I bob. Halqali chuvalchanglar( Annelida) tipi sistematikasi


Sodda halqali chuvalchanglar



Download 249,5 Kb.
bet6/11
Sana20.02.2023
Hajmi249,5 Kb.
#912984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
halqali chuvalchanglar

2.2 Sodda halqali chuvalchanglar.

Birlamchi halqalilar – eng sodda tuzilgan, mayda (2-3 mm dan 2-3 sm gacha) chuvalchanglar bo‘lib, hamma turlari dengizning sayoz sohil doirasida, turli o‘simlik yoki o‘troq mayda hayvonlarning oraliqlarida o‘rmalab yurib hayot kechiradi. Bularning mayda formalarida segmentlar 7-8 tadan kattalarida esa 15-20 tadan oshmaydi. Hamma turlarida asosiy harakat organlari-tana atrofidagi bir necha qator kipriklar hisoblanib, ba’zi avlodlarida kichkina parapodiyalar bo‘lishi xarakatlidir. Yirikroq avlodlarining bosh qismida bir juft paypaslagichlar bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarida segmentlar ichki – dissepiment pardalar bilan ajralgan; qon aylanish sistemasi metanefridiyalar tipidagi ayirish organlari rivojlangan. Nafas olish organlari yo‘q. Teri orqali nafas oladi. Ayirish jinsli, troxofora lichinka bilan rivojlanadi.


Protodrilus (Protodrilus) sodda halqalilarning yirikroq turlaridan 2-3 sm uzunlikdagi bu chuvalchang Qora dengizining Qrim soxillarida, sayoz joylarda ko‘p uchraydi. Protodrilusning tanasi bosh, 20-30 tacha segmentlar va dum qismidan tuzilgan. Boshchasida ancha uzun paypaslagichlari joylashgan. Bu teri va hid sezish organi. Ko‘zi yo‘q uning o‘rnida muvozanat organi bo‘lib, boshning qorin tomonida og‘iz joylashgan. Dum tomonda anal teshigi bor. Terisining usti, segmentlarning oralig‘i mayda kipriklar bilan qoplangan. Qorin tomoni bo‘ylab o‘tgan tarnovsimon botiqliqning ichida ham kiprikchalar joylashagan. Bular hammasi o‘rmalab harakat etishga yordam beradi.
Protodrilusning teri – muskul xaltasida 4 qator cho‘ziq muskullar va qiyasiga joylashgan. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i, qon aylanish sistemasi rivojlangan. Nerv sistemasi bir juft xalqum usti nerv bo‘g‘inlari (“bosh miya”) va u bilan komissura orliq tutashgan halqum osti nerv bo‘g‘inlaridan ham qorin nerv zanjiridan tuzilgan.
Jinsiy mahsuloti oxirgi segmentlarda etiladi. Protodriluslar bir nechta otalangan tuxumlarini maxsus pillaning ichiga qo‘yadi. Pillada tuxumrivojlanib, nihoyatda mayda troxofor lichinkasiga aylangach, suvga tarqaladi. Ularning troxoforlarida daslab 1-2 keyinchalik esa bir necha qator ko‘ndalang joylashgan kipriklar etishib, erkin harakat qiladi va bir oziqlanib o‘sadi. Bu oziqlanishda troxoforadagi katta-voronkasimon “lablar” yordamida beradi.
Protodriluslardan boshqa ko‘pchilik mayda sodda halqalilar dngiz sohil doirasida qum ichida kechiradi. Nerillidalar oilasiga mansub turlaridan bittasi Shveysariyaning g‘or suvlarida topilgan.
Sodda halqalilar ko‘p qilli chuvalchanglarning kelib chiqishini o‘rganishda katta nazariy ahamiyatga ega.



Download 249,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish