Ruxning turli xil soxalarda ishlatilishi:
rux bilan qoplash – 45-60%
dori (antiseptik sifatida rux oksidi) – 10%
qotishma ishlab chiqarish – 10%
rezina shinalar ishlab chiqarish – 10%
bo’yoqlar – 10%
Rux – temir, alyuminiy va misdan keyin dunyoda to’rtinchi, rangli metallar orasida uchinchi o’rinda turadi. 2009 yil davomida dunyoda rux ishlab chiqarish 11,277 million tonna, 2008 yildan 3.2% nisbatan kamroq. Ruxning mis bilan qotishmasi qadimgi Yunoniston, qadimgi Misr, qadimgi Hindiston (VII asr), hamda Xitoyda (XI asr) ma’lum bo‘lgan. Biroq uzoq asrlar davomida ruxni sof holatda ajratib olishni hech kim bilmagan. Faqatgina 1738-yilga kelibgina Angliyalik Uilyam Chempion ismli mutaxassis ruxni distillyatsiya usulida ajratib olish yo‘lini topdi. Ruxni sanoat miqyosida ishlab chiqarish ham o‘sha yillarda yo‘lga qo‘yilgan. Uilyam Chempionning o‘zi 1743-yilda Bristol shahrida birinchi rux zavodini ishga tushirgan. 1746-yilda Germaniyada ham Andreas Marggraf tomonidan Chempionnikiga o‘xshash usulda rux olish yo‘li kashf qilindi. Chempiondan farqli ravishda Marggraf o‘zi ixtiro qilgan rux olish usulini barcha tafsilotlari bilan bayon qilib nashr ettirgan. Shu sababli ham ruxni aynan Marggraf kashf qilgan degan yanglish tushuncha shakllanib qolgan.
Joy
|
Mamlakat
|
Hosildorlik (tonna)
|
–
|
Butun dunyo
|
10,000,000
|
1
|
Xitoy
|
2,600,000
|
2
|
Avstraliya
|
1,380,000
|
3
|
Peru
|
1 201,794
|
4
|
AQSH
|
727,000
|
5
|
Kanada
|
710,000
|
6
|
Meksika
|
480,000
|
7
|
Irlandiya
|
425,700
|
8
|
Hindiston
|
420,800
|
9
|
Qozog’iston
|
400000
|
10
|
Shvetsiya
|
192,400
|
Kimyoviy xossalari
Rux – amfoter birikmalar hosil qila oladigan odatiy metallardan biridir. ZnO va Zn(OH)2 ruxning amfoter birikmalari sanaladi. Standart elektrolitik potensiali ?76 V bo‘lib, standart potensiallar qatorida temirdan avval joylashgan. Kuchli qizdirilganda amfoter oq oksid ZnO hosil qilish bilan yonadi. Havoda rux yupqa oksid qatlami bilan qoplanib qoladi:
2Zn+O2→2ZnO
Rux oksidi kislotalar bilan ham va ishqor bilan ham Reaksiyaga kirisha oladi:
ZnO+2HCl→ZnCl2+H2O
ZnO+2NaOH+H2O→Na2[Zn(OH)4]
Qizdirilganda rux galogenlar bilan reaksiyaga kirishib, galogenidalar hosil qiladi ZnHal2. Rux fosfor bilan birgalikda fosfidlar (Zn3P2 va ZnP2); oltingugurt, tellur, selenlar bilan esa xalkogenidlar (ZnS, ZnSe, ZnSe2 va ZnTe) hosil qiladi.
Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor elementlari bilan rux bevosita reaksiyaga kirishmaydi. Rux nitrid (Zn3N2) rux va ammiakning 550-600 °C haroratdagi reaksiyasi orqali olinadi. Rux havoda barqaror, chunki yupqa oksid parda keyingi oksidlanishdan himoyalaydi. Rux asosan yuqori haroratda aktivlashib, oddiy moddalar — galogenlar, kislorod va oltingugurt bilan reaksiyaga kirishadi.
{ \displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+Cl_{2}^{0}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}Cl_{2}^{-1}}}}
{\displaystyle {\mathsf {2Zn^{0}+O_{2}^{0}{\xrightarrow {t^{o}}}2Zn^{+2}O^{-2}}}}
{\displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+S^{0}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}S^{-2}}}}
Rux azot va vodorod bilan reaksiyaga kirishmaydi. Rux nitrid Zn3N2 va rux gidrid ZnH2 bevosita yoʻllar bilan olinadi. Murakkab moddalar — kislota, ishqor eritmalari va suv bilan rux sharoitga qarab har xil reaksiyaga kirishadi. Suv odatda rux bilan taʼsirlashmaydi. Qizdirilganda rux suv bilan quyidagi tenglama boʻyicha reaksiyaga kiradi:
{ \displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+H_{2}^{+1}O^{-2}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}O^{-2}+H_{2}^{0}\uparrow }}}
Elektr kimyoviy kuchlanishlar qatorida rux vodoroddan ancha chapda turadi va kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi. Shuning uchun odatda rux laboratoriya amaliyotlarida Kipp apparati yordami bilan vodorod olishda f oydalaniladi:
{\displaystyle {\mathsf {Zn+2HCl\rightarrow ZnCl_{2}+H_{2}\uparrow }}}
Rux azot va toʻyingan sulfat kislotatalarda eritilganda vodorodni ajratmaydi, unda azot yoki oltingugurt birikmalari hosil boʻladi.
Rux amfoter xossaga ega. U suyuqlantirilganda ishqorlar bilan reaksiyaga kiradi. Ishqorlarning kuchli eritmalarida asosan qizdirilganda eriydi.
{ \displaystyle {\mathsf {Zn+2NaOH\rightarrow Na_{2}ZnO_{2}+H_{2}\uparrow }}}
{\displaystyle {\mathsf {Zn+2NaOH+2H_{2}O\rightarrow Na_{2}[Zn(OH)_{4}]+H_{2}\uparrow }}}
Do'stlaringiz bilan baham: |