Investistion siyosat kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Mablag’larni fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishni ta’minlovchi tarmoqlar foydasiga qayta taqsimlash lozim. Mablag’larning katta qismi faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga va rekonstrukstiya qilishga yo’naltirilishi kerak.
Xalq xo’jaligining barcha tarmog’ida fan-texnika taraqqiyotining asosi hisoblangan mashinasozlik tezkor rivojlantirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor stanoksozlik, elektrotexnika sanoati, mikroelektronika, hisoblash texnikasi, priborsozlik, informatika industriyasiga qaratilishi kerak.
Yonilg’i-energetika balansi strukturasini yaxshilash, xavfsizligi maksimum darajada ta’minlangan atom energetikasini rivojlantirish bilan birgalikda olib boriladi. Buning uchun esa xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yonilg’i-energetika resurslarini tejash bo’yicha muayyan tadbirlar amalga oshirilib borishi lozim.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: xalq iste’moli tovarlari va barcha turdagi xizmatlar ishlab chiqarishni tezkor oshirishni ta’minlash; kichik korxonalarni rivojlantirish; harbiy ishlab chiqarishni konversiyalash; ishlab chiqarish korxonalarini texnik qayta jihozlash; transport, elektr, neft va gaz ta’minoti tizimini hamda aloqa va axborot ta’minotini yaxshilash.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o’rinlardan birini (boshqaruvni o’z ichiga oluvchi) tashkiliy-iqtisodiy omillar egallaydi. Ijtimoiy ishlab chiqarish masshtabining o’sishi va xo’jalik aloqalarining murakkablashishi bilan uning roli ortib boradi. Eng avvalo, bu ishlab chiqarishning rastional shakllarini rivojlantirish va takomillashtirish demakdir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish infrastrukturasi ham ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Uni rivojlantirish talab qilinadi. Bu boshqarish, rejalashtirish, barcha xo’jalik mexanizmlarini iqtisodiy rag’batlantirishning usullari va shakllarini takomillashtirish; rejalashtirishda - rejalarning balanslashganligi va haqqoniyligi, xalq xo’jaligining quyi bo’g’inlariga to’sqinlik qilmasdan, faoliyati uchun imkoniyatlar yaratadigan rejali ko’rsatkichlarning optimal tuzilgan tizimini yaratishni taqozo qiladi. Ushbu omillar tizimiga quyidagilar ham kiradi: tijorat hisobi va moddiy rag’batlantirish dastaklari, moddiy javobgarlik va boshqa iqtisodiy rag’batlarning keng qo’llanilishi.
Samarali xo’jalik yuritish muammosini hal qilishda, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni yaratish hamda uni amaliyotga joriy qilishda asosiy o’rinlardan birini fan o’ynaydi. Fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishning aktual muammolari bo’yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishni kuchaytirish lozim. Bu esa ishlab chiqarishning mehnat, material va energiya sig’imini kamaytiradi hamda mahsulot sifatining oshishiga olib keladi.
Erkin bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi barcha omillarning ta’sir qilish imkoniyati sezilarli o’zgaradi. Xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshiriladi,
u iste’molchilar talabidan kelib chiqib, unga moslashtiriladi;
xalq xo’jaligining muhim tarmoqlari - sanoat, qurilish, transport va aloqa yuqori texnologiyalar asosida zamonaviylashtiriladi;
jahon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga tenglashtiriladi;
harbiy ishlab chiqarish konversiyalanadi; turli mulk shakllariga (davlat, xususiy, akstionerlik va jamoa mulkchiligiga) asoslangan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tiladi;
xo’jalik yuritishning barcha shakllari erkin rivojlantiriladi;
iqtisodiyot moliyaviy sog’lomlashtiriladi; mamlakat xalqaro aloqalarga uzviy bog’lanadi.
3.2. Statistik guruhlash usuli asosida korxona samaradorligini oshiruvchi omillarni ko’rsatish.
Korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilar ekanmiz, birinchi navbatda, ikki jihatga katta etiborimizni qaratishimiz kerak bo’ladi:
Tovar mahsulot ishlab chiqarishning reja bo’yicha bajarilishi$
Ishlab chiqarilgan tovarning sotilishi (realizatsiyasi).
Shu asosda bizlar “Zarkon” MCHJning 2015 yil holatidagi mahsulot ishlab chiqarish va ularni sotilish holatini tahlil qildik.
9-jadval.
2015 yil “Zarkon” MCHJ tovar maxsulot ishlab chiqarishida
rejaning bajarilishi*
Maxsulot turlari
|
tovar maxsulot xajmi, ming sum
|
Reja bajarilishi, %
|
reja
|
amalda
|
A)Zar tun
|
125632
|
100256
|
79,80
|
B)Dastrumol
|
12850
|
12280,3
|
95,57
|
V)Pano "Oyat"
|
25635
|
21442,3
|
83,64
|
G) Pano "Atirgul"
|
11561
|
12560
|
108,64
|
E) Zarduzi gilam
|
25560
|
23560
|
92,18
|
J)O’zbekiston Gerbi va bayrog’i
|
14562
|
18256
|
125,37
|
Z) Zardo’zi Gerb
|
22256
|
25563
|
114,86
|
I) Zar va ipak miniatyuralari
|
10252
|
2560
|
24,97
|
K) Zarduzi tikuvchilik maxsulotlari
|
27324
|
29974,4
|
109,70
|
Jami
|
275632
|
246452
|
89,41
|
*Manba: “Zarkon” MChJ 2015 yil ma’lumotlari.
Ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki, 2015 yilda jami rejada belgilangan mahsulotlarning atigi 89,41 foizi ishlab chiqarilgan. Lekin assortiment bo’yicha o’rganadigan bo’lsak, ayrim mahsulotlar, masalan, Pano “Atirgul”, “O’zbekiston gerbi va bayrogi”, zardo’zi gerb, zardo’zi tikuvchilik mahsulotlari bo’yicha reja ortig’i bilan bajarilgan. Umumiy rejaning kam bajarilishi korxonadagi 1 so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgarmas xarajatlarning ko’payishiga va samaradorlikning pasayishiga sabab bo’lmoqda.
Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishi ham muhim ahamiyatga ega. Biz 2014-2015 yillarda “Zarkon” MCHJ ishlab chiqarilgan mahsulotlari sotuvini tahlil qildik.
10-jadval.
“Zarkon” MCHJ mahsulotlari sotuvi*
|
Kursatgichlar
|
2014 yil
|
2015 yil
|
Farki (+,-)
|
1
|
Ombordagi tayyor maxsulotning yil boshidagi koldigi ming sum
|
1236,6
|
1129,2
|
-107,4
|
2
|
Yuklab yuborilgan, puli tulanmagan tovar maxsulotning yil boshidagi koldigi, ming sum.
|
1488,18
|
974,58
|
-513,6
|
3
|
Tovar maxsulot, ming sum
|
185632
|
257566,2
|
+71934,2
|
4
|
Ombordagi tayyor maxsulotning yil oxiridagi koldigi, ming sum
|
1129,2
|
1058
|
+71,2
|
5
|
Yuklab yuborilgan, puli tulanmagan tovar maxsulotning yil oxiridagi koldigi, ming sum
|
974,58
|
1159,98
|
-185,4
|
6
|
Sotilgan maxsulot, ming sum
|
186253
|
257452
|
+71199
|
*Manba: “Zarkon” MChJ 2014-2015 yillar ma’lumotlari.
Ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, 2015 yilda mahsulot sotuvi ijobiy ko’rinishda bo’lib, mahsulot sotuvi 71 mln so’mga oshgan, omborda tovarlarning sotilmay qolishi ko’paygan, lekin debitor qarzlar miqdori qisqargan. Bu holat samaradorlikning oshishiga olib keladi.
Aylanma mablag’lar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yo’llar bilan erishiladi:
Ishlab chiqarish zahiralarini tuzish bosqichida:
iqtisodiy asoslangan zahira normalarini joriy etish; xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning iste’molchilarga yaqinlashuvi;
moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va uskunalar ulgurji savdosini kengaytirish;
omborlardagi ishlarning kompleks mexanizastiyasi va avtomatizastiyasi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida:
ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish;
standartizastiya;
unifikastiya;
sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini mukammallashtirish;
xom-ashyo va yoqilg’i-energetika resurslaridan tejamli foydalanishni iqtisodiy rag’batlantirish tizimini mukammallashtirish;
yuqori talabga ega bo’lgan mahsulot ulushini ko’paytirish.
Muomala bosqichida:
mahsulot iste’molchilarini uni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirish;
hisob-kitob tizimini mukammallashtirish;
bevosita aloqalar bo’yicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini oshirish;
tuzilgan bitimlarga muvofiq jo’natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi bo’yicha tanlash.
«Zarkon»MChJda samaradorlikni oshirishda quyidagilar muhim hisoblanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti yangiliklarini keng kullash;
Ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish; yuqori bosim va ta’sirchan kuchlar qo’llaniladigan membranali, lazerli, plazmali texnologiyalar va boshqalar;
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi robot texnikalar, rotorli va rotor - konveyer liniyalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish;
Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi yana bir muhim omil bu - tejamkorlik rejimi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |