Ilmiy komp’yuter grafikasi
Ilmiy grafika ilmiy tadkikotlar o‘tkazish: geografik, jismoniy, biologik va
boshka tabiiy xodisalarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
Ilmiy komp’yuter grafikasi sinfini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi — uni
ilmiy ma’lumotlarni ko‘rish uchun ko‘llashdir. Bu yo‘nalish zamonaviy adabiyotlarda
favkulodda keng, ikgisodiy ko‘rsatkichlarni grafiklar ko‘rinishida taksim etishdan
(buning uchun SHK eng oxirga modeliga ega bo‘lish shart emas) to ekranda real
vakgda yadro reaksiyasi xakidagi axborotlarning juda katta okimini model
ko‘rinishida aks ettirishgacha talkin kilinadi, buning uchun zamonaviy grafikli ishchi
stansiya zarur.
Bunga bir necha katlamlarni: koordinatali tur, konturli tasvir, shartli belgilar,
belgilarning ma’nosi, pozitsion menyu va boshkalarni aks ettirilishiga ega grafik
ob’ekt ko‘rinishidagi xaritalar (geografik, okean) tasviri xizmat kilishi mumkin.
Bunday xarita ma’lumotlarni joyning ma’lum xududini tasvirlash fonida taksimlash
xarakterini taxlil kilishda yordam berishi yoki xududni o‘zlashtirish variantlarini
xisoblashda asos bo‘lishi mumkin. Ilmiy grafika tizimiga katta mikdordagi matematik
formulalarga ega ilmiy xujjatlarni rasmiylashtirish tizimini xam kiritish mumkin.
Axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash usullari
9
Axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashda o‘qitishning mazmunini
takomillashtiruvchi shakl va metodlarni izlab topish masalasi muhim o‘rin tutadi.
Pedogog xodimlarning asosiy maqsadlaridan biri har bir talabaga rejalashtirilgan
o‘quv-materiallarini yetkazib berish va uni o‘zlashtirish darajasini oshirishga
erishishdan iborat. Shu bois ma’ruza darslariga mavzularni tushintirishning murakkab
emasligi va qabul qilishning osonligi kabi xususiyatlar xos bo‘lishi lozim. Ma’ruza
darslarida mavzular bo‘yicha o‘quv materiallariga tegishli hamma savollarni qamrab
olingan va ular juda sinchkovlik bilan tanlangan bo‘lishi kerak.
Har bir fan o‘qitilishi uchun, odatda belgilangan maqsadga ko‘ra, uning
mazmuni tanlanadi. Uning o‘zlashtirish uchun mos metodlar, o‘quv vositalari va
nihoyat bularga mos o‘qitish shakli tanlanadi.
Ta’limda uzliksizlikni ta’minlash, metodik tizim deb ataluvchi maqsad,
mazmun, metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqalarga
bog‘liq. O‘qituchi-talabalarning psixologik tayyorgarliklari, fikirlash darajalariga
qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmunini bayon qilish mantiqi va
metodlari mavjud.
O‘quv materiallarini obrazlar ko‘rinishda taqdim etish;
1. Diferensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilish;
2. O‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lash;
3. O‘z-o‘zini nazorat qilish va tuzatib borish;
4. O‘rgatilayotgan fanlarni namoish etish va ularning dinamik jarayonini
ko‘rsatish;
5. Fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va
axborot texnologiyalaridan foydalanish;
6. Talabalarni mustaqil ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
7. Masofadan o‘qitish tizimining o‘quv adabiyotlari sifatida qo‘llash;
8. Ta’lim tizimida o‘quv-laboratoriya ishlarini bajarishda tejamkorlikka erishish
kabi imkoniyatlar yaratadi.
Masofaviy ta’lim kurslarini tuzishda multimedia vositalaridan va gipermatn
texnologiyalaridan
keng
foydalaniladi.
Giperizoxdan
foydalanish
kurs
10
strukturasining nochizikli bulishiga, tinglovchining butun kurs teksti bo‘yicha
mustaqil o‘rganish strategiyasi buyicha xarakat qilish imkonini beradi. Gipermatn-
materialning turli kismlari orasidagi izohlar bilan ta’minlangan interaktiv uquv
materialini yaratish imkoniyatidir. Gipermatn imkoniyati o‘qituvchi uchun
materialni katta sondagi fragmentlarga ajratish imkonini berib, ularni giperizoh
bo‘yicha biror mantiqiy zanjirga tizishga imkon beradi. Bu erda keyingi qadam-bir
material buyicha xar bir o‘quvchi uchun, ularning bilim darajasiga qarab xususiy
ukuv qo‘llanmasi yaratish bo‘lishi mumkin. Giperizohlar tashqi axborot manbalariga
murojaat qilishga imkon berib, kursni Internet tarmog‘ining bir qismiga aylantiradi.
Shunga qaramay, o‘quv protsessida saytdan foydalanishning amaliy tajribasi shuni
kursatadiki, bu struktura ko‘pgina imkoniyatlarga egadir. Internetdagi ulkan axborot
xajmi, umumiy strukturaning borligi, Internetda axborot qidirishni osonlashtiradi.
Keraksiz, tasodifiy axborotga ovora bo‘lib qolishdan. Ko‘p mamlakatlarning og‘ir
xaetiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘z xoliga quyilgan talaba, tezda keraksiz
axborotlarga murojaat qila boshlaydi.
O‘quv sifati bu texnologiyalardan foydalanadigan metodga bog‘lik.
Internetning boshqa xizmatlaridan ta’limda foydalanishdi. Elektron pochta, Internet-
konferensiyalar va o‘quv forumlari- o‘quv materialini muxokoma qilish va
talabalarga o‘zaro yordam uchun ajoyib vositalardir. Ko‘pgina Amerika oliy o‘quv
yurtlari o‘qituvchilari Internet-muloqotni quyidagi metod bilan jonlantiradilar: ular
oldindan 10-12 ballni tinglovchi munozaraga ishtirok etgani uchun olishini e’lon
qiladilar. E’tiborni kuchaytirish uchun o‘kituvchi odatda o‘zining shaxsiy savolini
beradi, lekin o‘quvchilarga ham savol tashlash imkonini beradi. Xar kanday texnik
yangilik kabi, xar-bir Internet-servislar, o‘quv jarayoniga optimal qo‘llanilish
imkoniyatiga egadir. Lekin bunga xam chegara bor. Extimol Web-kurslarni
yaratishdagi asosiy qarorlardan biri-bu chegara bo‘lib, uning qanday darajada
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kursni to‘ldirish yoki o‘rnini bosish darajasidir. Asosiy vositalardan
yana biri multimediadir.
Multimedia programma vositalari va apparatlari kompleksi bo‘lib, turli
muhitdan
foydalangan
holda
kompyuter
bilan
muloqotdir.
Multimedia
11
o‘rganilayotgan hodisani illyustratsiyalashning boy imkoniyatidir. Agar ilgari
orzuning chegarasi oq-qora film bo‘lgan bo‘lsa, xozirda zamonaviy texnik vositalar
kompyuter animatsiyalari ko‘rinishida ko‘prok e’tiborni tortadigan o‘quv qo‘llanmasi
yaratishga imkon beradi. Multimedia vositalaridan foydalanish tovush, animatsiya,
multimedia,
rang,
grafikdan
aktiv
foydalanish
imkoniyatini
beradi.
Gipermatn bilan ishlashda talaba o‘quv protsessida yanada aktivrok pozitsiyani
egallaydi, u o‘tilgan material bo‘yicha xulosalar qilishi mumkin va o‘zi gipermatn
bo‘yicha uzluksizlikni tanlashi kerak. Ta’lim talabalarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Multimedia vositalaridan va satxlardagi gipermatndan foydalanish quyidagilarga
imkon beradi:
1. O‘quv materialini tasavvur qilishni yaxshilaydi.
2. Keng miqyosli muhokamani tashkil etish.
3. Qulay interfeysni ta’minlash.
Masofaviy ta’lim kurslarida muhokamani tashkil etish uchun Web-konferensiya
va Chat-tizimidan foydalaniladi. Talabalarni o‘quv materiali bilan ta’minlash va
ularning asosiy vazifani bajarishi yoki Internet tarmog‘iga testlarni joylashtirish va
hech qanday pedagogik strategiyasiz talabalarning o‘qishga ishonishi etarli.
Masofaviy ta’lim kurslarini yaratishda masofadan o‘qiyotgan talabaning izolyasiyada
ekanligini xisobga olish kerak. Materiallar zarur tushuntirishlar bilan ta’minlangan
bo‘lishi kerak, tinglovchiga xayrihoh ruhda yozilgan bo‘lishi va unga yoqishi kerak.
O‘quv jarayonidagi butun qiyinchiliklar avtorlar tomonidan oldindan qurilgan
bo‘lishi kerak.
Masofaviy ta’lim kurslarini yaratishda Internet texnologiyalar xususiyatini
xisobga olish kerak. Web-saxifalarni katta miqdordagi rasmlar bilan yuklash kerak
emas. Grafik elementlar bilan to‘ldirilgan, katta miqdordagi saxifalar, yuklash uchun
ko‘p vaqt talab qiladi. Aloqa uzilib qolganda foydalanuvchi Web-sahifalarni yana
yuklashi kerak bo‘ladi. Katta mikdordagi betlarni yuklashni bir necha betlarga
ajratish va ularni giperizoxlarga birlashtirish tavsiya kilinadi.
JavaScript dasturlash texnologiyalari, shuningdek animatsion, mul’timedia
dasturlari Macromedia Flash MX, Macromedia Dreamweaver MX, MS Liquid
12
Montion, UleadGifAnimator. SnagIt video ma’lumotlar bilan ishlovchi dastur. Sayt
yaratish uchun html, css, php , MySQL imkoniyatidan foydalanish maqsadga muofiq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |