II Bob Ijtimoiy ta`limda ijtimoiy tafakkurning roli
II.1. Ijtimoiy - pedagoglarining kasbiy malakalarini rivojlantirish xususiyatlari
Insonlarga Ijtimoiy ta’lim berish har bir davrning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib kelgan. Agar tarixga nazar tashlasak, ajdodlarimiz iqtisod va Ijtimoiy ta’limtarbiyaga oid ko’plab g’oyalarni ilgari surishgan. Chunki iqtisod har bir kishi, har bir oila, jamoa va jamiyat hayotida muhim o’rinni egallagan. U nafaqat insonning bugungi hayoti, balki kelajagini ham belgilab beradi. Axir, xalqimiz “Oldin iqtisod keyin siyosat”degan hikmatni bejizga aytmagan. Demak, har zamonda jamiyatda Ijtimoiy tafakkurni rivojlantirish katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ijtimoiy tafakkurni rivojlantirishda Ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning tarixiy ildizlari-ulug’ ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan o’lmas asarlar bizga bebaho manba bo’lib xizmat qiladi.
Ajdodlarimiz yaratgan zardo’shtiylik dinining eramizdan avvalgi II ming yillik oxiri I ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlik kitobi ”Avesto”da muhim Ijtimoiy fikrlar bayon etilgan. Unda insonlarga qarab “ekin eking”, ana shunda yomonlik va yovuzlik xudosi Axriman uning qurollari “devlar” qochadi, deyiladi. Bu bilan asarda insonlarni mehnat qilishgagina chorlamay, mehnat tufayli uning Ijtimoiy jihatlari ham o’rgatiladi.
Buyuk bobokalonimiz Amir Temur ham Ijtimoiyotga, odamlarning Ijtimoiy malakalarini oshirishga muhim e’tibor qaratgan. Sohibqiron to’plagan mol-dunyoni, olinadigan boj soliqlarni xayrli maqsadlar uchun sarfladi. Soliq tizimi ishlab chiqilib, bunda adolatli qonun-qoidalarga to’la amal qilingan. Raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solish yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanilgan. Hosil yig’ib olmasdan soliq to’lash qat’iyan man etilgan. Biror fuqaro agar tashlandiq yerni ishlab, uni sug’orib, ekin eksa, birinchi yil u soliqdan ozod qilingan. Ikkinchi yili esa u o’zi istaganicha soliq to’lagan. Bugungi kunda soliq borasida bunday tartibni qo’llayotganimizning o’zi ham Amir Temurdek buyuk zotning avlodlarga qoldirgan Ijtimoiy sabog’idir. Buyuk sohibqiron kambag’al dehqonlar va kasodga uchragan savdogarlarga o’zlarini tiklab olgunlariga qadar xazinadan moddiy yordam berilishini talab qilgan. Eng muhimi, bu davrda hech bir shahar va qishloqda odamlardan jon boshiga olinadigan soliq-sarshumor va har bir xonadondan olinadigan soliq-xonashumor olinmagan. Shuning uchun u pul zarb qiluvchi korxona qurdiradi. Qizig’i shundaki, pul birliklarining nomini ana shu korxona joylashgan shahar-Buxoro xalq atamasi bilan atashni lozim topadi (masalan, donaki, adliya, dildonaki adliya, dudonaki adliya kabi). Pul birligining vazni pul qiymatiga qarab, 2,3-8,6 gramm og’irlikda belgilangan. Bunday Ijtimoiy tadbir mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga, xalqaro savdo ravnaqiga milliy mulkning barqaror bo’lishiga xizmat qilgan. Ulug’ ajdodlarimizning Ijtimoiy qarashlarini o’rganish nazariy bilimlarimizni boyitish va chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi. Eng muhimi, biz o’sha davr xususiyati va muammolari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lamiz. O’tmishda ajdodlarimiz orttirgan tajribalarga tayanib, bugungi kunda dolzarb masalalar echimini toppish borasida mushohada yuritishimiz mumkin. Bu borada respublikamizning Ijtimoiyot yo’nalishidagi barcha oliy o’quv yurtlarida buyuk ajdodlarimizning Ijtimoiyot sohasidagi saboqlarini o’rganishning yo’lga qo’yilganligi hamda barcha oliy o’quv yurtlarida “Ijtimoiy nazariya” fanidan dars o’tilayotganligi Ijtimoiy ta’limning zarurati va ahamiyati ifodasidir. Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan chuqur Ijtimoiy islohotlar natijasida jamiyatimiz taraqqiyoti asoslari va milliy mustaqilligimiz poydevorini mustahkamlab bormoqda. Ushbu jarayonda milliy Ijtimoiyotimizning o’ziga xos xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur bilish o’ta dolzarb masaladir. Bozor Ijtimoiyoti hayotimizda tobora keng ko’lam kasb etayotgan hozirgi sharoitda bo’lajak mutaxassislar keng ko’lamli bilimga ega, chuqur mushohada va mulohaza asosida qarorlar qabul qilishga qodir, o’z kasbini puxta egallagan bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |