XI BOB. ERITMALAR.
Mavzu: Dispers sistemalar va kolloid eritmalar.
Ko’pchilik moddalar bir-birida tarqaladi va bu tarqalish natijasida gomogen yoki geterogen sistema hosil bo’ladi.
Ta’rif:Bir modda ichida ikkinchi bir moddaning mayda zarrachalari tarqalishidan hosil bo’lgan mikrogeterogen sistemalar dispers sistemalar deyiladi.
Dispers sistemalar (DS) dispersion muhit (DM) va dispers fazadan (DF) iborat.
DS lar bir-biridan DM va DF ning agregat holati va zarrchalarning o’lchamiga(disperslik darajasiga) ko’ra farqlanadi.
DS larning agregat holatiga ko’ra sinflanishi:
DM
|
|
DF
|
DM
|
|
DF
|
DM
|
|
DF
|
G
|
|
G
|
S
|
suspenziya
|
G
|
Q
|
pemza
|
G
|
G
|
aerozol, tuman
|
S
|
S
|
emulsiya
|
S
|
Q
|
marvarid
|
S
|
G
|
chang, tuman
|
Q
|
S
|
ko'piklar
|
Q
|
Q
|
brilliant
|
Q
|
Disperslik darajasiga DS lar 3 ga bo’linadi:
Dag’al DS lar;
Kolloid eritmlar;
Chin eritmalar.
Chin eritmalar
|
Kolloid eritmalar
|
Dag’al DS lar
|
<1 nm
|
|
>100 nm
|
Dag’al DS larda zarrachalar o’lchami 100nm dan katta bo’ladi. Ular suspenziya va emulsiyaga bo’linadi.
Suspenziyada suyuqlik ichida qattiq modda zarrachalari tarqalgan bo’ladi. Masalan, loyqa suv. Emulsiyalarda suyuqlik ichida ikkinchi bir suyuqlik tarqaladi. Masalan, sut va bo’yoqlar.
Suspenziya va emulsiyalar barqaror bo’lmaydi.
Kolloid eritmalarda zarrachalar o’lchami 1÷100nm bo’ladi. Ular “zollar” ham deyiladi. Ular nisbatan barqaror. Masalan, AgJ, Fe(OH)3, As2S3, oqsillar.
Kolloid eritmalar nurni konussimon sochadi va bunga Tindal effekti deyiladi (1868). Shuningdek ularning zarrachalari qo’shilishib yiriklahsadi va bu hodisaga koagulyatsiya deyiladi.
Chin eritmalarda zarrachalar o’lchami 1nm dan kichik bo’ladi. Ularda zarrachalar atom yoki molekula holida bo’ladi. Uning zarrachalarini hatto mikroskop ostida ham ko’rib bo’lmaydi.
Ta’rif:Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismdan (komponent) tashkil topgan bir jinsli (gomogen) sistemaga eritma deyiladi.
Eritma erituvchi va erigan moddadan tashkil topadi.
Eritmalar ularni tashkil qiluvchi moddalarning agregat holatiga ko’ra gaz, suyuq yoki qattiq holda bo’ladi. Gazsimon eritmalarga havo misol bo’lsa, qattiq eritmalarga qotishmalar misol bo’ladi.
Eng ko’p o’rganilgani bu – chin eritmalardir.
Mavzu: Moddalarning suvda erishi. Eruvchanlik.
Eritmalar hosil bo’lishida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar sodir bo’ladi. Qattiq moddalar erishida uning zarrachalari erituvchi ta’siridan “buziladi”. Suyuq moddalar eritmlarining hosil bo’lishida eriydigan va erituvchi moddalarning molekulalari o’zaro aralashadi.
Eritmalar hosil bo’lishida erigan modda bilan erituvchi molekulalari o’zaro ta’sirlashadi. Masalan, kristallogidratlar hosil bo’ladi.
Na2CO3 + 10H2O=Na2CO3∙10H2O
CuSO4+5H2O=CuSO4∙5H2O
Barcha sistemadagi kabi, eritmalar hosil bo’lishida ham entalpiya o’zgaradi (∆H).Ko’pchilik moddalar suvda eriganda issiqlik ajralib chiqadi. Ya’ni jarayon ekzotermik (∆H<0). bunday moddalarga NaOH, KOH, H2SO4, HCl, HNO3, glitserin va shakar misol bo’ladi. Boshqa xil moddalar suvda eriganda issiqlik yutiladi. Ya’ni jarayon endotermik (∆H>0). Bunday moddalarga NaNO3, KNO3, NH4NO3, KSCN va CuSO4 misol bo’ladi. Shuningdek ba’zi moddalar erishida hech qanday issiqlik hodisasi kuzatilmaydi. Masalan, J2 ning CCl4 da erishida.
Ta’rif:Moddaning biror erituvchida eriy olish qobiliyatiga eruvchanlik deyiladi.
Eruvchanlik quyidagilarga bog’liq.
1. Modda tabiatiga
2. Temperaturaga
3. Bosimga
1. Qutbli moddalar qutbli erituvchilarda (masalan, suvda) yaxshi eriydi. Qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchilarda (organik moddalar, CCl4, xloroform, benzol, geksan) yaxshi eriydi. Masalan: tuzlar kislotalar va asoslar suvda yaxshi eriydi.J2 xloroformda, yog’ benzolda yaxshi eriydi.
2. Temperatura ortishi bilan qattiq va suyuq moddalarning eruvchanligi temperatura ortishi bilan ortadi. Gazlarniki kamayadi.
3. Gazlarning suyuqliklarda erishi ekzotermik jarayon hisoblanib, bosim ortishi bilan ularning eruvchanligi ortadi. (Genri qonuni 1802 yil).
Moddalarning eruvchanligi miqdoriy ifodalash uchun eruvchanlik koeffitsiyentidan foydalaniladi.
Ta’rif:Ayni temperaturada 100g erituvchida erigan moddaning grammlar soniga eruvchanlik koeffitsiyenti deyiladi va S harfi bilan belgilanadi.
Ko’pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatiladi va eruvchanlik koeffitsiyentiga ko’ra moddalar 3 ga bo’linadi .
Yaxshi eriydigan S>10g
Oz eriydigan S=0,001-10g
Erimaydigan S<0,001g
Shuningdek eritmalar erigan moddaning eruvchanlik koeffitsiyentiga nisbatan 3 ga bo’linadi.
1. To’yinmagan
2. To’yingan
3. O’ta to’yingan eritmalar
1. To’yinmagan ereitmada ma’lum miqdor erituvchida eruvchanlik koeffitsiyentidan kam miqdorda modda erigan bo’ladi.
2. To’yingan eritmalarda ayni temperaturada ma’lum miqdordagi erituvchida eruvchanlik koefetsintiga teng modda erigan bo’ladi.
3. O’ta to’yingan eritmada ayni temperaturada eruvchanlik koeffetsintidan ko’p modda bo’ladi. Bunday eritmada o’z cho’kmasi bilan dinamik muvozanatda bo’ladi. O’ta to’yingan eritmadan qayta kristallashda foydalaniladi. Buning uchun o’ta to’yingan eritma sovutiladi va kristallar hosil bo’ladi.
Masalan: SNaCl=30g (t=20◦C) (100g suvga nisbatan)
|
m<30g
|
to’yinmagan
|
|
m=30g
|
to’yingan
|
|
m>30g
|
o’ta to’yingan
|
Lekin eritmalarning to’yinuvchanligi temperaturaga bog’liq. Ayni temperaturada to’yingan eritma temperatura ortirilganda to’yinmagan eritmaga aylanishi mumkin.
30g>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |