I-bob: biologiya darslarida ekskursiyalarni tashkil


II-  BOB.  BIOLOGIYADAN    EKSKURSIYA    MASHG‘ULOTLARNI



Download 431,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana29.12.2021
Hajmi431,59 Kb.
#81057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Nazarova Dilafruz----

II-  BOB.  BIOLOGIYADAN    EKSKURSIYA    MASHG‘ULOTLARNI 

TASHKIL ETISH 

Ekskursiya lоtinchа «Excursio» - «sаyr etish» dеgаn so‘zdаn оlingаn bo‘lib, 

vistаvkа,  kоrхоnа  yoki  tаbiаtning  diqqаtgа  sаzоvоr  jоylаrigа  kоllеktiv  rаvishdа 

uyushtirilgаn  sаyr  mа’nоsi  tushunilаdi.  Mаktаblаrdа  tаshkil  etilаdigаn  ekskursiya 

esа  sinf  yoki  o‘quvchilаr  gruppаsi  bilаn  оlib  bоrilаdigаn  tа’lim-tаrbiyaning  bir 

fоrmаsi bo‘lib, «o‘rgаnilаyotgаn buyum vа hоdisаlаrni jоyigа bоrib, tаbiiy hоlаtidа 

yoki sun’iy mахsus shаrоitdа bеvоsitа idrоk etishgа - ekskursiya» dеyilаdi. 

Оddiy qilib аytgаndа – оchiq hаvоdа dаrs o‘tishgа аytilаdi. Biоlоgik ekskursiyalаr 

sinfdаn  tаshqаridа:  tаbiаtdа,  qishlоq  хo‘jаligidа  ishlаb  chiqаrish  оbyеktlаridа  vа 

bоshqа jоylаrdа (bоtаnikа bоg’i, zооvistаvkа, muzеy, ilmiy-tаdqiqоt muаssаsаlаri 

kаbilаrdа) o‘tkаzilаdigаn o‘quv хаrаktеridаgi mаshg’ulоtdir. 

Ekskursiyalаr  аsоsаn  bаhоrdа  vа  kuzdа  bоtаnikа,  zооlоgiya,  umumiy 

biоlоgiya  kurslаridа  o‘tkаzilаdigаn  biоlоgik  ekskursiyalаr  dаstur  mаtеriаlini 

o‘rgаnish vа mustаhkаmlаshgа bаg’ishlаnаdi. 

Ulаr mаktаb dаsturidа ko‘rsаtilgаn vа o‘quvchilаr uchun mаjburiydir. 

Tirik  tаbiаt  оbyеktlаrini  vа  хоdisаlаrini  bеvоsitа  bilish,  tаbiiy  shаrоitdа 

o‘rgаnish  imkоniyatini  bеrаdi.  O‘quvchilаr  o‘rgаnilаyotgаn  o‘simlik  vа  hаyvоnni 

ulаrning  yashаsh  shаrоitidа  ko‘rаdilаr.  Оrgаnizm  tuzilishi  vа  hаyot  fаоliyatining 

yashаsh  muhitigа  mоslаnuvchаnligini  yaqqоl  pаyqаb  оlаdilаr.  O‘quvchilаrning 

bilimini kеngаytirаdi vа mustаhkаmlаydi. O‘quvchilаr o‘simliklаr vа hаyvоnlаrni 

tаbiiy muhitdа o‘simliklаrni tuprоqqа, hаyvоnlаrni esа, o‘simliklаrgа bоg’liq hоldа 

ko‘rаdilаr  vа  o‘quvchilаrning  tаbiаtni  o‘rgаnishdа  bo‘lgаn  qiziqishlаrini 

kuchаytirаdi. 

Qishlоq хo‘jаligi, ishlаb chiqаrish, tаjribа stаnsiyalаri, mеvаzоr, ko‘chаtzоr 

kаbi  jоylаrgа  uyushtirilgаn  ekskursiyalаr  o‘quvchilаrdа  ishlаb  chiqаrishning  turli 

sоhаlаrigа nisbаtаn zo‘r qiziqish uyg’оtаdi. 




Biоlоgik  ekskursiya  jаrаyonidа  o‘quvchilаr  biоlоgik  bilimlаrning  аmаldа 

qаndаy qo‘llаnilаyotgаnligini bilib оlаdilаr. Bundаy ekskursiyalаr o‘quvchilаrning 

kаsb tаnlаshlаridа hаm ijоbiy tа’sir ko‘rsаtаdi. 

Ekskursiya  tashkil  qilish  sinf  rahbariga  ko‘p  qiyknchiliklar  tug‘diradi. 

Shuning uchun xam o‘qituvchi ekskursiya uyushtirishga puxta tayorgarlik ko‘rishi 

lozim. 


Ekskursiya  davomida  o‘qituvchi  o‘quvchilarni  ko‘proq  yangi  ma'lumotlar 

olishlariga  undashi,  bu  ma'lumotlardan  keyinchalik  maktabga  borganda  ham 

foydalana 

oladigan 

darajada 

yetkazilishi 

shart. 

Ekskursiya 

jarayonida 

o‘kuvchilarning  darsda  olgan  bilimlari  boyitiladi  va  uni  amalda  ko‘llash 

ko‘nikmalari  paydo  bo‘ladi.  Maktabda  ekskursiyalar  tashkil  qilish  ikki  turga 

bo‘linadi: 

1.O‘quv reja va dasturga muvofiq 

2.O‘lkashunoslik, sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan ekskursiyalar. 

Biz  quyida  yeinfdan  tashqari  ekskursiya  haqida  to‘xtvlib  o‘tmoqchimiz. 

O‘quvchilarni  tabiatni  muhofaza  qilish  ruhida  tarbiyalash  uchun  uzaytirilgan 

ekskursiya  ma'lum  tuman,  shahar  yoki  xo‘jaliklarga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi 

mumkin.  Bu  ekskursiyani  mazmuni  ixtiyoriy  tuzilishga  asoslanadi.Uzi 

yashayotgan  hududni,  tabiatni  o‘rganish  yosh  avlodda  vatanparvarlik  ruhini 

uyg‘otib, ularni tabiatni sevishga undaydi. 

Tabiat  ko‘yniga  qilingan  ekskursiyalar  o‘qitishni  turmush  bilan  bog‘lab, 

o‘kuvchilarning nazariy bilimini oydinlashtiradi, bevosita ekologiyani sog‘lom va 

nosog‘lom  xudud  bilan  tanishish  imkonini  beradi.  Shuning  bilan  birga  tabiiy 

fanlardan 

olgan  bilimlarini 

mustahkamlab 

fikr  doiralarini  kengaytirib, 

ko‘rsatuvchanligini  oshiradi;  milliy  iftixor,  o‘rtoqlik,  do‘stlik,  tabiatni  asrash 

yo‘lida jipslashtirish, katgalarga tabiatga muhabbat tuyg‘ularini shakllantiradi. 

Tabiat  ko‘yniga  uyushtirilgan  ekskursiyalar  ekologik  tarbiya  beribgina 

qolmay, balki o‘kuvchilarni sog‘lomlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Ekskursiyada  bolalar  yaxshi  dam  oladi  va  jismoniy  chiniqadilar,  Ekskursiyani 

uyushtirish to‘rt davrga bo‘lish mumkin, 



1) Ekskursiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri. 

2) Ekskursiya davri. 

3) To‘plangan materiallarni taxlil qilish davri. 

4) Darsdan tashqarnda foydalanish davri. 

Ekskursiyada  tayyorgarlik  ko‘rish  davrida.  avvalo  ekskursiya  ishtirokchilari 

tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkaziladi.  Bir  kunlik  ekskursiyada  12-16  km  yo‘l  bosish 

mo‘ljallangan.  O‘kituvchi  ekskursiya  joyi,  yo‘nalishi  va  to‘xtab  o‘tiladigan 

joylarni  oldindan  ko‘rib  chiqib  belgilaydi.  Shuningdek,  xavfsizlikka  rioya  qilish, 

birinchi  meditsina  yordam  ko‘rsatish  imkonini  aniqlaydi  va  tibbiy  anketa  olishi 

lozim bo‘ladi. Yo‘dda yurganda olingan yuklar bolaning kuchiga, quvvatiga qarab 

taqsimlanadi.  Ekskursiyaga  chikish  oldidan  ekskursiya  qatnashchilari  yig‘ilishi 

o‘tkazilib vazifalar taqsimlab olinadi, jihoz va kerakli narsalarning olinganligi va 

tayyorgarlik  tekshirib  chiqiladi,  kamchilik  bo‘lsa,  uni  bartaraf  etish  choralari 

ko‘riladi. 

Tabiat  qo‘ynida  qilinadigan  ekskursiya  boshlanishdan  oldin  o‘quvchilar 

beshta:  hayvonot  va  parrandalarni  kuzatish,  o‘simlik  gerbariylarini  to‘plash, 

o‘simliklar  kasalliklarini  aniqlash,  tuproq  va  suv  tarkibidagi  o‘zgarishlarini 

akiqlash kabi guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhga tabiiy jarayonlari kuzatilib, uni 

o‘zgargan va o‘zgarmaganligini, qayta tekishrilishini aniqlash vazifalari qo‘yiladi. 

Har bir guruh o‘z yon daftarlariga qilingan ishlarni yozib boradilar. Soatyaga 

3-5  km  yurib  yoki  20-25  minut  yurib,  toliqish  sezilsa  10-15  minut  dam  olinadi. 

Oraliq masofa 2-3 metrdan oshmasligi kerak. Chunki yo‘lda turli butalar,  shoxlar, 

tikonli  giyohlar,  toshlar  va  jonsiz  to‘siqlar  bo‘lishi  mumkin.  Agar  dam  olingan 

joyda ovqatlanilsa, jo‘nash oldidan idishlar, qog‘ozlar, selofanlar, keraksiz narsalar 

yig‘ib  yo‘q  qilinadi  (kuydirib,  ko‘mib  tashlanadi).  Qator  boshida  yo‘lni  yaxshi 

biluvchi va qator oxirida kuchliroq tajribaliroq o‘quvchi bo‘lishi lozim. 

Bolalar  organizmi  yoshiga  qarab  turli  xil  rivojlanish  xususiyatiga  ega. 

Tabiatning  go‘zalligi,  ekskursiyaning  qiziqarliligi  tufayli  ayrim  o‘quvchilar 

charchoqni  sezmaydilar.  Shu  sababli  o‘kuvchining  yoshi  va  jismoniy 

tayyorgarligiga  qarab  yuk  berish  kerak.  Yovvoyi  meaalar,  gullar,  yaproqlarni 




ushlash,  hidlash,  uzib  olish  yaramaydi.  O‘qituvchi  ruxsat  bersagina,  ulardan 

namuna  olish  mumkin.  Ekskursiya  davomida  intizomga  rioya  qilish,  har  bir 

belgilangan  joyni  diqqat  bilan  kuzatish,  ruxsatsiz  boshqa  joylarga  ketmaslik, 

boshqa ishlar bilan shug‘ullanmaslik kabi masalalarda o‘quvchilar ogohlantiriladi. 

Maktabda to‘planib guruh a'zolarining barchasi tayyor bo‘lib, hamma narsalar taxt 

bo‘lgandan keyin ekskursiyaning birinchi etapi bo‘yicha yo‘lga chiqiladi. 

Ekskursiyadan  so‘ng  to‘plangan  materiallar  yuzasidan  o‘qituvchi  tomonidan 

suhbat  tashkil  qilinadi.  Suhbat  davomida  o‘quvchilar  o‘zlari  kuzatgan  ob'ekt 

bo‘yicha o‘z ta'ssurotlarini gapirib misollar bilan isbotlaydilar, Bu esa o‘z vaqtida 

tuzatish  yo‘llarini  qidirishga  imkon  beradi.  O‘quvchilar  bundan  tegishli  xulosa 

chiqaradilar. 

O‘quvchilarga  ekologik  ta'lim  berishda  ekologik  tashviqot  tadbirlari  ham 

alohida ahamiyat kasb etadi.  


Download 431,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish