I bob. Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni 7


Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. O’zbekistonning pul-kredit siyosati bo’yicha kelgusidagi rejalari



Download 0,54 Mb.
bet11/12
Sana30.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#719818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Пул кредит сиёсати

2.2 Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. O’zbekistonning pul-kredit siyosati bo’yicha kelgusidagi rejalari.


O’zbekiston soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali faoliyat qilib qolgan oborot solig’i o’rniga joriy qilingan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) ning stavkasi dastlab 25% miqdorida, keyinchalik 20.18 % miqdorigacha tushurildi. Hozirgi paytda davlatning moliyaviy siyosati O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga (O’zbekiston Respublikasining qonuni N 396-1, 24-aprel 1997- yilda tasdiqlangan) va 1998-yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini va asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini rivojlanishlarini prognozlariga (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori N 540, 5-dekabr, 1997-yilda) muvofiq amalga oshirilyapti. Unda, non, sut, go’sht va go’sht mahsulotlari uchun 10% miqdorida belgilangan bo’lib, bu tadbir aholi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qo’llaniladi.
Yaqin o’tmishda, mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va aktiv moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko’rsatish sodir bo’di, moliya va moliyaviy dastaklarining aktiv ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan konseptsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab qo’yilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og’ir ahvolga olib keldi.
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiy strategiya quyidagi vazifalarni bajarishni ko’zda tutdi:

  1. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

  2. Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.


Birinchi prezidentimiz Islom Karimov belgilab bergan iqtisodiy strategiyadan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida moliya va soliq siyosatining birinchi darajadagi chora-tadbirlari va ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ladi:



Belgilanga strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajariladi. Bu chora tadbirlardan song, iqtisodiy o’sish davri boshlandi. Yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati barqarorlashdi. 1997-yilda sanoat ishlab chiqarish 5.5% ga, qishloq mahsulotlarini ishlab chiqarish 8.5% ga o’sgan bo’lsa, 2013-yilga kelib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8.8 foizga, qishloq xo’jaligi 6.8 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 14.8 foizga oshdi. Davlat byudjetining daromadlar qismi bo’yicha ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, inflyatsiya darajasi 6.8 foizni tashkil etdi. Bugungi kunga kelib esa, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.


Unga ko‘ra, mahsulotlarning qiymati 341,5 trln so‘m, xizmatlar esa 194,4 trln so‘mni, shuningdek, soliqlar 44,3 trln so‘mni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAIMning hajmi esa 16,9 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu 2019 yilgigaqaraganda 0,3 foizga balandroq.
Shu o’rinda shuni esga olishimiz kerakki, 2020 yil aprelida Jahon banki O‘zbekiston YAIMining o‘sish darajasi 1,6% bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Jahon banki O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi.2019-yilga nisbatan qishloq ho’jaligi 3 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 0.7 foizga o’sgani kuzatildi. Inflyatsiya darajasi esa 11.1 foiz darajasini ko’rsatdi.
Bu ko’rsatkichlar mamlakat iqtisodchilari tomonidan o’rganilib, oldindan prognoz qilinadi. Mutahassislar holatni o’rganib kelgusi 3 yil uchun quyidagicha prognoz qilishdi va Markaziy bank Boshqaruvining 2021 yil 21 oktyabrdagi yig‘ilishida “Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi ma’qullandi.
Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi.
2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda.
Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi.
2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi.
2020 yil va 2021 yilning o‘tgan 9 oyida mamlakatimizda fiskal, monetar va tarkibiy iqtisodiy islohotlar borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiy faollikni va yalpi talabni rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘ldi. Natijada, 2020 yil yakunlari bo‘yicha real iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,7 foizni va 2021 yilning dastlabki 9 oyligida 6,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil yakunida 6,5-7,2 foizga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Pandemiya sharoitida 2020 yilda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqasadida Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi hamda pul-kredit sharoitlari biroz yumshatilib nisbatan qat’iy fazaga o‘tkazildi. 2021 yilning o‘tgan 9 oyida esa mazkur pul-kredit sharoitlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi.
Ta’kidlash lozimki, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yicha noaniqliklar hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shu bois o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari tashqi va ichki omillarning ta’siri ko‘lami va davomiyligini inobatga olib asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi.
Ssenariylarni shakllantirishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlari, xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha prognozlari, asosiy savdo-hamkor davlatlarda kutilayotgan vaziyatlar, ichki iqtisodiy sharoitlardagi ehtimoliy tendensiyalardan kelib chiqildi. Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi.
Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.
Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha uzoq muddatli cheklovlar joriy etilmaydi.
Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi.
Ushbu ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

XULOSA


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, pul-kredit siyosati bu - to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomiladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuyi tushuniladi. Pul-kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati 2 vosita orqali amalga oshiriladi. Bular bevosita va bilvosita.
Bevosita vositalar – moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to’g’ridan-to’g’ri boshqarish orqali olib boriladi. Bevosita vositalar – moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to’g’ridan-to’g’ri boshqarish orqali olib boriladi.
Valyuta siyosati – davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursiga, valyuta operatsiyalariga ta’sir ko’rsatish chora tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatining tarkibiy qismi bo’lib, Valyuta siyosatining asosiy dastaklari – valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va boshqalardan tashkil topadi. Mamlakatda valyuta siyosatini hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi. Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o’sishini rag’batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo’lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Pul-keredit siyosatini yuritish vositalarining yana ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi turlari ham mavjud. Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklaridan va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiayalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki aholidan bu qiimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zaxiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonaviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIMga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga har xil baho beradilar. Keynschilar fikricha, monetarist siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Markaziy bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Fiskal siyosat davlatning soliqlardan tushadigan daromadlari va turli loyihalar bo'yicha xarajatlari bilan bog'liq siyosatdir. Pul-kredit siyosati boshqa tomondan, asosan iqtisodiyotdagi pul aylanishi bilan bog'liq.
Fiskal siyosat iqtisodiyotning maqsadlariga erishish uchun hukumatning soliqqa tortish, xarajatlar va turli moliyaviy operatsiyalar sxemasini nazarda tutadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi bu o’zida Markaziy bank foiz stavkalari o’zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o’tkazish jarayonini aks ettiradi. Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud bo’lmasada, foiz stavkasi o’zgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga oshadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo’yicha tahlillar ular orasida barqaror bog’liqlik mavjudligini ko’rsatmoqda.
Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O’zbekiston sharoitida cheklanganligini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Yaqin o’tmishda, mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va aktiv moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko’rsatish sodir bo’di, moliya va moliyaviy dastaklarining aktiv ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan konseptsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab qo’yilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og’ir ahvolga olib keldi.
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi.
Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi. 2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda. Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi. 2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi. Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish