11 ta fermer xo‘jaligi rahbarlarining menejerlik qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalari19
T/r
|
To‘plangan
ballar oralig‘i
|
Menejerlik qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasi
|
Fermerlar soni
|
% hisobida
|
1
|
0 dan 26 gacha
|
Rivojlanmagan
|
-
|
-
|
2
|
26 dan 41 gacha
|
Sust darajada rivojlangan
|
-
|
-
|
3
|
41 dan 56 gacha
|
O‘rta darajada rivojlangan
|
1
|
9,0%
|
4
|
56 dan 71 gacha
|
Me’yor darajada rivojlangan
|
5
|
45,5%
|
5
|
71 dan 86 gacha
|
Etuklik darajada rivojlangan
|
5
|
45,5%
|
6
|
86 dan 100 ga qadar
|
Yuqori darajada rivojlangan
|
-
|
-
|
|
Jami:
|
|
11
|
100%
|
O‘rganilgan xo‘jalik rahbarlarining 5 nafari diagnostikalash natijasida 56 balldan 71 ballgacha to‘plab menejerlik qobiliyatlari me’yor darajada rivojlanganligi aniqlandi. Jumladan:
“Oysuluv-Gavhar” fermer xo‘jaligi rahbari Jobir Rajabov 56 ball to‘pladi;
“Said-jamol Zamini” fermer xo‘jaligi rahbari Amin Saidov 60 ball to‘pladi;
“Haydar Polvon zamini” fermer xo‘jaligi rahbari Sharofiddin Qurbonov 65 ball to‘pladi;
“Sharif-Obod” fermer xo‘jaligi rahbari Zarif Naberaev 68 ball to‘pladi;
“Jo‘rabek-Jahongir” fermer xo‘jaligi rahbari Faxriddin Davronov 69 ball to‘pladi.
“Me’yor” toifadagi fermer xo‘jaligi rahbarlarida xo‘jalik rentabelligi darajasi, agrokooperatsiyaga moyilligi, bozorshunoslik mahorati, jamoaviy, hududiy va davlat manfaatlarining shaxsiy manfaatlaridan ustunligi, ishlab chiqarish menejment bo‘yicha mohirligi, xo‘jalik texnikadan oqilona foydalanish va boshqa omillar menejerlik qobiliyatlari o‘rta darajada rivojlangan toifadagiga nisbatan ancha ustunroq turadi. Bu albatta, quvonchli holat hisoblanadi.
So‘rovnomada ishtirok etgan fermer xo‘jaligi rahbarlaridan yana 5 nafari tadqiqot natijasida 71 balldan 86 ballgacha to‘plab menejerlik qobiliyatlari etuklik darajada rivojlanganligi aniqlandi.Ular sirasiga quyidagi rahbarlar kiradi:
“Axtam-Davron” fermer xo‘jaligi rahbari Axtam Davron 73 ball yig‘di;
“Farmon bobo zamini” fermer xo‘jaligi rahbari Farmon Kamolov73 ball yig‘di;
“Azizbek-Sa’dullo” fermer xo‘jaligi rahbari Yarash Xayrullaev 73 ball yig‘di;
“Mels-Azizbek» fermer xo‘jaligi rahbari Anvar Temirov 81 ball yig‘di;
“Chug‘alon sahovati” fermer xo‘jaligi rahbari Sharofiddin Salomov 83 ball yig‘di.
“Etuklik” toifadagi fermer xo‘jaligi rahbarlarida tashabbuskorlik, tashkilotchilik, tavakkalchilik, novatorlik, bozorshunoslik kabi tadbirkorlik qobiliyatlari “O‘rtacha” va “Me’yordagi” toiflardagilarga nisbatan anchagina rivoj topganligi ko‘zga tashlanadi. Bu toifadagi fermerlarda agronomlik, muhandistlik, meliorativ fazilatlari nisbatan yaxshiroq rivojlangan. Ular mas’uliyatli shaxs bo‘lib, biznes-rejalashtirish va investitsiyalarni kiritishga e’tibor qaratadigan rahbarlar sirasiga taalluqlidir.
Shunday qilib, fermer xo‘jaligining raqobatbardoshlik afzalligini nomoddiy aniqlovchisi sifatida agromenejment xizmat qiladi. Bu omil fermer xo‘jaligi rahbarlarini menejerlik qobiliyatlarining turli darajada rivojlanganligida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirish uchun, fikrimizcha, fermerlarimizning menejerlik qobiliyatlarini rivojlanmagan va sust rivojlangan darajalaridan, avvalo o‘rta va me’yor darajalarga, so‘ngra undan etuklik va yuqori darajalarga etkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish lozim. Biz o‘tkazilgan va yuqorida tavsiflangan amaliy tadqiqotlar natijalari bunday vazifani echishga ko‘maklashadi deb, o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |