1.2.Masalaning qoʻyilishi.
Koshi masalasi. Ushbu
birinchi tartibli oddiy differensial tenglamaning boshlangʻich shart bilan [x0, xn] kesmadagi yechimini toping.
Bu masalaning taqribiy yechimini topishda hisoblashlar
h = (xn – x0)/n
qadam bilan bajariladi, bunda hisob tugunlari sifatida [x0, xn] kesmadagi
xi = x0 + ih, i=0, 1, .., n
nuqtalardan foydalaniladi.
Ishning maqsadi quyidagi jadvalni tuzish:
xi
|
x0
|
x1
|
…
|
xn
|
yi
|
y0
|
y1
|
…
|
yn
|
yaʼni y(x) funksiyaning taqribiy qiymatlari toʻrning tugun nuqtalarida izla- nadi.
Berilgan tenglamani [xi, xi+1] kesmada integrallab, quyidagi tenglikka ega boʻlamiz:
Masalaning sonli yechimini topish uchun ana shu integral sonli inte- gallashning biror kvadratur formulasi bilan almashtirilib, masala yechiladi. Quyida ana shunday usullar bilan tanishamiz.
1.2.Eylerning oshkor usuli.
Ushbu bandda quyidagi Koshi masalasini taqribiy yechishning univer- sial usuli tavsiflangan:
y(x) = f(x,y(x)), x0 x x0 + L, (1)
y(x0) = . (2)
bu yerda L > 0, L – integrallash kesmasining uzunligi.
Bu tenglamaning yechimi deb shunday y(x) funksiya tushuniladiki, u berilgan [x0, x0+L] kesmaning har bir nuqtasida hosilaga ega, shu nuqtalar- da (1) tenglamani qanoatlantiradi va x = x0 nuqtada qoʻshimcha (bosh- langʻich) shart (2) ni qanoatlantirsin.
Bunday yechimni mavjud va yagona deb faraz qilamiz. Bundan tashqari taqribiy yechimning mavjudligini ham kafolatlash uchun f(x,y) funksiya [x0 , x0+ L] kesmaga mos kenglikning ixtiyoriy (x*, y*) nuqtasida aniqlangan deb kelishamiz (1-rasm).
1-rasm. 2-rasm
N natural sonni tanlaymiz va integrallash kesmasi [x0 , x0 + L] ni
h = L/N (3)
uzunlikli N ta boʻlakka
xi = x0 + ih, i = 0, 1, …, N (4) nuqtalar bilan boʻlamiz (2-rasm).
Diskret nuqtalr toʻplami (4) ni [x0, x0+L] kesmadagi toʻr, xi nuqtalar- ning oʻzlarini esa toʻrning tugunlari deb ataymiz.
Yonma-yon nomerli toʻr tugunlari orasidagi masofa uzunligi (3) umumiy kesmaning boʻlagi boʻlgan [xi, xi+1] kesmaning uzunligi boʻlib, u toʻrning qadami deb ataladi (3-rasm). N ning cheksiz oʻsishida toʻr qadami nolga intiladi:
N da h 0, (5)
bundan esa toʻr zichlashub boraveradi.
3-rasm.
Bizning maqsadimiz, izlanayotgan y(x) yechimning bu toʻr tugun- laridagi y(xi) qiymatlarini taqribiy topishning tenglamalari sistemaini hosil qilish. Buning uchun (1) differensial tenglamada toʻrning xi nuqtasida y(xi) hosilaning yozilgan ushbu
y(xi)=f(xi, y(xi)) (6)
ifodasini quyidagi toʻr boʻyicha yaqinlashish bilan almashtirish:
y(xi h) y(xi ) y(xi 1 ) y(xi ) . (7)
h h
Bu sxemaning maʼnosi quyidagicha Faraz qilaylik, i – toʻr boʻyicha yaqinlashish (7) ning xatoligi boʻlsin:
y(xi 1 ) y(xi ) y(x ) .
h i i
Bu yerdan y(xi) hosilani quyidagicha
y(x ) y(xi 1 ) y(xi )
i h i
ifodalab, uni (6) tenglikning chap tarafiga qoʻysak, quyidagi munosabatni hosil qilamiz:
y(xi 1 ) y(xi ) f (x , y(x ))
Bu tenglikni izlanayotgan ikkita y(xi) va y(xi+1) miqdorlar qanoatlanti- radi.
Shuni taʼkidlaymizki, (8) tenglama barcha
i = 0, 1, …, N–1
lar uchun yozilishi mumkin. Bulardan esa (8) tenglama N ta tenglamalar sistemasini tashkil qiladi (bu yerda i = N uchun (8) tenglamani yozib boʻlmaydi, chunki bu tugunda xi+1 nuqta toʻrdan tashqariga chiqib ketadi).
Afsuski, (8) tenglamaning oʻng tarafida ishtirok etayotgan i xatolik hozircha bizga maʼlum emas, shuning uchun (8) sistemadan foydalanib barcha y(xi) miqdorlarni i = 1, 2, …, N lar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri topib boʻlmaydi, bunda hozircha boshlangʻich shartdan faqatgina y(x0) maʼlum. Ammo h qadam juda kichik tanlanganda bu xatolik ham juda kichik boʻladi va uni (8) tenglamadan tashlab yuborish mumkin boʻladi.
Ana shu holatda izlanayotgan nomaʼlum y(xi) miqdorni yi deb bel- gilab, quyidagi tenglamalar sistemasiga kelamiz:
f (x , y ) , i = 0, 1, …, N-1. (9)
h i i
Bu yerda (8) tenglamaning oʻng tarafidagi oʻzgarish, albatta, uning yechimini ham oʻzgartiradi.
Bu (9) tenglamalar sistemasiga ushbu
y0= (10)
tenglikni ham qoʻshib, nomaʼlum yi miqdorlarni topishning skalyar tenglamalar sistemasini hosil qilamiz.
Ushbu
y0, y1, …, yN
deyiladi.
Dastlabki x0 tugunda toʻr yechim berilgan diferensial masalaning boshlangʻich shart bilan berilgan yechimi bilan mos keladi, yaʼni
y0 = = y(x0), toʻrning boshqa tugunlarida esa ushbu
yi y(xi), i = 1, 2, …, N
taqribiy yaqinlashishlargina aniqlangan boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |