlash prinsipi va vazifalari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi bo`lib ushbu kurs ishida kirish, 2 ta bob, 4 punkt, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati mavjud.

I – BOB. MAKROIQTISODIY NISBATLAR NAZARIYASI

    1. Klassik iqtisodiyotchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotining rivojlanishi uni dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylantirdi. XVIII asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta‘limotlar endi taqozo etila boshladi. Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta‘limotlarni rivojlantirish uchun, ya‘ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Haqiqatan ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik, deb atalishining asosiy sababi eng avvalo, uning ko’plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo’lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo’ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo’lsa, Fransiyada – P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta‘limoti A.Smit, D.Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S. Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi.
Keyns ta‘limotining asosiy manbasi mana shu kengroq faktorlar, iqtisodiy faoliyat bosqichini belgilovchi kuchlarda edi. Ular iqtisodiyot ishchi kuchi yetarli joydan ko’ra unga ehtiyojmand nuqtalarda, joylarda boshqaruvni kuchaytiradi, deb hisoblashadi. Iqtisodiyot o’zining resurslarini to’liq utilizatsiya qilishni boshqarishga qodir, deb taxmin qiluvchu klassik iqtisodchilar bu muammoga qiziqishmagan. Zamonaviy makroiqtisodiyot mana shu muammo va taxminlarni qayta ko’rib chiqa boshlaganidan beri va Kens makroiqtisodiyotdan voz kechganidan boshlab zamonaviy makroiqtisodchilar ba‘zida ―yangi klassik iqtisodchilar‖, deb ataldi. Klassik iqtisodchilarning iqtisodiyot rivojlanishiga oid g’oyalari ularni resurslar boshqaruvchisi sifatida narx tizimi va bozorlar haqidagi izlanishlarga olib keldi. Klassiklar bozorlar va narxlarning bir-biriga bog’liqligi va kelib chiqishini iqtisodiy o’sish sur‘atiga ta‘sirini tushunish maqsadida o’raganishdi, tadqiq qilishdi. Ular daromad taqsimlanishining o’zgarishidagi kuchlar va bir-biriga bog’liq bo’lgan narxlarning o’zgarish sabablari bilan qiziqishdi. Ular biz hozirda makroiqitsodiyot, deb ataydigan manba bilan bir qatorda merkantilistlar an‘anasini ham davom ettirishdi. Merkantilistlar nazariy strukturasi zaif bo’lishiga qaramay, ular iqtisod boshqaruvini tushunishga qobiliyatlari borligiga ishonishgan. Bu ilmni egallagach, ular iqtisodiyot majburiyatlarini sinchiklab o’rganganlarida aniqlangan har qanday nuqson va kamchiliklarni bartaraf etuvchi vositaga tashkiliy tuzilmani o’zgartirish yoki hokimiyatga aralashish uchun ruxsat berish orqali erishiladi, deb hisoblashgan.
Merkantalistlar o’zlarini shifo-kor va bemorlarga qiyoslashni yoqtirishadi: ularda noto’g’ri yuritilgan iqtisod uchun doridarmon mavjud, bu odatda, hukumat aralashuviga olib keladi: Merkantilistlar nazariyasi siyosatchidan bozor uchun chiqargan qarorini o’zgartirishini so’ragan Adam Smit nazariyalaridan keskin farq qiladi. Adam Smit iqtisodiy o’sish sur‘atini ko’rsatib berdi, David Rikardo esa kapitalizm ostidagi daromad taqsimotida eng so’nggi o’zgarishlarga qiziqib qoldi.

Download 103,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish