I bob. Jadidchilik va uning o’ziga xos g’oyalari


II BOB. Mahmudxo’ja Behbudiyning jadid adabiyoti taraqqiyotidagi o’rni



Download 401 Kb.
bet5/10
Sana09.06.2022
Hajmi401 Kb.
#646003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Behbudiyning adabiy merosi kurs ishi chala

II BOB. Mahmudxo’ja Behbudiyning jadid adabiyoti taraqqiyotidagi o’rni
2.1. M.Behbudiyning hayoti va ijodi
Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yili 19 yanvarda Samarqand yaqinidagi Bahshitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida tug’iladi.Otasi Behbudxo’ja Solihxo’ja o’g’li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan. 1894 yili otasi-imom xatiblik bilan shug’ullanib kelgan Behbudxo’ja vafot etadi. Yosh Mahmudxo’ja tog’asi qozi Muhammad Siddiqning tarbiyasida voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik tog’asi Odildan o’rganadi. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qila boshlaydi. U dastlab Samarqand madrasasida so’ng Buxoroda yaxshigina ta’lim oladi. An’anaviy madrasa tahsilidan so’ng esa o’z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari qozi va mufti darajasigacha ko’tarildi. 1899-1900 yillarda u Buxorolik do’sti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbusi bilan Samarqand yaqinidagi Halvoyi (S. Siddiqiy), Rajabamin ( A. Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. U ushbu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod” (1904), “Risolai jug’rofiyai umroniy” (1905),”Risolai jug’rofiyai rusiy” (1905), “Kitobat ul atvol” (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom”(1909) kitoblari paydo bo’ladi. 1903-1904 yillarda Petrburgga boradi. 1906 yili Qozon, Ufa, Nijniy Novogorodga boradi. Bu sayohat emas, xizmat safari edi. 1906 yil 23 avgustda Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati masalalariga bag’ishlangan qurultoyda qatnashadi va nutq so’zlaydi.
“Padarkush” – hamma yakdil e’tirof etgan birinchi dramaning namunasidir. Muallif «milliy fojea” atagan, 3 parda, 4 manzarali bu drama juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo’n. U jaholat va nodonlik, o’qimagan bolaning buzuq yo’llarga kirib o’z otasini o’ldirgani haqida hikoya qiladi. “Padarkush” dastlab Samarqandda1914- yili 15- yanvar kuni sahnaga qoyildi. Toshkentda 1914 yil 27- fevralda qoyildi. Avloniyning “Turon” teatr truppasi ham Kolizeyda o’z faoliyatini “Padarkush” bilan boshlagan.
1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug’ullangan. Apreldan «Samarqand” gazetasini chiqardi.Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada 2 marta, dastlab 2 so’ng 4 sahifada chop etilgan.45 sonidan so’ng yopilgan. 1913 ytl 20 avgustdan «Oyina” jurnalini chiqara boshlaydi. Bu suratli haftalik majalla. Ziyo Said u haqida: “boshda haftada bir va ikkinchi yildan e’tiboran 15 kunda bir qatla chiqib, yigirma oy chamasi davom qildi... Kavkaz, Tatariston. Eron, Afg’oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi…Jadidlarning sevikli jurnallari edi” deb yozgan edi. Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg’in shug’ullandi. «Nashriyoti Behbudiya” nomi bilan o’z xususiy nashriyotini ochdi. Turkiston xaritasini tuzib bosmadan chiqardi. 1914 yili ikkinchi marotaba Arab mamlakatlariga sayohatga otlanadi. “Sayohat xotiralari” tassurotlarini jurnal sahifalarida e’lon qildirib boradi. “Xotiralar” ham ma’rifiy, ham adabiy estetik jihatdan nihoyatda muhim. Ular adabiyotimizdagi adabiy me’muar janrining XX asr boshlaridagi nodir namunasidir. Mahmudxo’ja Behbudiy adabiy tanqidga katta e’tibor berdi. Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukutdan so’ng bu sohaning xos xususiyatlarini tayin etib, adabiyotda uning teng huquqlilik masalasini o’rtaga qoydi. “Tanqid saralamoqdir” deb nomlanadi uning bu maqolasi. (1914 y, 27 son.) Turkiston zabt etilgach ruslar mahalliy xalqqa «sartlar” deb nom berdilar. 1911 yilda “SHARQ” jurnalida Buxoro amirining ruschaga tarjimoni Bahrombek “Biz, Turkiston va Buxoro ahlining turkligi ma’lum bo’lib turib... na uchun sart ataydular?” degan savol bilan chiqadi.Behbudiy bu haqida «Sart so’zi majhuldir” va “Sart so’zi ma’lum bo’lmadi” kabi maqolalar bilan chiqadi.
Adibning barcha tarixiy-ilmiy mavzudagi maqolalari singari bu maqolalar ham o’tmish madaniyatga kamoli ehtirom, e’tiqod bilan yozilgan. Umuman uning publitsist sifatidagi faoliyati adib iste’dodining juda yorqin qirrasini tashkil etadi. O’zining millat va vatan, jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini ko’proq maqola va chiqishlarida ifoda etgan. Ba’zi tadqiqotchilar uning maqolalari adadini 200, ba’zilar esa 500 deb belgilaydilar. Behbudiy zukko siyosatdon ham edi. U zamonasidagi mavjud idora usullari haqida fikr yuritib, ularni uchga bo’ladi:
1. Idorai mustaqilla (idorai mutlaqa-monarxiya);
2.Idorai mashruta (Konstituttsiyali, parlamentli xokimiyat);
3. Idorai jumhuriyat (Respublika).Lekin millat ozod bo’lib, o’zining mustaqil davlatini o’rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo’lmaydi. .
Mahmudxo’ja Behbudiy istiqlol haqida fikr yuritar ekan, har qanday zo’rovonlikni rad etadi. “Turkiston muxtoriyati”ni zo’r quvonch bilan kutib oladi. “Bovurlar!-deb yozadi qozoq birodarlariga yozgan ochiq xatida,-bilingki, xozirda Turkistonda barcha xalqlar uchun muxtoriyat e’lon qilindi va siz bilingki, Haq olinur, lekin berilmas. Inchunun, Muxtoriyat-da olinur, lekin berilmas. YA’ni muxtoriyatni turkiston bolalarining o’zi birlashib, g’ayrat ila olurlar. Albatta, boshqalar tarafidan berilmas”. Muxtoriyat boy berildi. Uni otalarimiz saqlab qola olmadilar. 19-20 fevral kunlari shahar to’pga tutildi. 10000 ta turkistonlik o’ldirildi, 180ta qishloqqa o’t qoyildi. Orzulari chil-chil bo’lgan Behbudiy 1919 yil bahorida 25 martda Shahrisabzda qo’lga olinib, sirli bir tusda Qarshi shahrida qatl qilinadi. Uning qatli haqidagi xabar o’sha paytdagi poytaxt Samarqandga rosa bir yildan keyin ma’lum bo’ladi. 1920 yilning aprelida butun Turkiston motam tutadi.
1929 yilda Qozonda bosilib chiqqan “O’zbek adabiyoti ” kitobida esa “O’zbek milliy adabiyotining negiz toshini Behbudiy bilan Fitrat qoyib berdi” degan e’tirofga duch kelamiz. Bu gaplar haqiqatdir.



Download 401 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish