I bob. Ingliz va o’zbek xalqlarida kenja o’G’il haqidagi ertaklarning o’rganilish asoslari


O’ZBEK XALQINING KENJA O’G’IL HAQIDAGI ERTAKLARI, TO’PLAMLAR NASHRI VA O’RGANILISHI



Download 89,64 Kb.
bet4/13
Sana21.04.2022
Hajmi89,64 Kb.
#571485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
NILUFAR DISSERTATSIYA

O’ZBEK XALQINING KENJA O’G’IL HAQIDAGI ERTAKLARI, TO’PLAMLAR NASHRI VA O’RGANILISHI

O`zbek xalq ertaklari ham boy syujeti, barkamol badiiyati, barqaror kompozistion qurilishga egaligi va ommaviyligi bilan jahon folklorida o`z o`rniga ega. Ularda xalqning qadimiy urf-odatlari, marosimlari hal qiluvchi rol o`ynagani tufayli xalq milliy qiyofasi butun bo`y-basti bilan gavdalangan bo`ladi. Shu sababli ular, uzoq asrlardan beri tarixchilar, qadimshunoslar, etnologlar, o`lkashunoslar va adabiyotchilar, folklorshunos va tilshunoslarning diqqatini o`ziga jalb etib kelmoqda. Ingliz va o`zbek xalq ertaklari orasida o`xshash mavzularni ko`plab uchratish mumkin. Bu jihatdan ertakdagi o`xshash mavzular sayyor syujetlar qatoriga kiritiladi. Bu syujetlardagi o`xshashlik, milliy jihatlardagi moslik adabiy aloqalar sohasida o`rganilishi kerak bo`lgan asosiy masalalardan biridir. Chunki har bir millat va elat vakili o`z tarixida boshqa millat vakili tarixi namunalarini uchratishi mumkin.
Janr atamasi M.Qoshg`ariyning “Devoni lug`atit turk” asarida “etuk” tarzida qo`llangan. Xalqimiz orasida xozirgi paytda xam cho`pchak, utuk, matal, varsaqa kabi so`zlar ertak manosini anglatadi.5 Ertaklar xalqning ijodkor vakillari tamonidan hayotiy, maishiy, sarguzasht ba’zan ijtimoiy vaqealarni to`qib qiziqarli tarzida bayon etilishi natijasida vujudga kelgan. Ularda xalqning tarixi, dunyoqarashi, intilishi, ozodlik uchun kurashi, falsafasi aks etadi. Qadimgi zamonlardan og`izdan-og`izga o`tib kelayotgan ertaklar zamonning o`zgarishi natijasida ro`y bergan yangiliklarni xam o`ziga singdirib boradi. Xalq og`zaki ijodini o`rganuvchi olimlarning takidlashlaricha, dunyodagi hamma xalqlar og`zaki ijodida bir-biriga yaqin turgan janr ertakdir. Sehrli ertaklarning yaratilish asoslarida o`xshashlik yana ham kuchliroq seziladi. Ertaklarning bu xususiyati ham ularning juda qadimdan yaratilganidan, turli xalqlar maishiy hayotida o`xshashliklarning ko`pligidan darak beradi. Ammo bu degan so`z ertaklarda milliylik aks etmaydi, degan xulosaga olib kelmaydi. Chunki ertaklar matnidagi qahramonlar ismlarida, muammolarida maishiy masalalarning ifodasida, tabiat tasvirida, voqealar bayonida hunarlarda milliy til, milliy ruh alohida aks etadi.
Ma’lumki o’zbek xalq sehrli ertaklarining syujet tizimi g’oyat rang-barang bo’lib, unda sarguzashtlarning kenja o’g’il obrazi bilan bog’liq talqini asosiga qurilgan epik matnlar muhim o’rin tutadi. Bu tipdagi sehrli ertaklarning yetakchi personaji kenja o’g’il hisoblanadi. Ertakning an’anaviy boshlamasida oilada uch o’g’il bo’lishi va muayyan “yetishmovchilik” ( sirli ravishda o’g’irlangan narsani topib kelish, vafot etgan otaning mozorida poyloqchilik qilish, muayyan shartni bajarish, ov yoki safarga chiqish kabi) tufayli o’zga epik yurtga qarab safarga otlangan aka-ukalarning sarguzashtlari asosan kenja o’g’il obrazi bilan bog’liq holda tasvirlanadi. Shuning uchun ham bunday ertaklarni “kenja o’g’il haqidagi ertaklar” tipi sifatida tavsiflash maqsadga muvofiq.
G’.Jalolov o’zining bu boradagi tadqiqotlarini sehrli-fantastik ertaklarning genezis va morfologiyasi masalalariga bag’ishladi. Uning “O’zbek xalq ertaklari poetikasi” (1976) monografiyasida sehrli-fantastik ertaklarning kelib chiqish ildizlari, tuzilishi, ayrim badiy xususiyatlari, obrazlar tarkibi maxsus tadqiq qilingan.
Kenja o’g’il jahondagi ko’pgina xalqlar ertaklarining mushtarak obrazlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun folklorshunoslikda bu obrazning mohiyati, genezisi va epik talqini kabi masalalarga doir qimmatli ilmiy qarashlar bayon etilgan.
Kenja o’g’il obrazi va u bilan bog’liq epik syujetlarning kelib chiqishi haqidagi ilk ilmiy tushuncha rus olimi E.M.Meletinskiy tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha, sehrli ertaklarda kenja o’g’il obrazining ideallashtirilishi an’anasi qabilachilik tuzumining yemirilishi va feodalizmning vujudga kelishi davrida minorat (merosning kenja o’g’ilga qoldirilishi) udumining mayorat (merosning katta o’g’ilga qoldirilishi) bilan o’rin almashishi jarayoniga bog’liq.
An’anaga ko’ra, bu turdagi ertaklar syujeti g’aroyib sarguzashtlar tasviriga boyligi, juda qiziqarliligi, ya’ni epik syujetning butunicha sarguzasht xarakteriga egaligi bilan farqlanib turadi. Sarguzashtga sabab bo’luvchi holat, ya’ni ekspozitsiya uch aka-uka oilasidagi biror yetishmovchilik, noodatiy narsa yoki hayvonni qidirib topish ehtiyoji, dushmanning xuruji, ota vasiyati yoki shartini ado etish, sinovdan o’tish bilan bog’liq ravishda motivlashtiriladi. Bu tur ertaklar syujetining tuguni aka-ukalarning zumrad daraxt bargini o’g’irlagan qushni qidirish (“Bulbulig’yo”), pishgan tariqni payhon qilgan tulporni topish (“Abulqosim”), shoh tushida ko’rgan qushni olib kelish (“Misr podshohi”), podshoning xafa bo’lib uchib ketgan tilla qo’ng’iroqli qushini qaytarib olib kelish(“Erkenja”), ota tomonidan sinalish (“Pahlavon Rustam”), yo’qolgan ot, olma va boshqa narsalarni topish (“Mamajon va Qunduzoy”, “Kenja Botir”) maqsadida safarga otlanishi tarzida ifodalanadi. Epik an’anaga ko’ra, izlangan narsa yoki jonzot o’zga olamga mansub bo’lib, uning topilishi bevosita kenja botir sarguzashtlari bilan bog’lanib tasvirlanadi.
Bunday ertaklarda tasvirlangan aka-ukalar obrazini voqealar rivojidagi ishtiroki va syujet qurilishidagi o’rniga ko’ra ikki turga bo’lib tasniflash mumkin: a) passiv personaj – katta va o’rtancha aka; b) faol personaj – kenja. Ertak badiiy strukturasida katta akalar obrazining passiv pozitsiyasida turishi aslida kenjaning epik voqelik talqinidagi faolligi bilan bog’liq. Voqealar talqini bevosita kenja sarguzashtlari asosiga quriladi: epik sinovda kenja g’olib chiqadi, g’aroyib ko’makchiga kenja sazovor bo’ladi, izlanayotgan predmet yoki g’aroyib jonzotni kenja topib keladi, epik shart kenja tomonidan bajariladi va hokazo.
O’zbek folklorshunosligida kenja botir obrazi ishtirok etgan ertaklar haqida ilk ilmiy mulohaza bildirgan olim M. Afzalovning yozishicha, “ertaklarda ko’p uchraydigan kenja obrazi nihoyatda diqqatga sazovordir. Podshoh, savdogar yoki biror cholning uch o’g’li bo’ladi. Eng kichigi – kenjasi otasi va akalari tomonidan kamsitiladigan va mensilmaydigan qilib tasvirlanadi”. Muallif kenja obrazining o’zbek xalq ertaklarida muhim ahamiyatga ega ekanligini to’g’ri qayd etgani holda, uni ‘kamsitilgan va mensilmaydigan qilib tasvirlanadi” degan fikriga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki o’zbek sehrli ertaklarida kenja o’g’il o’zining jasurligi, uddaburonligi, dovyurakligi va homiy personajlar tomonidan qo’llab-quvvatlanganligi tufayli barcha qiyinchiliklarni yengishga muvaffaq bo’lgan faol obraz sifatida tasvirlanadi.
Kenja o’g’il haqidagi o’zbek xalq ertaklariga xos bo’lgan asosiy farq qiladigan xususiyatlardan biri bu tur ertaklar syujetiga xos nizoning aka-ukalar orasidagi ziddiyatga asoslanishidir. G’. Jalolov aytib o’tganidek, “kenja o’g’il buyurilgan topshiriqni hammadan yaxshi, do’ndirib bajaradi, akalari esa qanday qilib bo’lmasin, kenja ukani aldab, uning ishlarini o’zlariniki qilib ko’rsatishga urunishadi”. “Bulbuligo’yo” ertagida katta akalari kenjaning ko’p yeriga pichoq bilan urib, uni temir qoziqqa boylab, bulbuligo’yoni olib ketadilar. “Sehrli pichoq” ertagida esa niyati yomon aka o’z ukasi Paqqosvoyni sehrli pichog’ini egallab oladi va uning ko’magida ukasi bilan kelinini qurigan daraxtga aylantirib qo’yadi. Lekin ertak so’ngida niyati buzuq akalarning qilmishlari oshkor bo’ladi va ular o’z jazosini oladi. Kenja o’g’il esa murod-maqsadiga erishadi.
1991-yilda M. Jo’rayev kenja botir haqidagi o’zbek xalq ertaklarini alohida majmua holida chop ettiradi. U mazkur to’plamga yozgan so’z boshisida bu obrazning yuzaga kelishi to’grisida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan: “O’rta Osiyoda yashovchi turkiy elatlar orasida kenja o’g’il katta akalariga nisbatan yuqoriroq mavqega egadir. Akalar har doim kenjani o’z panohlariga olib unga qo’ldan kelgancha yordam berib kelishgan. Jumlada, akalari alohida mustaqil bo’lib/ ko’chib ketishgan taqdirda ham, kenja ota-onasi yonida qolib, ularning chirog’ini yoqib o’tirgan. Hatta ayrim ertaklarda otaning kasb-hunari ham kenja o’g’il tomonidan davom ettirilgan. Turmushda kenja o’g’ilning alohida hurmatga sazovor bo’lganligi sababli folklorda ham uning sarguzashtlariga keng o’rin beriladigan bo’lgan.
O’rta Osiyo turkiy xalqlari ertaklarini qiyosiy tadqiq etgan yana bir folklorshunos olim H. Egamov o’z monografiyasining “Sehrli-fantastik ertaklar asosiy obrazlari tipologiyasi” deb atalgan uchinchi bobida ona, o’gay ona, qiz, yalmog’iz kabi personajlar qatorida kenja o’g’il obrazi tahliliga ham alohida o’rin ajratgan. U o’z kitobida kenja o’g’il haqidagi “Misr podshosi”, “Bulbuligo’yo”, “Badal qorachasi”, “Sehrli olma”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Abulqosim” kabi o’zbek ertaklari, “podshoning o’g’li’, “Qorajon botir” kabi turkman ertaklari, “Malik Mammed” nomli ozarbayjon ertagi, “Uch og’ayni yigit” nomli qoraqalpoq ertagi, "Abdurahmon podshoh”, “Keneydining uch o’g’li” singari qozoq ertaklarini qiyosiy tahlil qilgan. Olimning fikricha, kenja o’g’il obraziningkelib chiqishi faqat minorat udumi bilan emas, balki dualistik tasavvurlar bilan ham chambarchas bogliqdir. Chunki turkiy xalqlarning uch aka-uka haqidagi ertaklarida og’a-inilarning meros uchun o’zaro kurashi fonida tasvirlanuvchi konflikt, ziddiyat ham mavjud bo’lib, bu tip sujetlarning tarixiy asoslari dualistik miflarga bog’lanadi. Ya’ni qachonlardir mifologiyada yetakchi o’rin tutgan dualistik tushunchalar davrlar o’tishi bilan xalq ertaklariga ham o’tgan va aka-ukalar o’rtasidagi qarama-qarshilikning bir ko’rinishiga ta’sir ko’rsatgan.
Kenja botir haqidagi ertaklar to’plami muharrirlar tomonidan to’planib hali hanuzgacha chop etilib kelinyapti. H.Anvarova tomonidan 2022-yilda “Yosh kuch” nashriyoti bilan hamkorlikda “Ur to’qmoq” nomli ertaklar to’plamini nashr ettirdi. To’plamning 18-39- betlari “Uch og’a-ini botirlar” ertagiga bag’ishlangan bo’lib, ertak uch aka-ukaning uzoq yurtga safarga otlanganligi bilan boshlangan. Ertakda kenja uka qolgan akalaridan ko’ra jasurroq va donoroq qilib tasvirlanadi. Safar davomida akalarini har xil kulfatlardan qutqaradi, borgan yurtining podshohining ko’nglidan joy olib uning kenja qiziga uylanadi va oxirida akalari bilan birga o’z yurtiga qaytib keladi. Xuddi shu ertak Miryusuf Mirsalikov tomonidan 2020-yilda tuzilgan “Birlashgan o’zar” ertaklar to’plamida hamda Mansur Afzalovning 1972-yilda chop ettirgan “O’zbek xalq ertaklari” nomli ertaklar to’plamining birinchi tomida ham keltirilgan.
Oybek Haydarov 2020-yilda “Ziyo nashr” nashriyoti bilan birgalikda “Mahmud Yamoqchi” nomli ertaklar turkumini nashrdan chiqardi. Bu to’plamning 50-72-betlarida “Kenja” ertagi keltirib o’tilgan. Bu ertakda cholning uch o’g’li bo’ladi va uchovi ham bir go’zal malikaga oshiq bo’ladi. Uch og’il malikaning vasliga yetishish maqsadida yo’lga chiqishadi va yo’lda turli xil sinovlar va mushkulotlarga duch kelishadi. Ammo kenja botir o’zining dovyurakligi, to’g’riso’zligi va ziyrakligi tufayli malikaning va podshohning ishonchini qozonadi va o’z yori bilan birgalikda uyiga qaytadi.
Suxrobjon Avvalboyev tomonidan 2018-yilda yana bir ertaklar to’plami chop ettiriladi. To’plam “Qirq Yolg’on” deb nomlanib, “Yurist-media markazi” nashriyoti tomonidan chiqarilgan. Kitobning 165-170-betlari “Kenja botir” ertakiga bag’ishlangan bo’lib, bu ertakda ham kenja botirning akalaridan ustun jihatlariga alohida urg’u berib o’tiladi. Bunda Kenja botir akalari tomonidan xiyonatga uchraydi, lekin tushkunlikka tushmay o’z yo’lida davom etadi. Kenja botirga afsonaviy Semurg’ qushi yordamga keladi, lekin bu qushning ham yordamini o’zining rahmdilligi va dovyurakligi evaziga oladi. Yana bir to’plam Muhammad To’xliyev va Abror Umarqulov tarjimasi asosida yaratilgan “Kenja o’g’il va Jin” to’plamidir. Kitob 2021-yil “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan birgalikda chop ettirilgan. Ertak o’tinchi cholning uch o’g’li haqida bo’lib, chol qarigani sababli o’tin kesishni o’g’illariga topshiradi. Ikki katta o’g’il o’rmondagi jindan qo’rqib o’tin kesolmay kelishadi, ammo kenja o’g’il borib jinni yengib keladi va hamma o’tinlarni o’zi kesib kelishga muvaffaq bo’ladi.
Mustaqilligimizdan oldin ham o’zbek xalq ertaklari sevib o’qilgan hamda ularni chop ettirish to’xtab qolmagan. O’zbek xalqi farzandlarini ertaklardan bahramand bo’lib ulg’ayishi va ulardan axloqiy-madaniy ozuqa olishi uchun azal-azaldan harakat qilib kelgan. Jumladan, Sovet respublikasi davrida bir qancha ertaklar to’plamiva antalogiyalari xalqqa taqdim etilgan. Ular orasida M. Abdurahimov tarjimasi asosida 1965-yilda chop etilgan “Osiyo xalqlari folklori” kitobining “O’zbek xalq ertaklari” turkumi, “Shoh va donishmand chol” (3-22-betlar), 1951-yildagi “O’zbek xalq ertaklari” (5-17-betlar) kitobi va 1968-yilda nashr qilingan “Chalpak yoqqan kun” (3-25-betlar va 139-155-betlar)ertaklar to’plamlarida “Kenja botir” va “Uch og’a-ini botirlar” ertaklari mavjud.


Download 89,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish