Yerdagi
tirik matyeriya yerkin, o'zini o'zi boshqaradigan tizim bo'lib oqsil va
nuklein kislotalar yoki biopoIimyerlardan tashkil topgan. Notirik jismlardan farqli belgi
va xossalarining muvofiqIigi bilan ajralib turadi va ularning asosiy belgilari:
1) Hujayrali tashkillashuvi;
2) Modda almashinuvida oqsil va nuklein kislotalarning asosiy yetakchi o'rni
bilan, o'z-o'zidan yengillashib, yangi muhitda barqarorlikni saqlab turadi.
Tirik organizmlarda odatga ko'ra harakat, tasirlanish, o'sish, rivojlanish, ritmiylik,
ko'payish va irsiylik belgilari namoyon bo'ladi,
shuningdek, ular tashqi muhitga
moslashadi. Bundan tashqari ular o'z kimyoviy tarkiblarini saqlab, modda almashinuv
jarayonini tezlashtiradi. Tirik matyeriyalar kimyoviy elementlar uglyerod, kislorod, azot
va vodoroddan iborat bo'ladi, shuni aytish kerakki notirik tabiatda ham ushbu elementlar
mavjud, ammo ularning miqdori boshqa nisbatda bo'ladi.
Tashqi muhit bilan o'o’zaro bog'liqlik, bir tomondan barcha tirik matyeriya yaxlit
bir tizim sifatida ko'rinishi umumiy qonunlarga bo'ysunadi, ikkinchi tomondan hamma
biologik tizim o'o’ziga xos alohida bo'lib elementlar bilan o'o’zaro bog'langan bo'ladi.
Modda almashinuvi yoki metabolizm jarayonida tirik organizmlarda ko'pgina
kimyoviy reaktsiyalar borishi natijasida organizmga zarur moddalar ishlab chiqiladi va
ular energiya bilan taminlanadi. Boradigan asosiy reaksiyalardan biri Jotosintez bo'lib
quyosh yorug'ligi evao’ziga anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo'ladi.
Fotosintez bilan bir qatorda organik birikmalaming sintezi jarayoni anorganik moddalar
orqali boradi. Oltingugurt, vodorod, syerovodrod, temir, ammiak,
nitrat va boshqa
anorganik moddalaming oksidlanishi kimyoviy energiya orqali boradi. Bu jarayonga
xemosintez deb ataladi.
Har bir tirik organizrnning paydo bo'lganidan o'lishiga qadar vaqt davomida har
xii tezlikda metobolik jarayonlar boradi, jarayonga ontogenez deyiladi.
Ontogenez
o'zida morfologik, fiziologik va bioxillik yangilanishni ma'lum davomiylikda tirik
organizmning butun hayotida muvofiqlashtirib boradi. Ontogenez organizmning o'sishi,
hajmi oshishi, gavdasi yiriklashuvi, bir hujayralilar va to'qimalar o'rtasidagi farqlar va
organizmda turli funksiyalaming bajarilishini tartibga solib turadi.
Hozirgi organizmlaming ontogenizi juda uzoq evolyutsiya jarayonida shakllandi
va uning tarixiy rivojlanishiga-filogenez deyiladi. Ekologiyaning
yaxlitligi uchun
hayvon, o'simlik va mikroorganizmlar hosil bo'lishi, evolyutsiyasini qayta o'rganish
zarur. Buni o'rganadigan fan filogenetika deb ataladi va u morfologiya, embriologiya va
paleontologiya fanlari ma'lumotlariga asosan to'planadi.
Gen, hujayra, organ, organizm, populyatsiya,
biotsenoz-yerda hayot paydo
bo'lishining asosiy tashkilotchilaridir. Biopolimyerlardan biosfera-gacha bo'lgan barcha
tirik organizmlar aniq bir tizimga bo'ysunish asosida shakllangan. Bunda biotizim oddiy
darajadan murakkab daraja-gacha rivojlanib boradi.
Biologik tizimning tashkillanish darajasi lyerarxik tabiiy tizimda boradi yoki
kichik tizimchalar katta tizimni tashkil qiladi.
Tirik matyeriyaning strukturali tashkillanishi moleklyar, hujayraviy, to'qimada,
organda, organizmda, populyatsiyada va biosfera darajasida boradi. Ekologiya- biologik
tashkillashuvning darajalarini oddiy organizmdan ekotizimgacha va biosferani to'liq
o'rganadi.
Molekulyar darajada modda almashinuvi va irsiy ma'lumotlami. tashish jarayoni
byeradi.
Hujayra-mustaqil yashashaga moslashgan tirik
organizmninr elementar
strukturasidir.
To 'qima-o'zida bir xii hujayra va hujayralararo moddalaming o'o’zaro
muvofiqligidir.
Organ-ko'p hujayrali -organizmning bir qismi bo'lib alohida vazifani bajaradi.
Organizm-bu tirik jon bo'lib, tashqi muhit bilan o'o’zaro bog'liq, biologik tur
bo'lib, yaxlit tizimdan iborat, bir-biriga o'xshash, ammo alohidalik xususiyatiga ega, tur
ichida ko'payish imkoniyati bor.
Populyatsiya-vaqt va rnakonda rna'lurn bir turning alohida o'zo'zidan
ko'payishiga muvofiqligiga aytiladi. Populyatsiyadagi umumiy o'zgarishlar to'rt narsaga
bog'liq bo'ladi: tug'Hish, nobud bo'lish, kirib kelish va chiqib ketish (migratsiya).
Biotsenoz yoki ekotizm-ma'lurn bir aniq hududda o'sib rivojlanuvchi turli
mikroorganizmlar, o'sirnliklar va hayvonlarning bir-biriga muvofiqligidir.
Biosfera-yerning tirik matyeriyadan iborat qobig'idir.
Do'stlaringiz bilan baham: