II.Bob.Halqali chuvalchanglar tipi tuzilishi,xilma-xilligi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati
2.1 . Ko‘p qillilarning tuzilishi va hayotidagi ba’zi xususiyatlar
Dengiz va okeanda suzib yurib hayot kechiruvchi ko‘p qilli halqalilarning turlari juda ko‘p. Bular nerieda, alsionida va tomopterida oilalariga mansub chuvalchanglardir. Ularning bir qancha turlari dengizning sohil doirasidan uzoq joylarda, ochiq dengiz va okeanlarda ko‘p tarqalgan. Ba’zan okean oqimi (golfstetrim va boshqa oqimlar) ularni juda keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bularning hammasida parapodiyalar va ulardagi katta-kichik qil- tikanchalar uzun va yaxshi rivojlangan. Chuvalchang mana shu harakatchan organlari yordamida va butun gavdasini chaqqon egib harakatlantirib erkin suzadi.
Bu guruh halqalilar o‘rtasida yuqorida ko‘rib o‘tilgan o‘simlikxo‘r nerislar va juda xilma-xil tuzilgan yirik yirtqich turlar uchraydi. Yirtqichlari mayda hayvonlar, boshqa chuvalchanglar, hatto, baliq chavoqlari bilan oziqlanadi.5
Ko‘p qillilarning nerisda, afrodita, amfinomida va boshqa oilalarining ko‘pchiligi dengiz tubida o‘rmalab yashovchilar guruhini tashkil etadi. Bular nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lib, ko‘pchiligida parapodiyalar yaxshi rivojlanmagan. Bular dengiz tubidagi chirindi va mikroblar yoki o‘simlik mahsuloti, bir qanchasi esa yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Masalan “dengiz sichqoni” degan afroditalar turli chuvalchanglar, mollyuskalar, kovakichaklilar bilan oziqlanadi.
Qumyorarlar (arinikola) deb nomlanuvchi hamda boshqa bir necha oilaga mansub halqalilar sohil doirasida – dengiz tubida qum va balchiq ichida uya yasab yashashga moslashgan. Bu ancha yirik (20 sm atrofida) chuvalchangning bosh tomoni yo‘g‘onlashib, parapodiyalarining kichrayganligi, boshdagi sezuv organlarining yo‘qolganligi xarakterlidir. Ular hazm qilish organlari orqali qum va baliqni o‘tkazib, undagi chirindi, mikroblar va o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Bulutlar, qorinli poliplar (marjonlar) va turli koloniyalarining oraliqlarida halqali chuvalchanglar (silidalar oilasi va boshqalar) ham ko‘p yashaydi. Bu ko‘pincha mayda va rangdor halqalilar, ko‘pincha gidroid poliplar va mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Bularning bir necha turlari bulutlarning tanasiga kirib yoki “bo‘shab qolgan” mollyuska chig‘anoqlari ichiga kirib yashashga moslashgan.
Naychalarning ichida yashovchi halqalilar. Xetoptridalar, sabellida va serpulidalar oilalariga mansub bu chuvalchanglar o‘z tanasi atrofida naycha hosil qilib, shu naycha ichida hayot kichiradi. Naycha chuvalchanglarning maxsus bezlari faoliyati natijasida hosil bo‘lgan organik modda, ohak yoki aralash dengiz tubidagi qum zarrachalari va chig‘anoq parchalari kabi moddalardan foydalandi.naycha ichida yashovchi chuvalchanglarning bosh qismida juda ko‘p popuksimon paypaslagichlar va jabra o‘simtalari hosil bo‘lib, bular nafas olish, suvni yangilash, oziq olish kabi vazifalarni o‘taydi. Qisqargan parapodiyalar esa naycha devoriga mahkam yopishishga xizmat qiladi. Bular suv tubidagi o‘simlik yoki hayvon qoldig‘i va chirindilar, ba’zilari esa mayda hayvonlar bilan oziqlanadi.
Naychalar ba’zi turlariga to‘g‘ri, egilgan va boshqa shakllarda bo‘ladi. Naycha-himoya vazifasini o‘taydi.
Ko‘p qilli halqalilarning bir qancha turlari bo‘linib ko‘payadi. Sillidalar oilasiga kiruvchi halqalilar kurtaklanib ham ko‘payadi. Yetishgan kurtagi ajralib, voyaga etadi. Mirionidalar oilasiga mansub chuvalchanglar dum tomonida tomonida bir qancha bir-biriga tutashgan kurtaklarni olib yuradi.
Dengiz tubida o‘rmalab yashovchi halqalilarning bir qancha turlarida bo‘linib ko‘payish-epitokiya hodisasi mavjud. Ulug‘ okeanning ba’zi orollari sohillarida yashovchi pallolo nomli ancha yirik chuvalchang har yili oktyabrda tanasining pastki (gonadalari va jinsiy mahsuloti bo‘lgan) qismini ajratib yuboradi. 40 sm gacha uzunlikdagi epitok deb ataluvchi bu qismida paraportiya va qillari uzun bo‘lib, suzishga moslashgan; unda tuxum yoki spermalar etiladi. Shu xildagi epitoklar oydin kechalarda millionlab dengiz betiga ko‘tarilib, jinsiy ko‘payadi va shundan so‘ngra o‘ladi. Ularning mahalliy aholi ovlab ovqatga ishlatadi. Paloloning dengiz tubida qolgan bosh tomoni – atok qismi esa hayoti va bo‘linib ko‘payishini davom etiradi.
Atlantik okeani va dengizlarida yashovchi boshqa palolo (Eunice fucata) esa shu zailda iyulda ko‘payadi. Oq dengiz tubida yashovchi bir xid neris (N. virens) ham pastki jinsiy epitok qismini ajratib ko‘payadi.
Dengiz halqali chuvalchanglari dengizdagi turli hayvonlar va xususan baliqlar hayotida g‘oyat katta ahamiyatga molikdir. Shuning uchun ham akademik A. L. Zenkevich rahbarligidagi Rus zoologlari Kaspiy dengizidagi baliq ozuqasini ko‘paytirish maqsadi bilan neris chuvalchanglarini shu dengizda iqlimlashtirdilar. Okean va dengizlarning deyarli hamma biotoplarini egallagan juda ko‘p tur va xilma-xil formalardan tashkil topgan halqalilar aksari nihoyatda ko‘plab ko‘payish xususiyatiga ega (Barensev dengizida yashovchi sars maldaniyasi degan tur 1m2 joyda 90 mingtagacha ko‘payadi).6
Do'stlaringiz bilan baham: |