I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari



Download 1,27 Mb.
bet8/31
Sana14.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#360682
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining

Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari7

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov

bir-

ligi


Yillar




2005

2010

2011

2012

2013

2014

2014 y. 2005 y.ga nisbati

Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida fermer xo‘jaliklarining ulushi

%

24,3

35,6

35,0

35,1

34,0

32,9

8,6 punkt

Jami etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarida fermer xo‘jaliklarining ulushi

%

41,6

56,5

55,4

54,5

53,7

52,6

11

punkt


Jami etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarida fermer xo‘jaliklarining ulushi

%

2,7

4,5

5,0

5,2

4,5

4,4

1,7 punkt

Fermer xo‘jaliklari soni

birlik-da

125668

66134

69184

70761

73449

78635

-47033

Fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan ekin maydoni

ming.ga

2140,7

3143,0

3063,4

3082,6

3102,6

3114,3

973,6

Fermer xo‘jaliklari ekin maydonining jami ekin maydonidagi ulushi

%

58,7

84,8

85,1

85,0

84,8

84,7

26

punkt


Fermer xo‘jaliklarida band bo‘lganlar soni

ming

kishi.


954,2

1338,9

1305,1

1349,9

1229,8







O‘rtacha bir fermer xo‘jaligi ga to‘g‘ri keladi:

























- bandlar

kishi

7,6

20,2

18,9

19,1

16,7







- ekin maydonlari

ga

17,0

47,5

44,3

43,6

42,2

39,6

22,6

Qishloqda aholi bandligini ta’minlovchi bir qancha omillar mavjud bo‘lib, bu omillardan eng maqbuli, mavjud imkoniyat va shart-sharoitlardan kelib chiqib fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha faoliyat turlarini tashkil qilish hisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining doimiy ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishdan tashqari, mahsulotlarni qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatlarini ham rivojlantirishga ko‘maklashish lozim. Bular qishloqlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ijobiy hal qilishga yordam beradi. Ushbu masalani ijobiy hal etish ko‘p jihatdan hududlarda aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlarga bog‘liq. Buning uchun har bir hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalikdarini rivojlantirish qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishni samarali yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bu jarayonlarning ob’ektivligi va maqsadga muvofiqligi quyidagi jihatlar bilan izohlanadi:


  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlarida etishtirilgan mahsulotlar sanoat uchun almashtirib bo‘lmaydigan xom-ashyo hisoblanadi;

  • qishloqda murakkab bo‘lmagan texnologiyalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga nisbatan sanoatlashgan fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori;

  • qishloq hududiga kirib kelgan sanoat ishlab chiqarishi natijasida fermer xo‘jaliklarining foydasi ortadi va bu foyda (daromad)ning bir qismini qishloq ijtimoiy taraqqiyotiga yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi;

  • fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha sohalar rivojlanishi qishloq aholisining ilmiy texnik saviyasi, kasb mahorati va malakasini ko‘tarishga xizmat qiladi va bir vaqtning o‘zida muayyan texnik bilim malaka darajasini ham talab qiladi. Bu qishloqda bilim va ilmiy texik salohiyatini oshirishga turtki bo‘ladi;

  • fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloqda sanoat shahobchalarining qurilishi tegishli ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini taqazo etib, telegraf, yo‘llar, elektrlashtirish, moddiy-texnik ta’minot shahobchalari, gaz, ichimlik suvi quvurlari, isitish tizimi kabi ob’ektlar rivoj topadi;

  • qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanayotgan sanoatchi fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarishi qishloqdagi mavsumiy ishsizlikning oldini olish imkonini beradi. Bandlik darajasining yuqoriligi ijtimoiy barqarorlik va aholi daromadlarining oshishi shartlaridan hisoblanadi;

  • sanoat korxonalari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida integratsiyasi chuqurlashadi;

  • qishloqda ishchi kuchining shaharga nisbatan arzonligi fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

Bugungi kundagi faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari o‘z faoliyatida iqtisodiy-ijtimoiy va biologik jarayonlarni birlashtirib, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat korxonalariga xom ashyo etkazib berish bilan birga sohada ishlayotgan kishilarning ijtimoiy-demografik rivojlanishini ta’minlash va atrof-muhit muvozanatini saqlab turish vazifasini ham bajarishi lozim. Bu esa fermer xo‘jaliklarida qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtai-nazaridan yangicha yondashuvni talab qiladi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilash, mavjud muammolarni hal qilishdagi o‘rni quyidagilarda o‘z aksini topadi:



  • mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan ta’minoti - bozor iqtisodiyoti sharoitlariga tez moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan kichik ishlab chiqarish va xususiy mulk ustunliklarini o‘zida mujassam etgan fermer va dehqon xo‘jaliklari hisobiga hal etilmoqda. Bu mamlakat ijtimoiy barqarorligini ta’min etishda yirik manba bo‘lib xizmat qilmoqda;

  • ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish nafaqat fermer ishchi-xodimlarining oilasi farovonligini ta’minlaydi, balkim fermer xo‘jaliklari tovar xo‘jaliklariga aylanib bozor uchun mehnat qilish ko‘nikmalarini egallamoqda. Natijada respublikamizning iste’mol bozori arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘yinmoqda;

  • ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari rivojpanishi qishloq oilalari daromadlari oshishi bilan birgalikda, oilalarda farzandlarni mehnatga hurmat, tadbirkorlik, tejamkorlik ruhida tarbiyalashga muhit yaratdi. Yangi o‘sib keluvchi yosh avlodda mustaqil mehnat qilish, o‘z mehnati natijalaridan bahramandlik kayfiyati, ularni tashabbusga, mas’uliyatni his qilishga undaydi va jamiyat ravnaqi yo‘lida muhim ijtimoiy masalani hal qilishga hissa ko‘shdi;

  • ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari rivojlanishi qishloq joylarda bozorga xos bo‘lgan infratuzilmalar rivojlanishiga turtki beradi. Hozirda fermer xo‘jaliklari tomonidan ayniqsa qishloq hududlarida turli xildagi madaniy-maishiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda, vositachilik, ta’minotchilik bilan shug‘ullunuvchi, turli xususiy transport xizmatlari ko‘rsatuvchi, qayta ishlovchi xususiy shaxs va kichik korxonalar maqomidagi tizimlar yuzaga keldi va rivojlanmoqda.

Fermer xo‘jaliklarida ishlab chikarish samaradorligining oshirish orqali ularning qishloq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini mustaxkamlash uchun eng avvalo fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xizmat ko‘rsatish tizimini bozor iktisodiyoti talablariga moslashtirish, xo‘jaliklarda ajratib berilayotgan erlardan foydalanishda eknnlar tarkibini tanlashda konunlarda ko‘zda tutilgan erkinliklarni to‘liq ta’minlash, fermer xo‘jaliklari bilan qishloq xo‘jalik korxonalari tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro shartnoma shartlari va ularni ijro etish sifatlarini oshirish, fermer xo‘jaliklariga turli xil servis xizmati ko‘rsatish darajasnni yaxshilash va bu sohada ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, fermer xo‘jaliklari boshliqlarining bilim va kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqalar.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishi jamiyatda, eng avvalo qishloq hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy vaziyatni doimo mo‘‘tadil va barqaror bo‘lishini ta’minlash, doimiy yangi ish joylarini shakllantirish, respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitish va nihoyat bandlik darajasini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Shuni hamisha nazarda tutish zarurki, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini keng ko‘lamda rivojlantirish asosida g‘oyat keskin ijtimoiy muammo – aholini doimiy ish bilan bandligini ta’minlash vazifasini qisman hal qilinishiga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Tadqiqotlar ko‘ra, bizning fikrimizcha bugungi kunda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, tayyorlash, saqlash va sotish masallarini tizimli ravishda hal etilishi – bu bevosita qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash sohasida quyidagi kamchilik va nomutanosibliklar saqlanib qolmoqda. Jumladan: qayta ishlash uchun zarur miqdordagi xomashyoning etishmasligi va o‘z vaqtida ta’minotining yo‘lga qo‘yilmaganligi; qishloq xo‘jaligida tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi dehqon va fermer xo‘jalilaridan mahsulotni qayta ishlash korxonalari tomonidan past baholarda sotib olish natijasida ularning moddiy manfaatdorligining pastligi; mahsulotni yig‘ishtirib olishda xom yoki o‘ta pishib ketganlarini yig‘ish, yig‘ishtirib olish texnologiyasiga rioya qilmaslik, ezilganlarini yig‘ish holatlari mavjudligi natijasida sifatini buzilishi; mahsulotlarni tashishda maxsus texnikalarning etishmasligi natijasida sifatining buzilishi va isrofgarchilikga yo‘l qo‘yilishi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun maxsus omborxona binolari va muzlatkichlarning etishmasligi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlashni tashkil qilish uchun resurslar - qisqa va uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ta’minotining keng yo‘lga qo‘yilmaganligi; qayta ishlash korxonalarini mavjud xomashyo resurslariga ko‘ra qulay joylashmaganligi; qayta ishlash korxonalarida suv, gaz va elektr energiyasini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda etkazib berilmasligi hamda ta’minotidagi muntazam ravishda sodir bo‘ladigan uzilishlar natijasida mahsulotlar buzilishi va korxonalarning to‘la quvvatda bir me’yorda ishlamasligi; qayta ishlash korxonalari texnologiyalarini yuritish va ulardan foydalanishda malakali mutaxassislar etishmasligi hamda ushbu sohaga kadrlar tayyorlash kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida keng yo‘lga qo‘yilmaganligi; qayta ishlangan mahsulotlarni qadoqlovchi, turli hajmdagi va dizayndagi shisha idishlarni ishlab chiqarishning keng yo‘lga qo‘yilmaganligi va ularning etishmasligi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini keng reklama qilish yo‘lga qo‘yilmaganligi.

Shu jihatdan olganda ham tarmoqni modernizatsiyalash va tarmoq ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash orqali uni barqaror rivojlantirish, hamda qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni echimini topishning bugungi kundagi muhim yo‘nalishlaridan biri, bu ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisoblanadi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish