II BOB. KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIKLARINING RAQOBATBARDOSHLIK AFZALLIKLARI VA UNI ANIQLOVCHI OMILLARINI O‘RGANISH
2.1. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Ko‘p tarmoqli fermer ho‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi bilan birgalikda ularni kayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga servis xizmati ko‘rsatishi bilan ko‘zga ko‘rinmoqda.Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning qo‘shimcha tarmog‘i asosiy tarmoq bilan bog‘liq holda yoki asosiy tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda tashkil etilishi mumkin.
Qo‘shimcha tarmoqni asosiy tarmoq (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va uni qayta ishlash sohalari) bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda tashkil etish yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
– Suratxonalar tashkil qilish;
– cho‘milish havzalari;
– go‘zallik saloni;
– dam olish uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
– turli to‘y va boshqa marosimlar uyi faoliyatini tashkil qilish;
– umumovqatlanish shoxobchalari;
– xalq hunarmandchiligi bilan shug‘ullanish;
– ekoturizmni tashkil qilish;
– avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish;
– poyabzal ta’mirlash va tikish;
– yog‘ochni qayta ishlash va quritish;
– qurilish materiallari ishlab chiqarish;
– mebel yasash va ta’mirlash;
– teleradio, video, audio apparatlarini sozlash ustaxonalari tashkil qilish;
– tijorat, savdo-sotiq korxonalari;
– yarimtayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari, ip, kalava va boshqalar) va hokazo.
Umuman, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining asosiy xususiyatlari ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi muhim shartlardan biri bu – har qanday fermer xo‘jaligi o‘z daromadini (sof foyda) oshirish maqsadida o‘z xohishiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylanishi mumkinligidir.
Hozirgi paytda fermer xo‘jaliklari ixtiyorida bo‘lgan mavjud er-suv, mehnat resurslari, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, texnika vositalari, bino va inshootlar kabi vositalardan unumli foydalangan holda fermer xo‘jaligining oladigan foydasi miqdorini oshirish masalasi ko‘zda tutilmoqda.
Fermer xo‘jaliklarida ko‘p tarmoqli faoliyatning o‘ziga xos alohida xususiyatlari va yo‘nalishlarini hisobga olib, bu yo‘nalishlarni quyidagicha tasniflash mumkin (3-rasm).
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning qo‘shimcha tarmog‘i quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash yo‘nalishlarida;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi xo‘jalik sub’ektlariga agrotexnik, iqtisodiy, texnikaviy, zooveterinariya va boshqa sohalarda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida;
engil sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida;
aholiga savdo, transport, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |