-«Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo’yicha noan’anaviy darslarning senariylari;
--«Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo’yicha interfaol darslarning senariylari;
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o’qitishning o’ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o’rganilib,ularni uslubiy jihatdan to’g’ri hal etishda noan’anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi.
Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o’quvchilarning «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari»mavzularini chuqur o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshiradi.Bitiruv malakaviy ish materiallaridan maktab kimyo o’qituvchilari o’z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidav tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishni yozishda 30 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan.
I BOB. DARSLIK VA O’QUV ADABIYOTLARIDA ANORGANIK BIRIKMALAR ENG MUHIM SINIFLARINING YORITILISHI 1.1.Oksidlar
Moddalarning klassifikatsiyalash ularni o’rganishni osonlashtiradi. Birikmalar sinflarining o’ziga xos xususiyatlarini bilgan holda ular alohida vakillarining xossalarini ta’riflab berish mumkin. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlardir.
Biri kislorod bo’lgan ikki elementdan tarkib topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.
Deyarli barcha kimyoviy elementlar oksidlar hosil qiladi. Hozirgi vaqtga qadar uchta elementning – nodir gazlardan neon, geliy va argonning oksidlari hali olinmagan.
Oksidlarning nomlanishi. Xalqaro nomenklaturaga muvofiq oksidlarning nomi nisbiy elektromanfiyligi kamroq element nomi bilan nisbiy elektromanfiyligi katta element lotincha nomining o’zagiga id qo’shimchasini qo’shib hosil qilinadi. Agar element bir necha oksid hosil qiladigan bo’lsa, u holda elementning nomidan keyin qavs ichida rim raqami bilan uning valentligi ko’rsatiladi[2,4,5]. Masalan, H2O – vodorod oksid (suv), FeO – temir (II) oksid, Fe2O3 – temir (III) oksid, P2O3 – fosfor (III) oksid, P2O5 – fosfor (V) oksid, P4O6 – tetrafosfor geksaoksid, P4O10 – tetrafosfor deksaoksid, Cu2O – mis (I) oksid.
Elementlar kislorodli birikmalarining alohida gruppasini peroksidlar tashkil etadi. Ular odatda kuchsiz kislota xossalarini namoyon qiladigan vodorod peroksid H2O2 ning tuzlari sifatida qaraladi. Peroksidlarda vodorod atomlari faqat boshqa elementlar atomlari bilangina emas, balki o’zaro kimyoviy bog’lanish orqali bog’langan bo’ladi (peroksid guruh – O – O – ni hosil qiladi) Masalan, natriy peroksid Na2O2 (perokso – O – O – guruhning nomi). Peroksidlar elementlarning oksidlanish darajasini to’g’ri aniqlay bilish lozim. Masalan, bariy peroksid BaO2 da bariyning oksidlanish darajasi +2 ga, kislorodniki – 1 ga teng.
Kimyoviy xossalariga ko’ra oksidlar uchta guruhga: asosli, kislotali va amfoter oksidlarga bo’linadi.
Asosli oksidlar. Agar oksidlarga asoslar muvofiq kelsa, bunday oksidlar asosli oksidlar deyiladi. Masalan, Na2O, CaO, FeO, NiO asosli oksidlar hisoblanadi, chunki ularga asoslar NaOH, Ca(OH)2, Fe(OH)2, Ni(OH)2 muvofiq keladi. Ba’zi asosli oksidlar suv bilan o’zaro ta’sir ettirilganda asoslar hosil bo’ladi. Masalan:
Na2O+H2O=2NaOH CaO+H2O=Ca(OH)2
Boshqa asosli oksidlar suv bilan bevosita o’zaro ta’sirlashmaydilar, ularga to’g’ri keladigan asoslar esa tuzlardan olinadi. Masalan:
NiSO4+2NaOH=Ni(OH)2+Na2SO4
Asosli oksidlarni faqat metallar hosil qiladi.
Kislotali oksidlar. Agar oksidlarga kislotalar muvofiq kelsa, bunday oksidlar kislotali oksidlar deyiladi. Masalan, CO2, P2O5, SO2, SO3, - kislotali oksidlar, chunki ularga kislotalar – H2CO3, H3PO4, H2SO3, H2SO4 muvofiq keladi. Kislotali oksidlarning ko’pchiligi suv bilan o’zaro ta’sir ettirilganda kislotalar hosil qiladi, masalan:
CO2+H2O=H2CO3 SO3+H2O=H2SO4
Ba’zi kislotali oksidlar suv bilan o’zaro ta’sirlashmaydi. Lekin ularning o’zi tegishli kislotadan olinishi mumkin. Masalan:
H2SiO3=SiO2+H2O
Kislotali oksidlarni metalmaslar va yuqori oksidlanish darajasini namoyon qiladigan metallar hosil qiladi. (masalan, Mn2O7 oksidiga permanganat kislota HMnO4 muvofiq keladi) [21,22,23].
Amfoter oksidlar. Sharoitga qarab asos yoki kislota xossalarini namoyon qiladigan, ya’ni ikki xil xossalarga ega bo’lgan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. Ularga ba’zi metallarning oksidlari: ZnO, Al2O3, Cr2O3 va boshqalar kiradi.
Amfoter oksidlar suv bilan bevosita birikmaydi, lekin ular kislotalar bilan ham, asoslar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan: ZnO+2HCl=ZnCl2+H2O ZnO+2NaOH=Na2[Zn(OH)4]
Al2O3 ishqor yoki ishqoriy yer metallarning karbonatlari bilan birga suyuqlantirilganda metaaluminatlar (suvsiz alyuminatlar) hosil bo’ladi: Al2O3+2NaOH=2NaAlO2+H2O Al2O3+Na2CO3=2NaAlO2+CO2
Oksidlarning xossalarini D. I. Mendelevning elenentlar davriy sismavzusidan foydalanib ko’rib chiqish qulay. Masalan, III davr elementlari oksidlarning Na2O, MgO, Al2O3, SiO2, P2O5, SO3, Cl2O7 xossalari ular atomlarining tuzilishiga muvofiq ravishda asoslidan (Na2O, MgO) amfoter oksidlar (Al2O3) orqali kislotali oksidlarga (SiO2, P2O5, SO3, Cl2O7) qadar qonuniyat bilan o’zgaradi. Bunday o’zgarish 1 va 7 davrdan boshqa barcha davrlarning elementlari uchun to’g’ri keladi[2,27,28].
Asosli, kislotali va amfoter oksidlar tuz hosil qiluvchi oksidlar hisoblanadi, ya’ni kislota yoki asoslar bilan o’zaro ta’sir ettirilganda tuzlar hosil qiladi. Oksidlarning asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qilmaydigan va tuz hosil qilmaydigan kichikroq guruhi bor. Bunday oksidlar befarq yoki indifferent oksidlar deyiladi. Ularga masalan, uglerod (II) oksid CO, azot (I) oksid N2O, azot (II) oksid NO va kremniy (II) oksid SiO kiradi.
Oksidlarning olinishi. Oksidlar turli xil usullar bilan olinadi. Bulardan uch xil usul asosiy hisoblanadi.
Oddiy moddaning kislorod bilan (turli xil sharoitda) bevosita birikishi. Masalan: C+O2=CO2 4K+O2=2K2O
Murakkab moddalarni yondirish. Masalan: CH4+2O2=CO2+2H2O
Kislorodli birikmalarning: karbonatlar, nitratlar, gidroksidlarni qizdirilganda parchalanishi. Masalan: CaCO3=CaO+CO2 2Cu(NO3)2=2CuO+4NO2+O2 2Fe(OH)3=Fe2O3+3H2O
Oksidlarning fizik xossalari turli-tumandir. Ulardan ba’zilari gazsimon moddalar (CO2, SO2, NO va boshqa),boshqalari – suyuqliklar (N2O3, N2O4, Cl2O7 va boshqa), ayrimlari – qattiq moddalardir (barcha asosli va amfoter oksidlar, ba’zi kislotali oksidlar – P2O5, SiO2 va boshqalar) [2,23,28].
Do'stlaringiz bilan baham: |