Xulosa va takliflar……………………….……………………………..
|
37
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………...
|
39
|
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Korxona har bir xodimdan samarali foydalanish kerak. Agar xodim keltirgan eng katta daromad unga sarf bo’lgan eng katta xarajat miqdoridan yuqori bo’lsa, u holda korxona tomonidan yana bir ishchini jalb qilish maqsadga muvofiq. Aksincha, xodimga sarf bo’lgan eng katta xarajat miqdori undan olingan eng yuqori daromad darajasidan baland bo’lsa, u holda ishchini yollash qisqaradi. Bu esa daromad hajmini emas, balki ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlarning kamayishiga olib keladi, natijada bu holda ham foyda ko’payadi.
So’nggi yillarda ro’y berayotgan fan-texnika taraqqiyoti mehnat faoliyatidagi yirik o’zgarishlarga sabab bo’ldi. An’anaviy texnologiya asta-sekin o’z o’rnini egiluvchan ish uslublari, robot va kompyuter texnikalari, zamonaviy texnologiyalariga asoslangan ilmiy ishlab chiqarishga bo’shatib bermoqda. Ularni hayotga tatbiq etish tufayli ishchilar soni qisqarib, yuqori malakali xodimlar salmog’i ortib bormoqda. Bir ishchi tomonidan harakatga keltiriladigan kapital hajmi ham ortyapti.
Xodimlarga xarajatlar haqidagi axborotlarni boshqarish, ya’ni ularni tahlil qilish, rejalashtirish, uning hisoboti, qayta ishlanishi, saqlanishi va hokazolarni rag’batlantirish, nazorat qilish kerak.
Korxona tashkiliy tuzilishining o’ziga xos jihatlari, markazlashuv darajasi, turli miqyosdagi rahbarlar vakolatlari darajasi ulardan har birining nafaqat korxona yoki uning bo’linmasi faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilish, balki uning natijalari va samaradorligini baholash uchun ham zarur bo’lgan axborotlarga ehtiyojni belgilaydi.
Shu munosabat bilan ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlar bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nafaqat ilmiy, balki shu bilan birga amaliy ahamiyat ham kasb etadi.
Mavzu o’rganilganlik darajasi. Ish haqi bo’yicha me’yorlarni o’rnatish, ish beruvchi va xodim o’rtasidagi o’zaro mehnat munosabatlari shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liq holda eng kam yashash darajasini belgilash uslubini ishlab chiqish masalalari A.I.Rofe, A.Ya.Kibanov, A.Dubrovin, N.V.Lasnikov, M.N.Durin, Yu.B.Lyasnikov, G.P.Juravleva, L.V.Strelkova, Yu.A.Makusheva, V.P.Palutova, V.V.Adamchuk, N.A.Volgin, R.Yakovlev va boshqa xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan o’rganilgan.
O’zbekiston Respublikasida ish haqini Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, G.Saidova, A.A.Raxmatov, A.B.Xayitov kabi iqtisodchi olimlarning tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
Ayni paytda, “O’zbekko’mir” OAJ “Belazko’mir” filialida ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini belgilash mezonlarini ishlab chiqish shakllari, turlari va usullarini takomillashtirish hanuzgacha etarlicha o’rganilmagan. Bu esa ushbu mavzuning ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb ekanligini asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |