I bob. Jadidchilik va uning o’ziga xos g’oyalari


Jadid matbuoti yangi o’zbek adabiyotining



Download 401 Kb.
bet4/10
Sana09.06.2022
Hajmi401 Kb.
#646003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Behbudiyning adabiy merosi kurs ishi chala

1.2. Jadid matbuoti yangi o’zbek adabiyotining
beshigi
Jadid matbuotchiligi 1905-yildan keyin 17 oktabr Manifesti bergan ma’lum erkinliklar samarasi sifatida maydonga keldi. Biroq bunda:

  1. Turkistondagi mavjud o’zbekcha nashr- “Turkiston viloyatining gazeti”;

  2. Usmonli turk, Kavkaz, Volgaboyi matbuotchiligining ham roli katta bo’ldi.

Turkiston matbuoti Umumrusiya musulmon matbuoti bilan qadam-baqadam bordi, o’lka turmushi milliy taraqqiyot bilan bog’liq masalalarni ko’tarib chiqdi va hal qilishga urindi. Milliy adabiyotning shakllanishi hamda taraqqiy qilishiga munosib hissa qo’shdi.
Turkiston matbuoti 1905 –yil Manifestidan ilxom va madad olib, qisqa muddatda katta bosqichni bosib o’tdi va turkiy dunyoning e’tiborli davralari nazariga tushdi. Ularni ilk martaba jamlab fikr bildirgan Cho’lpon bo’ldi. Abdulla Avloniy “Burungi o’zbek vaqtli matbuoti tarixi” maqolasida 1905-1991- yillar oralig’ida o’lkada o’zbek tilida 22 gazeta, 8 jurnal nashr etilganini xabar beradi. 1992- yilda “O’zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927) ” tadqiqotini chop ettirgan Ziyo Saidning aniqlashicha, o’tgan oraliq davrda 45 gazeta, 36 jurnal dunyo yuzini ko’rgan. Bular haqida matbuotshunoslik bilan bog’liq ishlarda oz-ko’p ma’lumotlar berilgan.
Manifestdan keyin chiqqan ilk o’zbekcha gazeta- “O’rta Osiyoning umr guzarligi”. Muharriri – Ivan Geyer. Avloniy gazetaning “bir oz hur fikrli” bo’lganini qayd etadi. Ziyo Said “ikki oy” chiqqanini xabar qiladi. 1906-yilning 27 iyunida dunyo ko’rgan “Taraqqiy” (muhariri Ismoil Obidiy) ilk o’zbek milliy gazetasi sifatida tarixga kirdi. U nashr etilgan kun O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori bilan Matbuot kuni deb e’lon qilingan. “Elning eng suyib o’qiydurg’on” (Avloniy) bu gazetasi o’z davrida juda katta shuxrat qozongan. Ismoil Obidiyni “Ismoil Taraqqiy” deb ataganlar. I. Gasprinskiy maxsus “Taraqqiy” nomli maqola yozib, Toshkentlik hamkasababarini tabriklagan, “lisoni Turkiston taraflarinda maqbul turk shevasinda”, ekanligidan “maslaki taraqqiyparvar” ligidan xursandlik izxor etgan, o’lkada shunday gazetaga ko’pdan ehtiyoj bo’lganligini ta’kidlagan edi. “Taraqqiy”dan mashxur abdulla to’qay ham xabardor edi. Gazetani tashkil qilishdan materiallar bilan ta’minlashgacha Munavvarqori va Abdulla Avloniylarning roli katta bo’lgan. 20-soni chiqqach, xukumat tomonidan to’xtatilgan. Munavvarqorining “Xurshid” gazetasi (1906 yilning 6 sentabrdan chiqib, 10-sonida yopilgan) Fansurullobek Xudoyorxonov, Abdulla Avloniy, aka-uka Komilbek va Karimbek Norbekovlar, Muhammadxon Podshoxo’jayev kabi yosh taraqqiyparvar kuchlarni o’z atrofiga jamladi. Siyosiy masalalar bilan ham faol shug’ullandi. Behbudiyning gazetaning 6- sonida bosilib chiqqan “Xayrul umuri avsatuho” (“Ishlarning yaxshisi o’rtachasidir”) maqolasida Rusiyaga Ovruponing qirqqa yaqin mamlakatiga xos bo’lgan umumdemokratik mezonlar nuqtai nazaridan baho beriladi, chor xukumatining “idorai mustaqalla” – “samoderjaviye” idora tizimi tanqid tizimi tanqid ostiga olinadi. Mavjud partiyalarning dasturlariga turkistonliklar ko’zi bilan qaraladi. Chor hukumatining mustabid siyosati, xususan, vaqflarning tortib olinishi, madrasalarning xarob qilinishi, rus mujiklarini ko’chirib keltirish siyosati, mahalliy xalqning kundan kun qashshoqlashib, mulk va davlatning yaxudiy va armaniylar qo’liga o’tib borishi millar fojeasi sifatida baholanadi. Muallif “Rusiya musulmonlari itifoqi”ni alohida xisoblab, kadedlar dasturini unga muvofiq topadi. Bejiz emas, “Tarjimon” gazetasi “Bizim matbuot” nomli maqola yozib, “Xurshid”ning go’zal intixob etilgan “mundarijasi”ga, “ochiq turkcha” tiliga mamnunlik bilan to’xtalgan, Munavvarqorini samimiy tabriklab, “ishning davomini” umid qilib qolgan edi.
Afsuski, “Turkiston viloyatining gazeti” mahalliy ziyolilarimizni obro’sizlantirish yo’lidan bordi. Jumladan “taraqqiy” muharriri haqida “muharrirning asl ismi ma’lum emas, imzosi “Sayyid Ismoiyl” esa-da, o’zi “Sayyid” bo’lmasa kerak ”, -deb qochirimlar qildi va shu xil g’iybatlar bilan “Taraqqiy”ning yopilishini tezlashtirdi. “Xurshid” chiqqanida esa undan ham oshirib yubordi. “Mulla Mo’min” (N. Ostroumov taxalluslaridan biri) imzosi bilan “Munavvarqori Toshkantda tagyaxona, choyxona, to’kmaxonalarni munavvar etib, umr kechirgan ekanlar”, - deb yozdi.
Bular “g’iybat bo’lmasdan nimadir?!” –deb yozgan edi “Tarjimon” o’z sonlaridan birida.
“Xurshid” yopilgandan so’ng 9 oy muddat o’tgach, “Tujjor” gazetasi paydo bo’ldi (noshira Sayidkarim, Sayidazimboy o’g’li) va 36-soni chiqdi.
1907 yilning 1 dekabridan Avloniyning “Shuhrat” gazetasi chiqa boshladi. Gazeta tahririyati Sapyornaya – 35da joylashgan edi.
Gazetaning yo’nalishini muharrir shunday belgilaydi:

Jahonda ittifoqi ilm uchun ovoradur “Shuhrat”,


Zuhuri ro’shnoyi ilm uchun mahforadur “Shuhrat”,
Vjudin sarf qilg’on ilm uchun bechoradur “Shuhrat”,
Dili millat g’amida dam-badam sadporadir “Shuhrat”.

Bu gazeta ham 10-soni chiqqach to’xtatiladi. “Hukumat tamom narsalarin musodara qilib chiqarmasdan imzo olib to’xtatdi”. Gazeta 1908 –yilning 19 fevralida chiqqan so’nggi 10-sonida chaquvlardan shikoyat qilgan edi.


“1908-yilda yozuvchilarimiz, idoramda xizmat qilquvchi Ahmadjon Bektemirov nomiga “Osiyo” ismli gazetga ruxsat olib, idorani o’z uyimga ko’chirib, yana chiqara boshladim.
“1883-sanasi “Tarjimon” gazetasini musoada olindi. Buning uchun ikki gubernato, uch ministr xuzurina uch sana do’lanildi, kezildi, daf’a Perterburg’a ziyorat etildi...
Yigirma uch sana yop-yolg’iz do’landi. Har shayni ko’rmak, har shayni eshitmak mamnu’ va pek oz soylamak shart edi. Hozirda yigirma rafiqim vor...”.
1913 –yil Turkiston shaharlarida gazetalar yana chiqa boshladi. Behbudiy “Samarqand” gazetasini yo’lga qoydi. Atrofiga Siddiqiy-Ajziy, Hoji Muin, Nusratulla Qudratulla, Sayid Rizo Alizoda kabi taraqqiyparvar qalam egalarini to’pladi.
Gazeta moddiy qiyinchilik tufayli 45-soni chiqib to’xtadi.
Eng mashxur gazetalardan biri “Sadoyi Turkiston” edi.
Gazetaning birinchi soni 1914 –yilning 4 aprelida chiqqan. Rasmiy muharriri Ubaydullaxo’ja Asatullaxo’jayev edi. Ziyo Said unga Munavvarqori va Abdurauf Muzaffarzoda yaqindan yordam berib turganini xabar qiladi. Gazetaning deyarli har bir sonida Avloniyning she’r yoki maqolasi bosilishi, “Turon” truppasi bilan hamkorlik uning ham tahririyatda mavqei baland bo’lganligini ko’rsatadi. Gazeta saxifalarida Munavvarqori, Muskin, Xislat, Tavallo kabi toshkentlik ijodkorlarning she’rlari singari Samarqanddan Vasliy, Hoji Muin, Farg’ona vodiysidan So’fizoda, Hamza, Cho’lpon, Lutfullo Olimiy, Ibrohim Davron kabi o’nlab qalam egalarining asarlari chop etilgan edi. Gazeta bir yilcha davom etdi. 66-soni chiqib, moddiy tanglikdan to’xtadi.
Obidjon Maxmudovning “Sadoi Farg’ona” gazetasi “Sadoi Turkiston” bilan bir vaqtda chiqdi. Aollaridan biri Ashurali zohiriy edi.
1917 yilning fevralidan keyin “Najot” (Munavvarqori), “Shuroyi islom” (A. Battol), “Turon” (Avloniy), “Xurriyat” (Fitrat), “Kengash” (Zaki Validiy), “El bayrog’i” (B. Soliyev, A. Zoxiriy), “Ulug’ Turkiston” (K. Bakir) kabi ko’plab gazetalar chiqdi. Bu orasida ayniqsa, “Hurriyat” adabiy kuch-quvvati bilan, “El bayrog’i” Turkiston mustaqilligi yo’lidagi kurashimizning yorqin saxifasi bo’lgan muxtoriyat g’oyalarini ifoda etganligi bilan aloxida o’rin egallaydi.
Oktabr to’ntarishidan keyin chiqqan “Ishtirokiyum” (1918-1919), “Qizil Bayroq” (1920-1921), “Turkiston” (1922-1924) kabi partiya-sovet matbuoti deb nomlanuvchi o’nlab gazetalar dunyo ko’rdi.
Turkistonda chiqqan birinchi jurnal “Oyna”dir. Jurnal Mahmudxo’ja Behbudiyning g’ayrat va tashabbusi bilan 1913-yilning 20-avgustidan 1915- yilning 15-iyunigacha chiqdi. Jami -68 son, 1720 saxifa.
Jurnal o’lkada milliy g’oyalarning tarqalishida muhim rol oynadi, turkistonliklarga ham o’zlarini ham dunyoni borligicha ko’rsatishga harakat qildi, o’zbek adiblarininggina emas, umumturk olamining eng yaxshi qalam egalari ijodi bilan tanishtirib bordi. Oktabr o’zgarishidan keyin esa 1929-yilgacha bo’lgan davrda xalq ma’naviy turmushida muhim iz qoldirganlari “Maorif va o’qituvchi”, “Mushtum”, “Mashrab” lar edi.
Jadid matbuotiga shunchaki bir ko’z tashlash quyidagi xulosalarga olib keladi:

  1. Jadid matbuotchiligi XX asr boshidagi Turkistonning ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi yangilanishning o’ziga xos bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’ldi va millatning uyg’onishida muhim rol oynadi.

  2. Jadid matbuotining maydonga kelishida yoshlarning xizmati katta bo’ldi. O’lkada chuqur tomir otgan bosh-boshdoqlik, urug’-aymoqchilik, isrof, xurofot, mtaasiblik kabi chirkin odatlarga barham berish, keng xalqni milliy birlik, mustaqillik, ma’rifat va adolat bayrog’i ostida birlashtirish taraqqiyparvar jadid yoshlari intilishlarining maqsad -mazmunini tashkil qildi.

  3. Turkiston matbuot vositasida qardosh, tildosh, millatdosh, dindosh turk olamiga chiqdi. Ular bilan o’z taqdirini bir ko’rdi, o’tmishning achchiq tajribalaridan saboq chiqarishga, kelajak uchn bir jon, bir tan bo’lib, kurashish zaruriyatiga ishonch hosil qildi. “Tarjimon”, “Vaqt”, “Sho’ro”, “Ong” kabi Kavkaz va Volgaboyida chiqib turgan chor hukumatining mustamlakachilik tuzimiga qarshi kurashda katta tajribaga ega bo’lgan gazeta- jurnallar Turkiston jadid matbuotining oyoqqa turib olishida hamkor va hamdast bo’ldilar.

  4. O’zbek jadid matbuoti yangi o’zbek adabiyotining shakllanib taraqqiy topishida oltin beshik vazifasini o’tadi.Behbudiydan Cho’lpongacha bo’lgan jadid adabiyotining barcha vakillari fikrlarini ham, qalamlarini ham manashu ilk gazeta-jurnallarimizda charxladilar.

  5. Jadid matbuotining eng muhim xizmati millatni uyg’otish va uni mustaqillik uchun tayyorlash edi. Matbuot buni sharaf bilan bajardi. Bugina emas, zamon aylanib,totalitar tuzimga qaytganida ham uning yonida turdi.


Download 401 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish