MAVZU: O‘ZBEKISTONDA TARQALGAN HALQALI CHUVALCHANGLAR XILMA-XILLIGI, ULARNING TUZILISHI, TARQALISHI, BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA AMALIY AHAMIYATI.
MUNDARIJA: Kirish………………………………………………………………………..2 I.BOB.Halqali chuvalchanglar( Annelida) tipi sistematikasi……………4 1.1 Kam tukli halqali chuvalchanglar. (Oligachaeta) sinfi………………….4
1.2 Kam tukli halqali chuvalchanglar(Oligachaeta sinfining) vakillari va tarqalishi………………………………………………………………….......7
1.3.Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi…………………..10
II.BOB. Halqali chuvalchanglar tipi tuzilishi,xilma-xilligi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati………………………………………………………14 2.1 . Ko‘p qillilarning tuzilishi va hayotidagi ba’zi xususiyatlar………...…14
2.2 Sodda halqali chuvalchanglar………………….……………………….17
2.3 Zuluklar (Hirudinea) sinfi vakillari va tarqalishi…………….…….……18
Xulosa………………………………………………………………………24 Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………….27 Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Halqali chuvalchanglar tipi to’g’risida dala amaliyoti vaqtida ularning O’zbekistonda tarqalgan turlari haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldik. Xususan kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga mansub yomg’ir chuvalchangi haqida ma’lumot yig’dik. Yomg’ir chuvalchanglari yerning meliorativ holatini ,hosildorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatishi qadimdan ma’lum.Chuvalchanglarning tuproq unumdorligini oshirishdagi rolini dastlab ingliz tabiatshunosi Gilbert Uvayt aniqlagan va bu borada ko’plab tadqiqotlar olib borgan. O’zbekiston hududida ham aynan ularning shu boradagi ahamiyati e’tiborga olingan holda ,ularni ko’paytirish ishlari olib borilmoqda.Ma’lum qilinishicha,O’zbekistonda Kaliforniya chuvalchanglarini boqish,bu orqali yer uchun foydali tabiiy o’g’it-gumus ishlab chiqarish o’tgan asrning 80-yillarida Andijon viloyatining Xonobod shahrida amalga oshirilgan va hozirgacha ularni boqish, ko’paytirish ishlari olib borilmoqda.Maqsad yer unumdorligini oshirish,tabiiy o’g’itlar olish . Bugungi kunda O’zbekistonda boqib ko’paytirilayotgan Kaliforniya chuvalchangi haqida ham bir qancha ma’lumotga ega bo’ldik.Hozirda bu tur Surxondaryo viloyati Termiz shahar va Denov tumanida ham boqib ko’paytirilmoqda .Ularning umumiy tuzilishiga ,yashash tarziga keladigan bo’lsak. Halqali chuvalchanglar tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlar, ya’ni halqalardan tashkil topgan hayvonlardir. Suvda erkin harakat qilib hayot kechiradigan halqalilarning har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan parapodiylari rivojlangan. Tuproqda yashaydigan turlarida esa parapodiylar yo‘qolib ketgan, ularning o‘rnida qilchalar saqlanib qolgan. Ayirish sistemasi har bir bo‘g‘imda bir juftdan joylashgan naychalardan iborat. Bunday ayirish sistemasi metanefridiy (meta bo‘g‘im, nefridiy buyrak) deb ataladi. Halqali chuvalchanglarning hazm qilish, nerv sistemalari yassi va to‘garak chuvalchanglarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Qon aylanish sistemasi bitta tutash doiradan iborat. YUragi bo‘lmaydi.
Ko‘ptuklilar suvda erkin suzib yuruvchi yoki suv tubida yopishib o‘troq
hayot kechiradigan halqali chuvalchanglardir. Ularda harakatlanishga ixtisoslashgan birmuncha murakkab tuzilgan harakatlanish sistemasi parapodiylari rivojlangan. Bosh bo‘limi esa tanadan aniq ajralib chiqqan ixtisoslashgan maxsus bo‘limdan iborat. Bosh bo‘limida har xil organlari:
paypaslagichlar, ko‘zchalar va hidlov chuqurchalari joylashgan. o‘ptuklilar
baliqlar va boshqa bir qancha hayvonlar uchun oziq bo‘lib hisoblanadi. Bu sinfga 8000 ga yaqin tur kiradi. tanasining oldingi uchidagi og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘iz muskulli halqumga, halqum esa qizilo‘ngachga ochiladi. Halqum muskullari yordamida chuvalchang chirindili tuproqni yutadi. Qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib, jig‘ildonga aylanadi. Jig‘ildondagi bezlarning suyuqligi chirindi oziq tarkibidagi gumus kislotani neytrallaydi. Jig‘ildondan keyin oshqozon joylashgan. Oshqozon devoridagi muskullar yordamida oziq eziladi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida hazm bo‘ladi. Ichakning devori orqa tomondan ichak bo‘shlig‘iga chuqur botib kirib, tiflozolni hosil qiladi. Tiflozol ichakning ichki hazm qilish yuzasini kengaytiradi. Ichakda hazm bo‘lgan oziq qonga so‘riladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi tuproq bilan birga orqa chiqaruv teshigidan chiqarib yuboriladi.