I bob. Korxona iqtisodiy ko’rsatkichlarini statistik guruhlash usuli orqali tahlil qilishning nazariy asoslari


III bob. Korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi omillarni belgilash



Download 0,65 Mb.
bet13/17
Sana29.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#415869
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Korxona iqtisodiy ko’rsatkichlarini statistik guruhlash orqali tahlil qilish

III bob. Korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi omillarni belgilash.
3.1. Iqtisodiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni aniqlash.
Erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish chuqur islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi. Barcha korxona ishlab chiqarishni intensivlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiyotga o’tish har tamonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi eng muhim omil - bu fan va texnika taraqqiyoti bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Oxirgi vaqtlargacha fan-texnika taraqqiyoti evolyustion tarzda rivojlanib keldi. Natijada amaldagi texnologiyalar takomillashib, mashina va uskunalar qisman zamonaviylashdi. Bunday natija sezilarli, lekin kutilganidek emas edi.
Yangi texnikalar bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish etarli darajada emas edi. Erkin bozor munosabatlarini shakllantirishning hozirgi sharoitida fan va texnikaning oxirgi yutuqlari asosida xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan revolyustion va sifatiy o’zgarishlarni amalga oshirish lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari quyidagilar:

  1. ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish: yuqori bosim va ta’sirchan kuchlar qo’llaniladigan membranali, lazerli, plazmali texnologiyalar va boshqalar;

  2. ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi robot texnikalar, rotorli va rotor - konveyr liniyalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish;

  3. metall mahsulotlar, plastik qorishma, kompozitlar, metall kukunlar, keramik va boshqa progressiv tuzulishli materiallarning yangi shakllarini yaratish va undan foydalanish.

Erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki bosqichida eng muhim tadbirlar fan-texnik xarakteriga ega bo’ladi. Foydaning katta qismi, soliqlar to’langach, korxonalar ixtiyorida qoladi. Bunday holat me’yoriy emas. Bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan korxonalar kelajakdagi ishlab chiqarishni rivojlantirishga etarli e’tibor bera boshlaydilar.
Yangi texnikalarga, ishlab chiqarishni yangilashga, yangi mahsulotlarni o’zlashtirish va ishlab chiqarishga zaruriy vositalarni yo’llaydilar. Undan tashqari, tashkiliy shart-sharoitlar va omillar, konstruktorlar, injenerlar, ishchilar ijodiy mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy motivlar yaratish zarur. Texnik va texnologik yangilanishlar, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar mehnat unumdorligining oshishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlash, ishlab chiqarishga mehnatni ilmiy tashkil etishning progressiv shakllarini joriy qilish, uni me’yorlashni takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, tartib-intizomga erishish, mehnat jamoasining barqarorligini ta’minlash lozim.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi yana bir muhim omil bu - tejamkorlik rejimi hisoblanadi. Resurslarni tejash yonilg’i, energiya, xom-ashyo va materiallarga bo’lgan o’sib boruvchi talabni qondirishining asosiy manbaiga aylanishi lozim. Bu muammolarni echishda sanoat asosiy o’rinni egallaydi. Bu tarmoqda xom-ashyo va yonilg’i-energetik resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan mashina va uskunalarni joriy qilish lozim.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy daromad birligiga hisoblaganda boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda yonilg’i, elektroenergiya, metallar sezilarli darajada ko’p sarflanayapti. Bu esa katta hajmdagi ishlab chiqarishni tashkil etishda resurslarning taqchilligiga olib keladi. Shuning uchun, mamlakat mashinasozligini tubdan zamonaviylashtirish zarur. Bu esa fan-texnik taraqqiyoti negizida butun xalq xo’jaligini rekonstrukstiya qilishning muhim shartidir. Bunga erishishga qaratilgan uzoq muddatli, strategik maqsadlar aholining zaruriy ehtiyojlarini to’laroq qondirish bilan uyg’unlashmog’i lozim.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshishi ko’p hollarda asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanishga bog’liq bo’ladi. Mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish, uskunalarni maksimal darajada ish bilan ta’minlash, uning smenaligini keskin oshirish va shu asosda har bir uskuna birligiga va har bir metr kvadrat ishlab chiqarish maydoniga to’g’ri keladigan mahsulot miqdorini oshirish zarur.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish