16.“O’ninchi” Simon Stevin.
Yevropada o’nli kasrlarni o’rganish birinchilardan bo’lib injineer va olim Simon stevin tomonidan amalga oshirilgan(1548-1620).U 1585-yilda unchalik katta bo’lmagan “o’ninchi” nomli kitobini yozdi.
Bu kitob atiga 7 betdan iborat bo’lsada ,o’nli kasrlar haqidagi barcha nazariyalarni qamrab olgan.Stevinning o’nli kasrlr yozishi biznikiga qaraganda yaxshiroq edi.Masalan, u 35,912 sonini quyidagicha yozgan
yoki
0 1 2 3
35 9 1 2
Demak vergul o’rniga aylana ichida nol ishlatilgan,boshqa aylanalarda yoki raqamlar ostida o’ning razryadlari: 1-o’nlik, 2-yuzlik va hklardan foydalanilgan.
Stevin o’nli kasrlarning amaliyotdagi ahamiyatini talqin qildi.
17.O’nli kasrlarning tarqalishi.
Uning jamiyatdagi ahamiyati XVIII asrdan boshlab o’nli kasrlar fan va amaliyotga jadal kirib kela boshladi.Angliyada kasrdan butun qismini ajratuvchi belgi sifatida nuqtadan foydalanilgan. 1616-1617 yillarda mashxur ingliz maematigi Jon Neper tomonidan nuqta kabi ajratuvchi belgi sifatida verguldan foydalanish taklif qilingan. Buni nemis astronomi I.Kepler ham qo’llagan.
Sanoat va savdo-sotiqning , fan va texnikaning rivojlanishi qator hisob-kitoblarni yuzaga keltirdi.Bu hisob-kitoblarni bajarishda o’nli kasrlrdan foydalanish qulaylik tug’dirdi .Faqatgina XVIII asrga kelib oltmishlik kasrlar butunlay siqib chiqarildi.
Rossiyada Leont Magnitskiy birinchilardan bolib o’zining “Arifmetika”sida o’nli kasrlarni bayon qilib berdi.
Bizda qishloq xo’jaligida ,sanoat va fanda o’nli kasrlar oddiy kasrlarga nisbatan ko’proq qo’llaniladi.
18. O’tmishda va hozirgi vaqtda foizlar.
“Foiz” so’zi lotincha procentum so’zidan olingan bo’lib “yuzdan”-degan ma’noni anglatadi.Amaliyotda foizlardan foyda;anish juda ham qulay.Bu hisob-kitoblarni soddaroq bo’lishiga yordam beradi.Foizlar ayniqsa qadimgi Rimda keng tarqalagan.Rimliklar qarzdorlarning har bir yuz uchun to’lagan pulini foiz deb ataganlar.Foizlar Rimliklardan bosha Yevropa xalqlariga ham o’tgan.
Uzoq vaqtlargacha ,har bir 100 rublning foyda va zararini foiz deb tushunishgan. Ular faqat savdo va pullik kelishuvlarda ishlatilgan.Keyinchalik larning ishlatilishi kengaydi.Foizlar xo’jalikda ,moliyaviy hisb-kitoblarda,statistikada va fanda qo’llanila boshladi.
Bizning mamlakatimizda foizlardan ishlab chiqarishda rejalar tuzishda,qishloq xo’jaligidagi hiob-kitoblarda fydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |