XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, ma’naviy yangilanish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari, tanlangan yo‘l to‘g‘riligi va ta’sirchanligi hayot sinovlarida tekshirilib, jamoatchilik tomonidan ma’qullandi.
Hozirgi kunda mazkur tamoyillarni amalga oshirish natijasida O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlari keng joriy etilib, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va sezilarli iqtisodiy o‘sish amalga oshirilmokda. Natijada respublikada
tegishli huquqiy asos yaratilib, bozor infratuzilmalarini
shakllantirishga, iqtisodiyotning yangilanishi va bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mulk shakllariga asoslangan korxonalarning vujudga
kelishiga olib keldi. Shu bilan birga jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch-
mulkdorlar, tadbirkorlar sinfi shakllanmokda.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish fermer xo‘jaliklarini
rivojlantirish, xususan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, mavjud zaxiralardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarib, xalq turmush farovonligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, fermer xo‘jaliklari muhitini yaxshilash
borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida oxirgi
yillarda fermer xo‘jaliklarning rivojlanishida ijobiy siljishlar ro‘y
berdi. Jumladan Buxoro viloyatidagi fermer xo‘jaliklarini misol
qilib kelitirshimiz mumkin. 2015 yil yanvar-iyun oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1677,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizga o‘sdi. Jumladan, Buxoro viloyatida mavjud fermer xo‘jaliklarining 234 tasi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirildi.
Shundan, 32 ta fermer xo‘jaligi intensiv va mahalliy bog‘lar, tokzorlar barpo etdi. 7 ta fermer xo‘jaligi issiqxonalar tashkil etgan bo‘lsa, 62 tasi sabzavot ekinlari etishtirish bilan shug‘ullanmoqda. 19 ta fermer xo‘jaligi asalarichilik, 10 tasi baliqchilik, 18 tasi parrandachilik, 20 tasi qoramolchilik, 61 tasi turli xildagi servis xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda.
Bu rivojlanish kelgusida ham jadal sur’atlar bilan rivojlanishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan bo‘lib qoladi.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning tez sur’atlar bilan
rivojlanishini ta’minlamasdan barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy
soha muammolarini hal etish mumkin emas. Bu jarayonda mahsulotlar
raqobatbardoshligini ta’minlash va uning talablariga amal qilish o‘ta
muhim ishlardan biri bo‘lib, ayniqsa fermer xo‘jaliklari sub’ektlari
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar
raqobatbardoshligi g‘oyat dolzarbdir. Shuning uchun ham amaliy tadqiqot ishi
natijalariga ko‘ra quyidagi xulosa va takliflar bayonini beramiz:
1. Iqtisodiyotda raqobat va raqobatbardoshlik munosabatlarini
rivojlanishi uchun etarli shart-sharoit va imkoniyatlar mavjud bo‘lib, har
bir xo‘jalik sub’ekti o‘z faoliyatini raqobatchi korxonalar bilan
solishtirgan holda, bozordan o‘zining o‘rnini topishi va barqaror faoliyat
yuritishi shu kun talablaridan kelib chiqadi.
2. Mamlakatimizda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish kelajakda uning iqtisodiy saloxiyatining oshishiga olib keladi.
3. Kelgusida fermer xo‘jaliklari sub’ektlarida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash va rivojlantirish
maqsadida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun barcha moliyaviy
manbalardan ajratiladigan kreditlar mikdorini birmuncha ko‘paytirishni
nazarda tutish lozim. Bu o‘z navbatida, viloyatda ishlab chiqarishni xalkaro
andozalar darajasida yo‘lga kuyish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish,
iste’mol bozorini sifatli tovarlar va xizmatlar bilan tuldirish, muximi,
yangi ish joylarini ochishda ularning xissasi yanada ko‘proq va salmoklirok
bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.
Yuqorida bayon qilinganlardan tashqari yana tanlangan strategiyaga
erishish uchun quyidagi yo‘nalishlarga e’tiborni qaratish lozim:
yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning sifatini va tashqi ko‘rinishini qattiq nazorat ostiga
olish;
foydaning bir qismini texnologik yangiliklar ixtiro etishga yo‘naltirish, dizayn sohasida ish olib boradigan yaxshi mutaxassislarni
ishga jalb etish;
foyda hisobidan korxonaning madaniy-maishiy, sport sohasini
rivojlantirish va boshqalar.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligining monitoringa ularning mikdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha rivojlanishida tezkor va strategik boshqarish jarayonlarini malumotlar bilan taminlashda davlat va tijorat institutsional birliklari tomonidan kuzatish, jamgarish va malumotlarni taxlil etishni tizimlashtirishga yunaltirilgan tashkiliy
va texnologik tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi iqtisodiyotimizning yirik va murakkab sohasi hisoblanadi va bu sohada mehnat qilayotgan har bir xodim, ishchi, chorvador, mexanizator yoki suvchi ham davlat organlaridagi xodimlar singari huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, fermer xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi.
Mehnat munosabatlari bo‘yicha huquqiy asoslarni takomillashtirish. Bunda, amaldagi tegishli huquqiy asoslarni takomillashtirish, ya’ni amaldagi xujjatlarga tegishli o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish, zarur holatlarda yangilarini ishlab chiqish lozim.
Mehnat munosabatlari bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini oshirish.
Fermer xo‘jaliklarini moliyaviy mustahkam va iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlash.
Ammo, har qanday sharoitda ham davlat va xukumat hamda qonunchilik davlat organlari tomonidan fermer xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini yaxshilash (to‘lov qobiliyatini tiklash va mustahkamlash) va iqtisodiy barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash borasida aniq hamda tizimli, yaqin va uzoq muddatli chora tadbirlar ishlab chiqilishini taqoza etadi.
Bu tadbirlar o‘z ichiga bosqichma bosqich fermer xo‘jaliklarida:
hosildorligi past va kam daromadli ekin turlaridan voz kechish;
mustaqil ravishda ekin turlarini joylashtirish;
qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilish va rivojlantirishni iqtisodiy qo‘llab quvvatlash;
tarmoqlarning daromadliligini hisobga olgan holda imtiyozli kredit va davlat grant mablag‘lari ajratilishini ta’minlash va boshqalardan iborat bo‘lishi zarur.
Bu tadbirlar milliy va mahalliy darajada fermerlarning kasbiy malakasini oshirish bilan birgalikda amalga oshirilishi talab etiladi. Bu tadbirlarni amalga oshirilishi mehnat munosabatlarini ham huquqiy va tashkiliy jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va iqtisodiy poydevor yaratilishiga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, biz yuqorida ko‘rsatib o‘tgan muammo va takliflar u yoki bu hujjatlarda o‘z aksini topsa, u holda fermer xo‘jaliklarini ish faoliyatining samaradorligini oshirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish sodir bo‘lib, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |