I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/115
Sana30.03.2022
Hajmi5,34 Mb.
#519514
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115
Bog'liq
tarmoq texnologiyalari (1)

 
9.5.
 
IoT - buyumlar interneti sohasida xavfsizlik masalalari. 
 
Oxirgi paytlarda axborot xavfsizligi masalasiga tegishli boʻlgan barcha 
tadbirlarda eng koʻp muhokama qilinayotgan asosiy masalalardan biri bu 
“buyumlar interneti” hisoblanadi. Aynan ushbu texnologiya oʻtgan yili ham ushbu 
soha mutaxassislar aqlini koʻproq egallab, turli ommaviy axborot vositalaridagi 
yangiliklarda tez-tez uchrab turdi. Ekspertlarning fikricha ushbu tendensiya 
kelgusida ham pastlamaydi. SHu sababli, ushbu maqolamizda “buyumlar interneti” 
nomi ostida qoʻllaniladigan texnologiyalar tomonidan ayni paytda etkazilishi 
mumkin boʻlgan dolzarb xavflar koʻrib chiqiladi. 
Internetga chiqishi mavjud boʻlgan koʻp sonli qurilmalar buzilishdan etarli 
darajada himoyalanmagan boʻladi. Ularning koʻpchiligiga bir xil parollar 
oʻrnatilgan boʻlib, baʻzilarida koʻpchilikka maʻlum boʻlsada, biroq tuzatilmagan 
zaifliklar mavjud. “Aqlli” buyumlarni ishlab chiqaruvchilar aksariyat holatlarda 
xavfsizlik masalalariga befarqlik munosabatida boʻladi, foydalanuvchilarning esa, 
uyidagi har bir buyum bilan shugʻullanishga vaqti boʻlmaydi. Bunday vaziyat esa 
fojeaviy oqibatlarga olib keladi. Oʻtgan yili “narsalar interneti” bilan bogʻliq 
hodisalar orasida eng ovoza boʻlgani Miraj botneti boʻldi. U deyarli butunlay 
obroʻsizlantirilgan IoT-qurilmalardan tashkil topgan boʻlib, tarixdagi eng yirik 
DDoS-hujumlarga sabab boʻldi. Qonunbuzarlar faoliyatining asosiy mazmuni, IoT-
qurilmalarni boshqarishda koʻp foydalanadigan soddalashtrilgan Linux versiyasi 


219 
boshqaruvidagi qurilmalarga kirib boradigan troyan dasturidan foydalanishdan 
tashkil topgan. Bunda buzib kirish harakatining oʻzi unchalik murakkab emas 
boʻlib chiqdi dastur bor-yoʻgʻi 61 ta defoltli loginlar va parollar kombinatsiyasini 
toʻliq 
terish 
usuli 
orqali 
qurilmaga 
kirishni 
qoʻlga 
kiritgan. 
Biroq 
obroʻsizlantirilgan qurilmalarning umumiy soni 493 mingdan oshgan edi. Ularning 
orasida termoregulyatorlar, sovutgichlar va tosterlar kabi “aqlli buyumlar” ham 
mavjud edi. Miraj botnetidan DDoS-hujumlar choʻqqiga chiqqan vaqtda ularning 
tezligi bir soniyada bir terrabaytgacha etgan. DNS operatoriga uyushtirilgan 
hujumda ushbu botnetdan foydalanish, hujumni qaytarish uchun qoʻllanilgan 
tezkor tadbirlarga qaramasdan taniqli bir qator xizmatlarga kirishda muammolar 
tugʻdirdi, bular jumlasiga Twitter, GitHub, Soundcloud va Spotify xizmatlari 
kiradi. 
Har kunlik hayotimizga yuksak texnologiyalarning kirib kelishi yangidan-
yangi xavflarni taqdim qiladi. YAqingacha qonunbuzarlarning faolligi axborot 
xavfsizligi bilan cheklangan boʻlsa, hozirda xavf ostiga odamlarning hayoti va 
sogʻligi qolmoqda. Hozircha bular havotirli tahmin hisoblanadi, biroq hayotiy 
reallik IoT-qurilmalar bilan ishlashda jismoniy xavfsizlik haqida bugundan 
qaygʻurishga majbur qilmoqda. Eng dolzarb masala – kun sayin “aqlli” boʻlib 
borayotgan avtomobillar hisoblanadi. Bugungi kunda avtonom mashinalar 
Gonkong, Dubay, AQSHning bir qator shtatlari va Evropaning baʻzi 
mamlakatlarida koʻcha kezib yuribdi. Ammo bunday avtonom avtomobillar 
baʻzida xalokatga uchraydi, masalan, Tesla avtopilotining ishidagi nosozliklar 
bilan bogʻliq noxush hodisalar koʻp muhokamaga uchraydigan holat boʻldi. Ushbu 
hodisalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga avtomobil egasi olishi kerakmi yo 
uning ishlab chiqaruvchisimi, buni hali aniqlash zarur. Avtopilot tizimini hisobga 
olmagan holda ham, bilamizki, zamonaviy avtomobil turli yuqori texnologiyali 
modullar bilan, boshqaruv datchiklari va vositalari bilan jihozlangan, ular, tabiiyki, 
distansion boshqaruvga ega, shu jumladan internet orqali ham. 
Borgan sari, avtomobillardagi muammolar haqida yangidan-yangi xabarlar 
tarqalmoqda, ular mashinalarning mexanizmlari bilan emas, balki, aynan dasturiy 


220 
taʻminot bilan bogʻliq. Ushbu dasturiy taʻminotning xavfsizligi, huddi maishiy 
IoT-qurilmalarining holatidagidek hali anchagina ish talab qiladigan ahvolda. 
Ushbu muammo turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli: masalan, oʻtgan yilning 
kuzida General Motors kompaniyasi dasturiy taʻminotdagi xatoliklar tufayli 3 
milliondan ortiq avtomobillarni qaytarib olishga majbur boʻldi, ushbu xatoliklar 
xavfsizlik yostiqchasi va xavfsizlik kamarining nosozliklari bilan bogʻliq boʻlgan. 
SHuningdek, Volkswagen konserni bilan sodir boʻlgan janjal haqidagi ovoza keng 
tarqaldi, 
bunda 
avtomobillarga 
zararli 
moddalarni 
chiqarishning 
real 
koʻrsatkichlarini pasaytirib koʻrsatuvchi dastur oʻrnatilgan. Bundan tashqari, 
avtomobillarni “kompyuterlashtirish” sababli ularni masofali buzish imkoni 
mavjud boʻldi. SHu yoʻl bilan tadqiqotchilar va xakerlar Chrysler, Tesla, 
Mitsubishi kompaniyalariga tegishli va bir qancha boshqa rusumdagi 
avtomobillarga avtorizatsiyalanmagan kirish huquqini qoʻlga kiritishdi. Agar 
avtomobillarni buzish – unchalik qoʻrqinchli tuyulmasa, u holda tibbiyot 
sohasidagi ishlar umuman oʻzgacha ahvolda. Yuksak texnologiyalar tibbiyot 
xodimlariga katta imkoniyatlar taqdim etadi, telemeditsinadan tortib, to 
diagnostika va davolashning zamonaviy usullarigacha. Biroq bu yerda ham 
xavfsizlik masalasi hal qilinmagan. Tibbiyot texnikasini ishlab chiqaruvchi 
mutaxassislar koʻpincha yovuz niyatlilarning aralashish ehtimolini eʻtibordan 
chetda qoldiradilar. Axborot xavfsizligining ekspertlari telemeditsinaga oid 
servislar va texnik vositalarni tahlil qilib, havotirli xulosaga keldilar – kasal va 
shifokor orasidagi bogʻlanish aksariyat holatlarda zaif hisoblanadi. Ushbu 
muammoni shifrlashni qoʻllagan holda bartaraf etsa boʻladi, biroq, telemeditsina 
uchun allaqachon zaif shifrlanmagan protokolli asboblardan foydalanilmoqda. 
Surunkali ogʻir kasalliklari boʻlgan odamlar egnida olib yuruvchi qurilmalar 
ularning sogʻligi uchun alohida xavf tugʻdiradi, bular insulin pompalari va 
kardiostimulyatorlar. 
Zaif 
simsiz 
uzatkichlar 
kardiostimulyatorlar 
va 
defibrillyatorlarga topshiriq yuborishi mumkin, qurilmalarning koʻpchiligi esa 830 
voltgacha boʻlgan tokni generatsiya qila olishi mumkin. Koʻpchilik davlatlarda 


221 
bunday qurilmalarning sifati uchun toʻgʻridan-toʻgʻri javob beradigan mutasaddi 
idoralar mavjud emas. 
Kengayib borayotgan “buyumlar interneti”ga oid boʻlgan yana bir masala, 
bu foydalanuvchilarning gʻayrirasmiyligi masalasidir. Gap shundaki, “aqlli” 
qurilmalar oʻz egalari toʻgʻrisida anchagina miqdorda maʻlumot toʻplaydi. 
Qurilmalar egalari haqida, ularning ishlab chiqaruvchilari ham aynan nimani 
bilishlari ustidan deyarli nazorat qilib boʻlmay qoldi. 
Noqulay, biroq optimistik ssenariyda ushbu maʻlumotlar reklama 
beruvchilarga sotilishi mumkin. Ammo ushbu maʻlumotlar qonunbuzarlar qoʻliga 
tushib qolsa vaziyat boshqa koʻrinish olishi turgan gap. Bunday qurilmalardan 
olingan maʻlumotlar foydalanuvchining maksimal darajadagi toʻliq va batafsil 
“portreti”ni shakllantirib berishi mumkin. Bugungi kunning oʻzida Shodan xizmati 
yordamida ancha keng miqdordagi veb-kameralardan video tomosha qilish 
mumkin. Foydalanuvchilar allaqachon ushbu xizmat orqali banklar, kollej va 
maktablarni, politsiya xodimlarining buzilgan kameralaridan translyasiyalarni, 
xususiy uylar va bebi-monitorlar “kuzatuvi” dagi uxlayotgan koʻp sonli yosh 
bolalarni tomosha qilish yoʻllarini aniqlab topganlar. 
Bundan tashqari, koʻpchilik foydalanuvchilar bu vaziyat bilan bogʻliq 
boʻlgan davlatning oʻz fuqarolari ustidan kuzatib yurish holatlarining koʻpayib 
ketishidan havotirdalar. Koʻp davlatlarning maxsus xizmatlari tahmin qilinayotgan 
qonunbuzarlarni asossiz kuzatuvga olganliklari va raqamli sohadagi vakolatlaridan 
haddan ortiq foydalanganliklari sababli tanqid ostida koʻp qolmoqdalar. Bu borada 
uylarimizdagi “aqlli” qurilmalarimiz anchagina katta boʻlgan hajmdagi 
maʻlumotlarni taqdim etmoqda. Misol tariqasida AQSHning Arkanzas shtatida 
sodir boʻlgan voqeani keltirib oʻtamiz. Xonadon egasi tomonidan Amazon 
kompaniyasidan sotib olingan aqlli kolonka mudxish qotillikning “guvohi”ga 
aylandi. Tergov olib boruvchilar ushbu qotillikni xonadon sohibi sodir etgan deb 
hisoblamoqdalar. Amazon Echo kolonkasi ovozli boshqaruvga ega va muvofiq 
ravishda uyda roʻy berayotgan barcha narsalarni eshitadi va yozib oladi. 
Kolonkadan tashqari politsiya ashyoviy dalil sifatida “aqlli uy”ning boshqa 


222 
qurilmalaridan ham foydalangan: termostat, signalizatsiya tizimi va suv 
oʻlchagichdan. 
“Internet buyumlar” bilan bogʻliq muammolar barchaga maʻlum, biroq 
ularning yyechimini tezlik bilan topishga hozircha imkon mavjud emas. Bunga 
qaramay, bu yoʻnalishda siljishlar kuzatilmoqda. Yaqindan boshlab davlatlar ushbu 
mavzu bilan jiddiy shugʻullana boshladilar. Masalan, Rossiyada 2017 yilda 
industrial internetga oid normativ-huquqiy bazani yaratish boʻyicha harakatlar 
boshlab yuborildi. Jumladan, uskunalar va dasturiy taʻminot darajasida 
maʻlumotlarni toʻplash infratuzilmasiga talablar ishlab chiqilgan va maʻlumotlarni 
toʻplash, ishlov berish va saqlash tartiblari belgilangan. Amerika hukumati ham 
borgan sari IoT-qurilmalariga tegishli muammolar bilan koʻproq shugʻullana 
boshlagan. Xususan, AQSHning Ichki xavfsizliki vaziri va Ichki xavfsizlik 
departamenti ishlab chiqaruvchilarni qurilmalarni xavfsizliklarini, yuqorida keltirib 
oʻtilgan DNS-provayderga uyushtirilgan DDoS-hujumdan soʻng maksimal 
darajada taʻminlashlariga chaqirdilar. 
2017 yilda Toshkent shaxrida «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Xalqaro elektraloqalar 
ittifoqining «IoT» buyumlar interneti sohasi kiber xavfsizligining muhim 
masalalariga bagʻishlangan hududiy seminar oʻtkazildi. 
Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish 
vazirligi hamda Xalqaro elektraloqalar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 
Oʻzbekiston, Moldova, Ukraina, Qozogʻiston, Rossiyadan olim va mutaxassislar, 
«Cisco», «ZTE», «Huawei», «Microsoft», «Softline» kompaniyalari vakillari 
ishtirok etdilar. Ilmiy-texnik taraqqiyot internet-texnologiyalaridan foydalanish 
koʻlamini kengaytirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda elektr jihozlarining soʻnggi 
modellariga internet tarmogʻiga ulanish imkonini beruvchi uskuna va moslamalar 
oʻrnatilmoqda. Bu jihozlarni loyihalash va foydalanishda axborot xavfsizligini 
taʻminlash majburiy talablardan biridir. SHu jihatdan Oʻzbekistonda elektron 
uskuna va tizimlar kiber xavfsizligini oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Seminarda kiber xavfsizlik masalalarida davlat va xalqaro 


223 
hamkorlikning ahamiyati xaqida soʻz yuritildi. Axborot xavfsizligi butun dunyoda 
AKT barqaror rivojlanishining muhim tamoyillaridan biri ekani tan olingan. Har 
bir davlatda kiber tahdidlarga qarshi kurashuvchi mexanizm va tashkilotlar 
shakllantirilgan yoki shakllantirilmoqda. 
Prezidentimizning 2017 yil 29 avgustdagi «Axborot-kommmunikatsiya 
texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonda Axborot xavfsizligi va 
jamoat tartibini taʻminlashga koʻmaklashish markazi tashkil etildi. Markazning 
vazifasi axborot xavfsizligiga raxna solayotgan zamonaviy tahdidlar haqida 
maʻlumot yigʻish, ularni tahlil qilish va saqlash, davlat tashkilotlarining axborot 
tizimlari, maʻlumotlar zaxirasi va bazasiga noqonuniy kirishning oldini olishga 
qaratilgan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni qabul qilish boʻyicha 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdir. Zero, hech qanday chegara mavjud boʻlmagan 
internet olamidagi kiberjinoyatlar tobora xalqaro tus olmoqda. Bu tahdidlarga 
qarshi kurashish uchun Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib 
Oʻzbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro 
xavfsizlik tizimiga qoʻshildi. 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish