I bob. Jadidchilik va uning o’ziga xos g’oyalari



Download 401 Kb.
bet2/10
Sana09.06.2022
Hajmi401 Kb.
#646003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Behbudiyning adabiy merosi kurs ishi chala

Mavzuning o’rganilishi. Jadidchilik harakati va jadid adabiyoti o’zbek adabiyotshunosligida o’rganilgan muammolardan. Olimlarimizdan Begali Qosimov, O.Sharafiddinov, N.Karimov, N.Abduazizova, U. Jo’raqulovlarning monografiya, risola va ilmiy maqolalaridan maktab sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruv-malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Jadidchilik va jadid matbuotini tahlil, tadqiq etish asosiy maqsadimizdir, vazifamiz esa quyidagilardan iborat:
_ Jadidchilik va uning o’ziga xos g’oyalarini tahlil va tadqiq etish
_ Jadid maktablari jadidchilikning asosiy poydevori ekanligini aniqlash
_ Jadid matbuoti yangi o’zbek adabiyotining beshigi ekanligini o’rganish
_ Behbudiyning hayoti va ijodini o’rganish;
_ Behbudiyning ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qilishdagi harakatlarini tahlil qilish, darsliklarini o’rganish;
- Behbudiyning badiiy merosini atroflicha tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi: O’zbek adabiyotshunosligida jadidchilik va jadid adabiyoti haqida juda ko’plab ma’lumotlarni olish mumkin. Ammo jadidchilik va Behbudiy adabiy merosiga doir munozaralar yetarligicha tahlil qilinmagan. Bu esa ishimizning yangiligini ko’rsatadi.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Mazkur bitiruv malakaviy ishdan litsey, kollej, maktablarda jadidchilik va jadid adabiyotini o’rganayotganda va mavzu yuzasidan ma’ruza referatlar yozishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslari: Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslarini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma’ruza,nutq va asarlarida adabiyot va san’atga doir, milliy istiqlol mafkurasi yuzasidan bildirgan fikrlari tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi : Ish kirish, 2 asosiy bob, 5 fasl, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BOB. Jadidchilik va uning o’ziga xos g’oyalari
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi faqat ijtimoiy – siyosiy jihatdangina emas, balki ma’naviy-ma’rifiy tomondan ham juda katta о‘zgarishlarga olib keldi. Mazkur ijobiy о‘zgarishlar tufayli, tariximiz sahifalarida qoralanib kelingan davrlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, oqimlar, buyuk allomalarimiz meroslari endilikda hayotimizning barcha sohalarida qaytadan о‘z о‘rnini egallamoqda, xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitish, poklash va rivojlantirish yо‘lida tobora ulkan ahamiyat kasb etib bormoqda.
Ижтимоий–сиёсий ва маънавий–маърифий ҳаракат бўлмиш жадидчилик ҳам собиқ тоталитар тузум томонидан таъқиқланган ҳодисалардан эди. Табиийки, уни холисона ўрганиш мумкин эмасди. Чунки жадидчилик ўз олдига қўйган бош мақсад Туркистон халқларини мустамлакачилар зульмидан озодликка олиб чиқиш, уларни ҳар томонлама шахс эркинлигини таъминлайдиган янги жамият қуришга тайёрлашдан иборат эди. Buning uchun jadidlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni eng muhim va obyektiv zaruriyat deb hisobladilar:
1. Turkiston xalqlarini erkparvarlik, millatparvarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
2. Turkistonliklarni jahonning boshqa millatlari bilan har jihatdan teng yashay olish, jahon madaniyati sivilizatsiyasidan xabardor bо‘lish darajasiga kо‘tarish.
3. Turkiston uchun yagona bо‘lgan milliy g‘oyani yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish va boshqalar.
Shuningdek, jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida uch asosiy yо‘nalish mavjud edi. Birinchisi – yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, ikkinchisi – umidli yoshlarni chet ellarga о‘qishga yuborish va nihoyat, uchinchisi – turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish edi.
Turkiston tarixida jadidchilik harakati alohida mavqega ega, uning о‘rganilishi tom ma’noda mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan sо‘ng boshlandi va bu о‘rganishning uzoq vaqt hamda kо‘p tomonlama davom etishi tabiiy hol. Shu ma’noda jadidchilikning kelib chiqishiga va mohiyatiga doir fikr bildirish hamda bu boradagi fikr almashinuvlar deyarli endi boshlanmoqda desak, yanglishmagan bо‘lamiz.
Taniqli jadidshunos olim, professor Begali Qosimov “Milliy uyg‘onish” deb nomlangan kitobida “jadidchilik” istilohining kelib chiqishi haqida tо‘xtalib, shu munosabat bilan uning mohiyati tо‘g‘risida ham fikr bildiradi: “Jadidchilikning” asosida “jadid” sо‘zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bо‘lmasa, “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur“, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni о‘zida mujassam etgan2
Mazkur ta’rifni “jadidchilik” istilohining boshqalarga nisbatan tо‘g‘ri, mukammalroq talqini deyish mumkin. B.Qosimov ayni shu kitobda jadidchilikning xarakter – yо‘nalishi haqida ham qisqa, lekin lо‘nda va obyektiv fikr bildiradi: “Jadidchilik – oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat” 3.
Mazkur harakat maqsadlariga kо‘ra, Vatan, millat va davr oldida turgan ulkan ijtimoiy–siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy muammolarni Turkiston xalqlarini ma’rifatli qilish, ular hayotini qaytadan madaniylashtirish va zamonaviylashtirish yо‘li bilangina hal etish mumkin edi. Bunday miqyosli va tarixiy vazifani tor doiralarga mansub yoki muayyan tabaqaviy qarashlarga asoslangan oqim hal qilolmasdi. Butun Turkiston xalqlarini, “Rusiya turklarini” yagona safga birlashtira oladigan harakat lozim edi. Jadidchilik ana shunday harakat sifatida maydonga chiqdi.
Mashhur qrim-tatar allomasi Ismoilbek Gasprali X1X asrning oxirlarida asos solgan bu harakat va uning «Tarjumon» gazetasi mazlum Turkiston hayotida misli kо‘rilmagan о‘zgarishlar qildi, hatto jahon tajribasida kо‘rilmagan shiddatli ijtimoiy-ma’rifiy tо‘lqinni vujudga keltirdi, jadid allomalari Turkistonda milliy-mintaqaviy uyg‘onish jarayonini boshlab berdilar, ular yaratgan ilmiy-pedagogik, falsafiy-axloqiy, badiiy-publistik asarlar, yangicha maktablar, yangi teatr, yangi adabiy-badiiy janrlar mintaqaviy va umumjahon miqyosida katta ahamiyatga ega bо‘ldi.
Agar Ismoilbek Gasprali g‘oyalari mo­hiyatiga nazar tashlasak, ularning, ayniqsa, dastlabki davrda Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga qarshi qaratilganligi, yuksak taraqqiyotga milliylikni saqlagan holda erishishga chaqirishi sezilib turishini kо‘ramiz. Jumladan u shunday yozadi: “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi kо‘pdir. Ulug‘ yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan о‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz. Maktablarini, universitetlarini biz ham quramiz. Ammo aqllarimizni qanchalik yoritsak, qalblarimizni ham shuncha haqqoniyat bilan tо‘ldirmoqqa harakat qilamiz. Ovrupada nimani kо‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-hushli insonlardek “bu nimadir?, Oqibati nima bо‘ladi?, Vijdon va haqoniyatga uyg‘unmi?”, - deya aql tarozisiga tortib olamiz. Ovrupa madaniyati mulohazasiz qabul qilaverish mumkin bо‘lgan bir narsa emas”4. Bu esa jadidchilikning quruq boshqalardan kо‘r-kо‘rona kо‘chirilgan harakat yoki intilish emasligini yana bir tasdiqlaydi.
Ismoilbek Gaspralining О‘rta Osiyoda jadidchilik g‘oyalarini tarqatishdagi xizmatlarini tan olgan holda, shu bilan birga о‘zbek ziyolilarining ham bu boradagi harakatlari munosib baholanishi kerak. Ularning kо‘pchiligi jadidchilik g‘oyalariga о‘z yо‘li bilan mustaqil ravishda yetib kelganlar. Bugungi kunda Turkiston jadidlarining rahnomasi, asli samarqandlik Mah­mud­xо‘ja Behbudiy, toshkentlik Munavvarqori Abdurashidxonov va buxorolik Abdurauf Fitratning taraqqiyparvarlik harakatiga asos solganliklari, unga rahbarlik qilganliklari hammaga ma’lum. Jadidchilik harakatining mohiyatiga e’tibor qilib qaralsa: u ma’rifatparvarlik emas, balki ma’rifatchilik edi.
“Ma’rifatchilik” iborasiga iste’dodli olim SH.Rizayev alohida urg‘u berib, uni atroflicha tahlildan о‘tkazgan.5 Darhaqiqat, ma’rifatparvarlar asosan ma’rifat homiylari tarzida, «tashqaridan» turib, ya’ni xalqning iste’dodli farzandlarini qо‘llab - quvvatlash orqali va о‘z asarlari yordamida bilvosita faoliyat kо‘rsatgan bо‘lsalar, ma’rifatchilar bir paytning о‘zida ham homiylar, ham ma’rifatning qora mehnatchilari edi. Nazariy yо‘nalish bilan amaliyotning ana shunday chambarchas bog‘liq holda olib borilishi jadid ma’rifatchilari uchun Ovrо‘pa ma’rifatparvarlari asrlar mobaynida bosib о‘tgan yо‘lni bir necha о‘n yil ichida «kesib chiqish» imkonini yaratdi. U fidoyilik evaziga bunyodga keldi.
Prezident I.A Karimov bu haqda shunday deydi: - “XX asr boshidagi ma’rifatchilik harakati haqida gapirgandim. О‘sha harakatning namoyandalari boylik uchun, shon – shuxrat uchun maydonga chiqishdimi? Mahmudxо‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavollolarga maktab ochganlari, xalqni о‘z haq – huquqlarini tanishga da’vat etganlari uchun birov maosh tо‘laganmi? Birov ularga oylik berganmi? Albatta yо‘q! Ular о‘t bilan о‘ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bila turib, ongli ravishda mana shunday yо‘ldan borganlar. Chunki vijdonlari, iymonlari shunga da’vat etgan”6. Jadid ma’rifatchiligi tom ma’nodagi keng miqyosli uyushgan harakatga aylandi. Yakka-yakka tarzdagi individual homiylikka asoslangan ma’rifatparvarlikka nisbatan u izchilligi, tezkorligi va ommaviyligi bilan butun mintaqani qamrab oldi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, jadidchilik harakati XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakat sifatida u dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlari о‘rtasida vujudga keldi. Ushbu harakat namoyandalari о‘zlarini taraqqiyparvar, keyinchalik, jadidlar deb atashgan. О‘sha davrning ilg‘or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik harakati mohiyat e’tibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va mag‘libiyatga uchrash davrlari bо‘lib, ularni shartli ravishda tо‘rtga bо‘lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929 yillarni о‘z ichiga oladi7.
Jadidchilik harakatining dastlabki davrida Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam о‘rnashib olishi kuzatiladi. U о‘z siyosiy vakillari yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qо‘g‘irchoqqa aylantirib, rus va g‘arb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini kо‘zlaydi. Ayni chog‘da mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qо‘yildi, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bо‘lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxо‘rlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, mahkama jarayonida qozilar bо‘yniga xoch taqtirishgacha borildiki, yerli aholini bu xildagi tahqirlash hollari mustamlakachilarning bedodligini yaqqol kо‘rsatardi.
Millat istiqbolini о‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari – hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg‘otish – siyosiy-ma’rifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida mazkur harakat rivojlanish uchun о‘ziga qulay zamin topdi.
Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil kо‘rishni orzu qildilar va shu yо‘lda fidoyilarcha kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yо‘nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga о‘qishga yuborish; turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallarda chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni о‘rta asrlarga xos qoloqlik va mutaassibona diniy xurofotdan ozod etish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitusion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini о‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qо‘shin tuzish.
Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxо‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxо‘jayev (Ubaydulla Xо‘jayev), Toshpо‘latbek Norbо‘tabekov (Toshkent), Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xо‘jayev, Usmonxо‘ja Pо‘latxо‘jayev, Abdulvohid Burhonov, Sadiriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, CHо‘lpon, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif Sо‘fizoda (Farg‘ona vodiysi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi.
Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, jug‘rofiy qamrovi va yо‘nalishiga kо‘ra, uchga bо‘linadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi. Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari о‘rtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston о‘lkasidagi jadidlar chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, sо‘ng mustaqil davlat bо‘lishini yoqlab chiqdilar.
Buxorodagi jadidchilik harakati Turkistondagiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda dо‘kondorlar va ma’murlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar о‘rtasidagi nufuzi avvaliga past bо‘lgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, jumladan, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi bо‘lishdi. Buxorodagi jadidchilik harakatiga ongi qotib qolgan ayrim kishilar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bо‘lgan qadimchilar oqimi qarshi chiqdi. 1908 yili “Buxoroi sharif shirkati”tuzilib, bu shirkat darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shug‘ullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abdusaidov), Usmonxо‘ja Pо‘latxо‘jayev (Usmon Xо‘ja), Homidxо‘ja Mehriy, Abdulvohid Burhonov, Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa’diy shirkatning tashkilotchilari edi.
XX asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning о‘ng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini о‘ziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxо‘ja boshchilik qilgan. Jadidchilikning о‘ng oqimi о‘z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar о‘tkazish orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yо‘l ochib berishni maqsad qilib qо‘ygan edi. Xivada jadidchilikning sо‘l oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan bо‘lib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini о‘stirish maqsadini qо‘yishgan edi. 1904 yili “jamiyati xayriya” tuzilib, uning kо‘magi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi.
Jadidchilik harakati 1906-16 yillarda о‘zining asosiy yо‘lini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, о‘zligini anglab, uyushishga chaqirdi. О‘lka moddiy va ma’naviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. CHо‘lpon she’rlari va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat U.Xо‘jayev oliy о‘quv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish masalasini ilgari surdi. Jadidlar 1915-1916-yillarda “Ozodlik, tenglik va adolat” shiori ostida ishladilar.
Jadidlar о‘z asarlarida nafaqat siyosiy tuzumni о‘zgartirish, mustamalakachilikdan qutulish, xalqni ma’rifatli qilish g‘oyalarini, shuningdek, jamiyat qurilishi, uning har bir bо‘g‘ini va qatlamini isloh qilishni kо‘tarib chiqdilar. Masalan, Fitrat oilaga bag‘ishlab maxsus asar yozdi. “Oila jamiyatning ijtimoiy- ma’naviy bо‘g‘ini, kichik bir vakili bо‘lib aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib intizom bо‘lsa, uning a’zolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga kо‘chiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatlarida qо‘llaydilar. Bu esa, ularning о‘z xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishlariga sabab bо‘ladi8.
1917 yili jadidchilik harakati о‘zining yangi bosqichiga qadam qо‘ydi. Fevral inqilobidan sо‘ng о‘zbek, tatar va qozoqlar birlashishga ahd qildilar va “Turon” uyushmasi zaminida “SHо‘roi Islomiya” jamiyati tuzildi. 1917 yil 14 martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaharlarga targ‘ibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov tо‘g‘risida ma’lumot berish bilan shug‘ullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda “SHо‘roi Islomiya” tizimi yaratilishining tashabbuskori bо‘ldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi.
Jadidchilik harakati siyosiy ma’rifatchilikdan Jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga kо‘tarila oldi. Bu harakat hamda firqa a’zolari о‘z faoliyati va dasturiga kо‘ra, shо‘ro adabiyotlarida aytilganidek, “bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari” emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini о‘ylab ish kо‘rgan demokratik jarayonning eng savodli, olijanob namoyandalari edi.
Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli tobora bir - biridan yiroqlashib borayotgan turkiy xalqlarni umumiy til, umumiy maqsad va umumiy vazifalar orqali bir millat qilib birlashtirish g‘oyasi jadidchilikning harakatlantiruvchi kuchini tashkil etardi. Ana shunday tarzda birlashgan va uyushgan millat, yuqorida aytganimizdek, yuksak ma’rifatga, zamonaviy ilmiy taraqqiyotga, madaniyatga erishib, tamaddun jihatidan jahonning ilg‘or, buyuk millatlari bilan tenglashishi va pirovard natijada milliy mustaqillik va ozodlikni qо‘lga kiritishi kerak edi. «Til birligi masalasi bizim hayotimizda hayot - mamot masalasidir. deb yozgan edi, Ismoil Gaspirali. Va biz bu masalada bir qadam ham orqaga chekinmaymiz!»9.
Jadidchilik harakati moddiy-iqtisodiy asosining ma’lum ma’nodagi qoimligi va uzviyligini ta’minlashda yuqorida keltirilgan ikki omil-ma’rifatchilar fidoyiligi va mahalliy boylar xayriya-ionalaridan tashqari “Jamiyati xayriya”larning paydo bо‘lishi jadid teatri yо‘lga qо‘yilishi bilan vujudga kelgan moddiy manba ham muhimdir; bular-“Tomoshalar”va “Ispektakl”lardan, ya’ni teatr spektakllaridan tushgan mablag‘lar edi. Munavvar qori Abdurashidxonov “Samarqand” gazetasining 1913 yil, 20-23 avgust sonida e’lon qilgan “Toshkandda musulmon jamiyati” maqolasida: “Uchinchi yо‘lda shahar bog‘ining yozlik teatrusida bir martaba ispektakl qо‘yib, olti yuz sо‘mga yaqin foyda qildi. Buning ustiga, ushbu avgustning 8 – kuni ramozon munosabatida Shayx Xovondi Tahur bog‘ida bir martaba “Tomosha kechasi yasadi, ushbu tomosha kechasining daromad va buromadi ushbu tariqa bо‘ldi,”- deb ushbu tomoshalardan jami 1446 sо‘m 96 tiyin daromad kelganini aytadi”10
Jadidlarning sayi-harakatlari natijasida Turkistonda turli davrlarda “Taraqqiy”, ”Xurshid”, ”Osiyo”, ”Turon”, ”Sadoi Turkiston”, ”Turk eli”, ”Najot”, ”Kengash”, ”Ulug‘ Turkiston”, ”SHо‘roi Islom”, ”Oyna”, ”Hurriyat”, “Buxroi Sharif”, ”Sadoi Farg‘ona”, ”Tirik sо‘z”, ”Yurt”, ”Farg‘ona nidosi”, ”Farg‘ona sahifasi” kabi gazeta va jurnallar nashr etildi. Shu bois chor ma’murlari va keyinchalik shо‘ro mustamlakachilari jadidlar timsolida о‘zlarining eng ashaddiy raqiblarini kо‘rdilar va ularga qarshi shafqatsiz kurash olib bordilar.
Jadidchilik harakatining aksariyat taniqli namoyandalari 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirg‘in natijasida halok bо‘ldi. Jadid harakatiga sovet davrida “millatchilik”, panturkizm, panislomizm tamg‘alari bosilib, nohaq qoralandi. Jadid adabiyotini о‘qish ta’qiqlandi.
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomiga yopishtirilgan tavqi la’nat va soxta yorliqlar olib tashlanib, ularning asl nomlari qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, san’atshunos va pedagog olimlar jadidlarning boy ilmiy va adabiy merosini о‘rganishda dastlabki natijalarni qо‘lga kiritishdi. Mustaqillik yillarida, Fitrat, CHо‘lpon, Abdulla Qodiriy, A.Avloniyning kо‘p jildli, Behbudiy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Sо‘fizodaning shuningdek, Fayzulla Xо‘jayev, Munavvarqori, P.Yusupovning asarlari alohida chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan «Unutilmas siymolar” jadidchilik harakatining namoyandalari” albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning serqirra faoliyati darslik va qо‘llanmalarga kiritildi. 1999 yil 16-18 sentabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)” mavzuida xalqaro konferensiya о‘tkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari tо‘g‘risida jahon ilm-fanida tо‘plagan sо‘nggi xulosalar yuzasidan о‘zbekistonlik hamkasblari bilan о‘zaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi e’tirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.
Mustaqilllik yillarida milliy-ma’naviy tiklanish, milliy tarixni anglash, tarixiy adolatni tiklash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek « Biz yaxshi bilamizki, hayot tinimsiz izlanish, tinimsiz kurashdir. Xalqimizning boshidan kechirgan behisob qiyinchiliklari, mardona mehnatining samarasini kо‘rish, undan bahramand bо‘lish vaqti yetib kelmoqda»11. Ijtimoiy–siyosiy va ma’naviy–ma’rifiy harakat bо‘lmish jadidchilik ham sobiq totalitar tuzum tomonidan ta’qiqlangan hodisalardan edi. Bu boradagi keng kо‘lamli yangilanishlar, ularning nomlari tiklanishi, asarlari о‘rganilishi tom ma’noda mamlakatimiz tarixida muhim voqea hisoblanadi.
Ma’lumki, jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida uch asosiy yо‘nalish mavjud edi. Birinchisi - yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, ikkinchisi - umidli yoshlarni chet ellarga о‘qishga yuborish va nihoyat, uchinchisi - turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish edi. Mazkur harakat maqsadlariga kо‘ra, Vatan, millat va davr oldida turgan ulkan ijtimoiy–siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy muammolarni Turkiston xalqlarini ma’rifatli qilish, ular hayotini qaytadan madaniylashtirish va zamonaviylashtirish yо‘li bilangina hal etish mumkin edi. Bunday miqyosli va tarixiy vazifani tor doiralarga mansub yoki muayyan tabaqaviy qarashlarga asoslangan oqim hal qilolmasdi.
Jadidchilik oqimining asoschisi, mashhur qrim-tatar allomasi Ismoilbek Gaspralining g‘oyalari amalga oshishi natijasida X1X asrning oxirlarida Turkiston hayotida misli kо‘rilmagan о‘zgarishlar bо‘ldi, hatto jahon tajribasida kо‘rilmagan shiddatli ijtimoiy-ma’rifiy tо‘lqinni vujudga keltirdi, jadid allomalari Turkistonda milliy-mintaqaviy uyg‘onish jarayonini boshlab berdilar, ular yaratgan ilmiy-pedagogik, falsafiy-axloqiy, badiiy-publistik asarlar, yangicha maktablar, yangi teatr, yangi adabiy-badiiy janrlar mintaqaviy va umumjahon miqyosida katta ahamiyatga ega bо‘ldi.
Ushbu oqim о‘zida yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblarini jamlagan bо‘lib, ular yurtni obod va Vatanni mustaqil kо‘rishni orzu qildilar va shu yо‘lda fidoyilarcha kurashdilar. Ular turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish,gazeta va jurnallarda chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurishni maqsad qilib qо‘ydilar. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
Jadid mualliflar maqsadlariga yetishda yangi jadid maktablarini ochish, xalqni savodli qilish, zamon bilan hamnafaslikni olib kirish maqsadida turli xil darsliklar yaratdilar. Mana shunday darsliklari orasida islom tarixi, islom odablariga bag‘ishlangan kichik darslik va qо‘llanmalar ham mavjud edi. Bunday an’anani jadidlarning о‘zlari yaratgan emas va ular mintaqada о‘qitilib kelingan islom tarixiga oid darsliklarni qisqartirish, muxtasar holatga keltirish yо‘lini tutdilar.
Jadid ma’rifatparvarlarining asarlari bir birlarinikidan bir oz bо‘lsada farq qilishi tabiiy hol edi. Chunki ularning о‘rtasida ham mintaqadagi an’analarni mustahkam tutgan, xorijiy tajribalarni qо‘llab quvvatlagan vakillar mavjud edi.



Download 401 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish