I bob. Asosiy kimyoviy tushuncha va qonunlar


Mavzu: Kristall panjara turlari



Download 1,41 Mb.
bet21/47
Sana23.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#402415
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
-arakssnddmfnfemcom

Mavzu: Kristall panjara turlari.

Moddalar 3 xil agregat holda bo’ladi: gaz, suyuq va qattiq moddalar.

Ko’pchilik anorganik moddalar qattiq holda bo’ladi. Qattiq moddalar 2 xil: kristall va amorf holda bo’ladi. Amorf tuzilishli moddalarda qattiq moddani tashkil etuvchi zarrachalar (atom, molekula, ion) aniq bir tartib bilan joylashmaydi.

Masalan: shisha va ko’mir.

Kristall tuzilishli moddalarda zarrachalar fazoda aniq bir tartib bilan joylashgan bo’ladi. Agar bu zarrachalar o’zaro to’g’ri chiziqlar bilan tutashtirilsa, kristall panjara hosil bo’ladi. Katakdagi bu zarrachalar kristall panjara tugunlari deyiladi. Kristall panjara tugunlaridagi zarracha tabiatiga ko’ra kristall panjaralar 4 turga:


  1. Atom kristall panjarali moddalar (K.P)

  2. Molekulyar K.P moddalar

  3. Ion K.P moddalar

  4. Metall K.P moddalar

Atom kristall panjarali moddalar tugunlarida atomlar joylashgan bo’ladi. Ularga olmos, grafit, karbin, qizil va qora fosfor, SiO2, BN, SiC (karborund) va boshqalar kiradi.

Masalan, olmosda uglerod atomlari fazoda tetraedrik ko’rinishda joylashgan.

A tom kristall panjarali moddalarda atomlar o’zaro barqaror kovalent bog’lanish bilan bog’langan. Atom kristall panjarali moddalar yuqori suyuqlanish va qaynash temperaturasi, qattiqlikka ega. Ular elektr tokini o’tkazmaydi. Masalan, olmos 3500°C da suyuqlanadi va eng qattiq modda hisoblanadi.

Kristall panjara tugunlarida molekulalar bo’lsa, molekulyar kristall panjarali moddalar deyiladi. molekulalar o’zaro kuchsiz molekulalararo kuchlar va vodorod bog’lanish orqli bog’langan bo’ladi.

U larga muz, “quruq muz” (CO2), qattiq galogenovodorodlar, qattiq holdagi inert gazlar, H2, O2, N2, O3, P4(oq), S8 va barcha organik moddalar kiradi.

Molekulyar kristall panjarali moddalar past suyuqlanish va qaynash temperaturasiga, past mustahkamlikka ega. Ular elektr tokini o’tkazmaydi.



Ion kristall panjarali moddalar tugunlarida ionlar joylashgan bo’ladi. Ularga barcha ion bog’lanishli moddalar kiradi.

M asalan, NaCl kristall panjarasi tugunlarida Na+ va Cl- ionlari joylashgan bo’ladi. Bunda har bir Na+ ioni 6 tadan Cl- ioni bilan va aksincha har bir Cl- ioni 6 tadan Na+ ionlari bilan o’ralgan. Ya’ni har ikkala ionning koordinatsion 6 ga teng.

Ion kristall panjara moddalarga yuqori suyuqlanish va qaynash temperaturasi, yuqori qattiqlikka ega. Ular qattiq holda elektr va issiqlikni o’tkazmaydi. Suyuqlanganda ionlar harakati tufayli elektr tokini yaxshi o’tkazadi.

Ion kristall panjara moddalarning ko’pchiligi qutbli erituvchilarda, masalan, suvda yaxshi eriydi.



Metall kristall panjarali moddalar tugunlarida metall kationlari joylashgan bo’ladi. Ularga barcha 88 ta metall kiradi. Metall kristall panjarali moddalar yuqori mustahkamlikka ega. Asosiy guruh metallari uchun past, o’tish guruhi metallari uchun yuqori suyuqlanish va qaynash temperaturasi xos.

Metall kristall panjarali moddalar elektr va issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi, metall yaltiroqligi va bolg’alanuvchanlik (yuqori plastiklik) ga ega.




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish