2.2. Buxoro viloyatida aholi turmush darajasining tahlili.
Aholi turmushi yaxshilanishi, hayotining yanada farovonlashishiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri – aholi daromadlaridir. Mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar natijasi aholi daromadlarining real o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, so‘nggi 2010-2015 yillar ichida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlari miqdori 2.1 marta ortdi.
Bu ko‘rsatkich respublikaning turli hududlarida o‘ziga xos ravishda o‘zgargan. Aholi pul daromadlarining o‘sish sur’atlari respublikamizning barcha viloyatlarida ijobiy o‘zgarib, uning sur’ati aksariyat viloyatlarda 2 baravardan yuqori bo‘lgan.
Bundan tashqari, respublikamizning Buxoro viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqoriroq. Bu borada Buxoro o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu erda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan daromadlar miqdori respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan uch baravar yuqori bo‘lgan.
Statistik kuzatuvlarga ko‘ra, respublikamiz hududlarida, aholining daromadlari respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan turli darajaga ega.
Tahlil etilayotgan davr mobaynidagi natura ko‘rinishidagi daromadlarining aholi jami daromadlaridagi ulushi bu qadar kamayishiga asosiy sabablardan biri – respublikamizda pul kredit borasida amalga oshirilgan samarali siyosat natijasidir. Aholi qo‘lidagi bo‘sh pullarning bank omonatlariga keng jalb etilishi natijasida so‘nggi yillarda respublikamizda byudjet taqchilligi deyarli sezilmayapti, bu o‘z o‘rnida aholi pul daromadlari ulushi ortishi sabablaridan biridir.
Statistik kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, respublikamiz uy xo‘jaliklarida tarkibi shaxsiy daromadga ega bo‘lgan kishilarning ortib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu aholining bandligi ortib borayotganidan dalolat.
Statistik ma’lumotlarning 2000 yil natijalariga asosan, shaxsiy daromadiga ega bo‘lgan kishilari bor uy xo‘jaliklari respublikada 85.5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yil yakunlariga kelib ularining umumiy soni yanada ko‘paygan va 90.4 foizga etgan. Bunday hol respublikamizda mustaqil ravishda faoliyat yuritayotgan va shaxsiy daromadiga ega bo‘lgan kishilarning ortib borayotganini ko’rsatadi.
Bundan tashqari, mazkur ko’rsatkich uy xo‘jaliklarida mustaqil faoliyat yuritib, shaxsiy daromadga ega bo‘layotgan shaxslarning ulushi ham ortayotgani bildiradi. Unga ko‘ra, yuqorida ta’kidlangan 90.4 foiz uy xo‘jaliklari tarkibidagi quyida keltirilgan ko‘rsatkichlar katta yoshdagi aholining to‘la band bo‘layotganini va shaxsiy daromad olayotganini tasdiqlaydi. Ya’ni, 2010 yilda tarkibida katta yoshli a’zolarining to‘rtdan biri shaxsiy daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni 3.5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib ularning soni 2.8 foizga kamaygani, va mos ravishda katta yoshli a’zolarining to‘rtdan ikki va uch qismi band bo‘lib, o‘zining shaxsiy daromadiga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni birmuncha ortib ularning soni mos ravishda 16,4 va 38,3 foizga ko‘payganini kuzatish mumkin.
Bunday natijalarga erishishda respublikamizda aholi daromadlarini oshirishga, bandligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sabab bo‘lmoqda.
Har bir davlat aholisi farovonligi oshib borishi, ularning moddiy ehtiyojlari to‘la – to‘kis qondirilishi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ifodalanadi:
- oziq – ovqat mahsuloti iste’moli(jon boshiga, muhim turlari bo‘yicha) tarkibi va dinamikasi;
- oziq – ovqatdan boshqa mahsulotlar iste’moli.
Aholining oziq - ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va uning sifatini yaxshilash aholi turmush darajasi o‘sishini ko‘rsatadi. Oziq – ovqat mahsulotlarini chakana tovar oborotidagi oziq - ovqat iste’moli shuni ko‘rsatadiki, turmush darajasi oshgan sari non va kartoshka mahsulotlarini iste’mol qilish bir tekisda kamayib, ular o‘rnini asta-sekin go‘sht, sut, qand, sabzavot va meva kabi oqsil, yog‘, vitamin va boshqa moddalarga boy yuqori kaloriyali mahsulotlar egallab boradi.
Buxoro viloyati aholisining turmush darajasini o’rganishda bir qator staqtistik ma’lumotlar tahlil qilindi. Bu ma’lumotlarni quyidagi jadvallarda birma-bir ko’rish mumkin.
Viloyat aholisi 1 yanvar 2017 yil holatida 1 mln 843 ming 400 kishini tashkil qiladi. Mehnat resurslari 1 mln 65 ming 400 kishini tashkil qiladi.
2-jadval
Viloyatda ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘lchov birligi
|
2015 yil
yanvar-dekabr
|
2016 yil
yanvar-dekabr
|
O‘sish (kamayish) sur’ati, (%)
|
Aholi soni (doimiy)
|
ming kishi
|
1815,2
|
1843,4
|
101,6
|
Mehnat resurslari
|
ming kishi
|
1055,8
|
1065,4
|
100,9
|
Ishsizlik maqomini olganlar
|
kishi
|
168
|
199
|
118,5
|
Ish o‘rinlarni tashkil qilinishi
|
urin
|
74022
|
73850
|
99,8
|
O‘rtacha ish xaqi
|
ming so‘m
|
1591,7
|
1821,4
|
114,4
|
Jami pensionerlar
|
ming kishi
|
185,3
|
193,1
|
104,2
|
O‘rtacha pensiya miqdori
|
ming so‘m
|
401,8
|
476,4
|
118,6
|
Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqalar
|
mlrd.so‘m
|
44,4
|
39,7
|
89,4
|
14 yoshgacha bola parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqalar
|
mlrd.so‘m
|
15,9
|
11,8
|
73,9
|
Kam ta’minlangan oilalarga berilgan moddiy yordam
|
mlrd.so‘m
|
4,7
|
3,5
|
73,6
|
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi
|
ming so‘m
|
2489,5
|
3059,0
|
112,9
|
Aholi jon boshiga pullik xizmat hajmi
|
ming so‘m
|
850,1
|
1021,5
|
108,9
|
Aholi jon boshiga maishiy xizmat hajmi
|
ming so‘m
|
77,2
|
97,3
|
114,9
|
Manba: Buxoro viloyati Statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari
O’rtacha ish haqi, va boshqa daromadlar o’tgan yilga nisbatan o’rtacha 14 foizga oshgan bo’lsada transfert to’lovlari kamaygan. Aholi jon boshiga savdo, pullik xizmatlar, maishiy xizmatlar hajmi oshga.
Aholi turmush darajasida sog’liqni saqlash tizimi ko’rsatkichlaridan eng asosiysi tug’lishlar soni va onalar salomatligidir.
3-jadval.
Tug‘ilgan chaqaloqlar, abortlar soni va onalar o‘limi
2015/2016 yillar dekabr oyi va 12 oylik ma’lumoti
|
SHahar va tumanlar
|
Tirik tug‘ilganlar soni
|
Onalar o‘limi
|
2015 y.
|
2016 y.
|
2015 y.
|
2016 y.
|
oylik
|
yakuniy
|
oylik
|
yakuniy
|
jami kishi
|
jami kishi
|
Buxoro sh.
|
993
|
4625
|
922
|
4503
|
|
|
Olot
|
222
|
2091
|
151
|
1998
|
|
|
Buxoro t.
|
457
|
3152
|
514
|
3115
|
|
1
|
Vobkent
|
299
|
2916
|
295
|
2866
|
|
|
G‘ijduvon
|
971
|
6827
|
935
|
6704
|
1
|
1
|
Kogon t.
|
397
|
1724
|
401
|
1639
|
1
|
|
Kogon sh.
|
95
|
1006
|
74
|
924
|
|
1
|
Q-bozor
|
22
|
300
|
19
|
286
|
|
|
Qorako‘l
|
406
|
3515
|
399
|
3484
|
1
|
|
Romitan
|
363
|
2900
|
327
|
2843
|
|
|
Peshku
|
384
|
2730
|
354
|
2687
|
|
|
Jondor
|
437
|
3741
|
443
|
3701
|
|
|
SHofirkon
|
441
|
3498
|
369
|
3398
|
|
|
VILOYAT
|
5487
|
39025
|
5203
|
38148
|
3
|
3
|
Manba: Buxoro viloyati Statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari
Viloyatda tug’ilish soni o’rtacha 900 taga kamaygan bo’lsa, onalar o’limi miqdorida o’zgarish bo’lmagan. Bu ijobiy holat bo’lib hisoblanadi.
Buxoro viloyatidagi aholi va mehnat resurslarini tuman va shaharlar kesimida o’rgandik.
3-jadval
Buxoro viloyati aholisi va mehnat resurslari
SHahar va tumanlar
|
Aholi soni, (ming.kishi)
|
Mehnat resurslari, (ming.kishi)
|
yanvar-dekabr
|
O‘sish %
|
yanvar-dekabr
|
O‘sish %
|
2015 yil
|
2016 yil
|
2015 yil
|
2016 yil
|
Jami:
|
1815,2
|
1843,4
|
101,6
|
1055,8
|
1065,4
|
100,9
|
shaharlar:
|
|
|
|
|
|
|
Buxoro
|
274,7
|
276,1
|
100,5
|
160,6
|
162,3
|
101,1
|
Kogon
|
59,5
|
59,9
|
100,7
|
42,7
|
42,9
|
100,5
|
tumanlar:
|
|
|
|
|
|
|
Buxoro
|
153,2
|
156,2
|
101,9
|
86,9
|
87,7
|
100,9
|
Vobkent
|
130,4
|
132,5
|
101,6
|
75,0
|
75,4
|
100,5
|
Jondor
|
161,7
|
164,8
|
101,9
|
89,1
|
89,9
|
100,9
|
Kogon
|
71,0
|
72,5
|
102,1
|
45,0
|
45,3
|
100,7
|
Olot
|
92,8
|
94,4
|
101,8
|
53,6
|
54,1
|
100,9
|
Peshko‘
|
113,9
|
115,9
|
101,8
|
64,2
|
64,9
|
101,1
|
Romitan
|
131,5
|
133,8
|
101,8
|
79,9
|
80,6
|
100,9
|
SHofirkon
|
166,5
|
169,1
|
101,5
|
93,3
|
94,2
|
101,0
|
Qorako‘l
|
153,1
|
155,7
|
101,7
|
88,8
|
89,9
|
101,2
|
Q.Bozor
|
17,1
|
17,5
|
102,2
|
15,3
|
15,4
|
100,7
|
G‘ijduvon
|
289,8
|
295,0
|
101,8
|
161,4
|
162,8
|
100,9
|
Manba: Buxoro viloyati Statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari
Viloyat aholisi tarkibida G’ijduvon, Jondor, Buxoro tumanlari va Buxoro shahri aholisining ulushi yuqori. Mehnat resurslari tarkibida ham shu hududlar ustunligi saqlanib qolinmoqda.
Turmush darajasidagi yana bir ko’rsatkichaholining ish bilan bandligi va o’rtacha ish haqi ko’rsatkichlaridir.
4-jadval
Band bo’lganlar va o’rtacha ish haqi
SHahar va tumanlar
|
Iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi (ming.kishi)
|
O‘rtacha oylik ish haki, (ming.so‘m)
|
yanvar-dekabr
|
O‘sish %
|
yanvar-dekabr
|
O‘sish %
|
2015 yil
|
2016 yil
|
2015 yil
|
2016 yil
|
Jami:
|
824,2
|
825,3
|
100,1
|
1591,7
|
1821,4
|
114,4
|
shaharlar:
|
|
|
|
|
|
|
Buxoro
|
125,5
|
125,7
|
100,2
|
1755,0
|
2012,1
|
114,6
|
Kogon
|
33,1
|
33,1
|
100,0
|
1829,5
|
2183,8
|
119,4
|
tumanlar:
|
|
|
|
|
|
|
Buxoro
|
66,9
|
66,9
|
100,0
|
1139,0
|
1284,9
|
112,8
|
Vobkent
|
58,0
|
58,0
|
100,0
|
1184,8
|
1341,2
|
113,2
|
Jondor
|
70,7
|
70,8
|
100,1
|
1315,1
|
1498,3
|
113,9
|
Kogon
|
34,5
|
34,5
|
100,0
|
1301,1
|
1383,6
|
106,3
|
Olot
|
39,5
|
39,6
|
100,3
|
1473,0
|
1661,4
|
112,8
|
Peshko‘
|
50,2
|
50,3
|
100,2
|
1091,3
|
1277,4
|
117,1
|
Romitan
|
63,2
|
63,2
|
100,0
|
2066,1
|
2362,3
|
114,3
|
SHofirkon
|
69,5
|
69,6
|
100,1
|
1127,5
|
1301,4
|
115,4
|
Qorako‘l
|
74,8
|
74,9
|
100,1
|
1114,3
|
1320,1
|
118,5
|
Q.Bozor
|
14,4
|
14,4
|
100,0
|
2397,7
|
2501,2
|
104,3
|
G‘ijduvon
|
123,9
|
124,3
|
100,3
|
1142,1
|
1336,1
|
117,0
|
Manba: Buxoro viloyati Statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari
Viloyatda o’rtacha 825 ming kishi band bo’lib, ularning aksariyati G’ijduvon tumani va Buxoro shaharlarida faoliyat ko’rsatishgan.
Ishsizlik holati ham turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, ishsizlik mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ko’rsatib beradi. Biz tahlil qilayotgan ishsizlar viloyat mehnat muassasalarida ro’yxatga o’tgan ishsizlar bo’lib hisoblanadi.
5-jadval.
Viloyatdagi ishsizlik holati
SHahar va tumanlar
|
Ishsizlik maqomini olganlar, kishi
|
yanvar-dekabr
|
O‘sish, %
|
2015 yil
|
2016 yil
|
Jami:
|
168
|
199
|
118,5
|
shaharlar:
|
|
|
|
Buxoro
|
33
|
62
|
187,9
|
Kogon
|
8
|
18
|
225,0
|
tumanlar:
|
|
|
|
Buxoro
|
7
|
10
|
142,9
|
Vobkent
|
10
|
16
|
160,0
|
Jondor
|
19
|
8
|
42,1
|
Kogon
|
15
|
21
|
140,0
|
Olot
|
9
|
10
|
111,1
|
Peshko‘
|
13
|
10
|
76,9
|
Romitan
|
4
|
1
|
25,0
|
SHofirkon
|
3
|
3
|
100,0
|
Qorako‘l
|
5
|
9
|
180,0
|
Q.Bozor
|
15
|
7
|
46,7
|
G‘ijduvon
|
27
|
24
|
88,9
|
Manba: Buxoro viloyati Statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari
Viloyatda jami 199 kishi rasmiy ishsiz bo’lib hisoblanadi. O’tgan yili bu miqdor 166 kishi edi. Ishsizlarning aksariyati Buxoro, Kogon shaharlari, va G’ijduvon tumanlariga to’g’ri keladi.
III Bob. Aholi turmush darajasi va daromadlarini tartibga solish vositalarini takomillashtirish yo’nalishlari
3.1. Aholi turmush darajasini yaxshilash bo’yicha davlat dasturlarining qabul qilinishi va va ularning ijrosini ta’minlash.
Mamlakatimiz qishloqlarida namunali loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar keng ko‘lamda qurilayotgani va tegishli infratuzilma shakllantirilayotgani odamlar turmush sifati va darajasini yanada oshirishga e’tibor qaratilayotgani hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganidan yorqin dalolatdir. Bunday xayrli ishlar ko‘lami yildan-yilga kengayib bormoqda.
2013-yilda 353 qishloq massivida namunaviy loyihalar asosida 10 mingta yakka tartibdagi uy-joy qurish rejalashtirilgan. Buning uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi 2012-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 54 foizga ko‘pdir. Bundan tashqari, joriy yilda yosh oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida umumiy qiymati 36,7 milliard so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari beriladi.
Aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati bilan ta’minlashni yanada yaxshilash turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Davlat dasturida qishloq massivlarida qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylarda uzunligi 293,3 kilometr suv ta’minoti tarmoqlari, shuningdek, 462 qishloq aholi punktida 552,8 kilometr ana shunday tarmoqlarni barpo etish ko‘zda tutilgan. Andijon, Buxoro, Marg‘ilon, Samarqand, Farg‘ona va boshqa bir qator shaharlarda, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb etgan holda, suv ta’minoti va kanalizatsiyani yaxshilash bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi. Mintaqalararo suv o‘tkazgich inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish doirasida hududlar aholisini ishonchli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash ham eng muhim vazifalar sirasiga kiradi. 2013-yilda Talimarjon issiqlik elektr stansiyasidan “So‘g‘diyona” PSgacha 215,8 kilometr uzunlikda 500 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi quriladi. Namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar quriladigan qishloq massivlarida uzunligi 239,4 kilometr 0,4-10 kV yuqori kuchlanish liniyasi quriladi va 155 transformatorli kichik stansiyalar o‘rnatiladi. Mamlakatimiz hududlarida uzunligi 1775,6 kilometr 0,4-10 kV yuqori kuchlanish liniyasi va 434 transformatorli kichik stansiyalarni rekonstruksiya qilish, uzunligi 9312,3 kilometr shunday elektr uzatish liniyalarini hamda 4753 kichik stansiyani kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Davlat dasturida hududlar aholisini gaz bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. Bu borada 254 kilometr gaz taqsimlash tarmoqlari quriladi va "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi gaz taqsimlash tarmoqlarining 280 kilometri kapital ta’mirlanadi. Yakka tartibdagi 353 qishloq massivlariga uzunligi 393,65 kilometrli gaz quvurlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Aholining issiqlik bilan ta’minlanish darajasini oshirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. 2013-2020-yillarda mamlakatimizning 28 yirik shahrida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi tasdiqlangan hamda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan.
Joriy yilda 16 shahar hamda 67 tuman markazlarida kommunal drenaj tizimlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirladi, nasos uskunalari modernizatsiya qilinadi, yangi quduqlar ishga tushiriladi va ular tegishli ravishda jihozlanadi.
Odamlar turmush sifatini oshirish ko‘p jihatdan shahar va qishloqlarda zamonaviy yo‘llar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatini kengaytirish, yo‘l qoplamasi sifatini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan ham bog‘liq.
Davlat dasturiga muvofiq mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalaniladigan 137,3 kilometr avtomobil yo‘llari kapital ta’mirlanadi, 353 qishloq joydagi namunaviy uy-joy massivlariga olib boradigan 239,1 kilometr uzunlikdagi yangi avtoyo‘llar quriladi. Samarqand, Urganch, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida uzunligi 39,7 kilometr ko‘chalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan M-39 “Toshkent-Termiz” va 4R-87 "G‘uzor-Chim-Ko‘kdala" avtoyo‘li rekonstruksiya qilinadi.
Joriy yilda transport infratuzilmasi ham yanada rivojlantiriladi. Mamlakatimizning barcha hududlarida 48, shu jumladan, qishloq joylarda 42 yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilmoqda. Avtobus parki ham yangilanadi. 400 ta "Isuzu" va 100 ta "Mersedes" rusumli avtobuslar xarid qilinadi.
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun o‘nta avtovokzal va to‘rtta avtostansiya hududini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan. Jamoat transporti to‘xtaydigan bekatlarning qiyofasi zamonaviy talablarga mos bo‘lishi uchun ular kapital ta’mirlanadi. Toshkentda qo‘shimcha ravishda 50 ta maxsus jihozlangan yo‘nalishsiz taksilar to‘xtash joylarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, hududlarda avtomobillarga gaz to‘ldirgich 26 kompressor stansiyasining qurilishi transport xizmatini takomillashtirish, yoqilg‘i neft mahsulotlarini tejash va ekologik vaziyatni yanada yaxshilash imkonini beradi. Bu ishlar Davlat dasturida rejalashtirilgan hamda energiya va resurs tejaydigan texnologiyalarni jadal joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishning muhim qismidir.
Masalan, joriy yilda bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida “Navoiy” erkin iqtisodiy industrial zonasida fotoelektr panellar, 10 ming dona zamonaviy, samarali issiqlik va suv isitish qozonlarini ishlab chiqarish tashkil qilinadi. "Angren" maxsus industrial zonasida esa energiya tejaydigan yorug‘lik diodli lampalar ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonani tashkil etish rejalashtirilgan.
Yilning asosiy qismini quyoshli kunlar tashkil etadigan mamlakatimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanish katta istiqbolga ega. Davlat dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 17 qishloq vrachlik punkti va bitta tuman markaziy shifoxonasini shunday qurilmalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bugun mamlakatimizda barcha sohalarda eng ilg‘or, shu jumladan, axborot texnologiyalari qo‘llanilmoqda va bu ularning jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Misol uchun, raqamli televideniyega bosqichma-bosqich o‘tish, Xorazm, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ana shunday imkoniyatlarni yanada keng ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish mamlakatimizda odamlar turmush sifatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish hisobidan ularning daromadini ko‘paytirishga qaratilgan barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning muhim qismidir. Shu maqsadda mamlakatimiz hududlarida chakana savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Avvalo, qishloq joylarda bunday ob’ektlarni qurishga oid hududiy manzilli dasturlar ishlab chiqiladi. Qishloq massivlarida yakka tartibdagi uy-joylar qurishda bir paytning o‘zida “guzar” shaklidagi chakana savdo va savdo-maishiy komplekslar, shuningdek, bunday massiv va, umuman, qishloqlarda 966 chakana savdo shoxobchasi hamda 260 umumiy ovqatlanish korxonasini qurish rejalashtirilgan. Joylarda zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan qolipli non ishlab chiqarish sexlari ochiladi. Chekka va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida yashovchi aholi uchun ko‘chma avtodo‘konlar tashkil etiladi.
Oziq-ovqat tovarlari, jumladan, yod tanqisligi kasalliklarining oldini olishga yordam beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish kengayadi. Masalan, 2013-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi "Qo‘ng‘irot natriy sulfat" shu’ba korxonasida yodlangan osh tuzi va mamlakatimiz sanoati uchun zarur natriy sulfat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Shunday qilib, "Obod turmush yili" Davlat dasturida Prezidentimiz rahnamoligida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatning barcha muhim yo‘nalishlari qamrab olingan. Mazkur dasturning hayotga tatbiq etilishi mamlakatimizni jadal rivojlantirish asosini mustahkamlash, xalqimiz hayot sifati hamda darajasi, uning farovonligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
3.2. Aholi daromadlarini tartibga solishda soliq va majburiy to’lovlar ta’sirini oshirish.
Har bir mamlakat hukumati daromadlarga turlicha ta’sir ko‘rsatuvchi soliqlar tizimlaridan foydalanib, o‘z soliq siyosatini o‘tkazadi. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da soliq so‘ziga shunday ta’rif berilgan: «Soliq – ma’lum tartibda aholidan davlat foydasiga to‘lanadigan pul, mablag‘».
Majburiy badal sifatida soliqlar tegishli darajadagi byudjetga (yoki byudjetdan tashqari fondlarga) tushadi va ikki xil ko‘rinishga ega:
1) daromadlar va mulk soliqlari, fuqarolardan olinadigan daromad solig‘i, korxona, firmalar oladigan foydaga solinadigan soliq, mol-mulk va er solig‘i. Ular muayyan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi va bevosita yoki to‘g‘ri soliqlar deyiladi;
2) tovarlar va xizmatlarga solinadigan soliqlar: qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar (tovarlar va xizmatlar narxlariga bevosita qo‘shiladigan soliq) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar. Bu soliqlarni bilvosita yoki egri soliqlar deyiladi.
Soliqlarni tartibga solish funksiyasi quyidagilardan iborat:
- soliq solish tizimini o‘rnatish va o‘zgartirish;
- soliq stavkalarini belgilash, ularning differensiatsiyasi;
- soliq imtiyozlari berish – iqtisodiy siyosat vazifalariga muvofiq maqsadlarda foydalaniladigan foyda va sarmoyaning bir qismini soliqdan ozod qilish, aholining ayrim guruhlariga (nogironlar, pensionerlar, harbiy xizmatchilar) soliq imtiyozlari berish.
Aholi olish mumkin bo‘lgan daromadlarni shakllantirish nuqtai nazaridan soliqlar daromad solig‘i, mulk solig‘i va ish haqining bir qismini Pensiya fondiga ajratish (keyinchalik uni pensiya sifatida qaytarish) bilan bevosita ta’sir qilsa, firma ish haqi fondidan to‘lanadigan va boshqa soliqlar orqali bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Differensiatsiyasi aholining daromadlar guruhi bo‘yicha tabaqalanishi zichligiga uzviy bog‘liq.
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetlari daromadining 80-90 %i soliqlar hisobiga vujudga keladi. O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot- ning bundan keyingi rivoji ham ko‘p jihatdan soliq tushumlariga bog‘liq. SHu sababli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga amal qilib respublika soliq tizimini yangilab borish va uni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqlar makroiqtisodiy rolining keskin o‘sib boruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib, ular hissasining yalpi milliy mahsulot hajmidagi hissasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar qancha yuqori bo‘lsa, davlat shuncha qudratli bo‘ladi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimida soliqlar o‘rniga turli ajratmalar va to‘lovlar joriy etilgandiki, ular o‘sha davrning xo‘jalik yuritish usullariga mos tushar edi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi shakl va usullariga o‘tish bir tomondan korxonalar bilan davlat, boshqa tomondan aholi va davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va murakkab o‘zaro munosabatlarni yangicha shart-sharoitlariga moslashtirishni talab qilib qo‘ydi.
Soliqqa tortish ishlarini shunday olib borish kerakki, uning natijasida davlat va mahalliy byudjetlar etarli manbaga ega bo‘lishi va undan mamlakat milliy iqtisodiyotining hamma sohalarida foydalanish imkoniyati yaratilishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va xarajatlarni kamaytirishga erishilishi ta’minlanishi lozim.
Soliqqa tortish tizimini soliqlarning iqtisodiy mohiyati bilan bog‘lab o‘rganish va undan oqilona foydalanish respublika iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Soliqlar solish yo‘li bilan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning asosiy mohiyati shundaki, iqtisodiy jihatdan rivojlangan korxonalardan soliqlar ko‘proq olinib, boshqa korxonalarga engilliklar yaratib berilishi lozim.
Bulardan tashqari, soliqlar yordamida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tovar ishlab chiqarish va iste’molni ko‘paytirish yoki ba’zi hollarda ayrim tovarlarni ishlab chiqarishni kamaytirish mumkin, ya’ni soliqlar iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikada soliqqa tegishli qonunchilik bazasi yaratilgan bo‘lib, ularda mamlakat hududida amal qiluvchi soliq turlari va stavkalari, soliq sub’ektlari va ob’ektlari, soliqlarni to‘lashning tartib-qoidalari, soliq solish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan engilliklar, soliq qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda soliq to‘lash yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartib-qoidalari belgilangan bo‘lib, ular bilan iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:
- manbalaridan qat’i nazar, barcha olingan daromadlardan soliqlar to‘lashning majburiyligi;
- barcha hududiy-ma’muriy pog‘onalar uchun yagona bo‘lgan umumdavlat soliq siyosatini amalga oshirish;
- o‘z faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik muammoni hal etishga ko‘maklashayotgan samarali ishlovchi korxonalarga soliqlar bo‘yicha engilliklar berish, shuningdek xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakl va uslublarini takomillashtirish orqali soliq qonunlarining rag‘batlantiruvchi funksiyasini oshirish;
- deklaratsiyalar hamda tanlab o‘tkaziladigan tekshirish va taftishlarni amalga oshirish asosida barcha sub’ektlarning soliq majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat o‘rnatish, soliq qonunlariga rioya qilmaydiganlarga nisbatan ma’muriy yoki iqtisodiy choralar qo‘llash.
Soliq solishdagi muhim mezon soliq stavkasini maqsadga muvofiq belgilashdir. U soliq solish ob’ekti va sharoitlariga qarab o‘zgarib borishi kerak, aks holda ishlab chiqarishni talab darajasida o‘stirish yoki daromadni ko‘paytirib borishni rag‘batlantirishdan iborat funksiyasini bajarmay qo‘yadi, chunki agar soliq stavkasi g‘oyat yuqori bo‘lsa, davlat byudjetining daromad qismi oshib boradi. Lekin bu sharoitda soliq to‘lovchilar daromadlarini ko‘paytirishdan kamroq manfaatdor bo‘ladilar, chunki daromad oshgani sari uning katta qismi soliq tariqasida olib qo‘yiladi va unga qoladigan daromad kamayadi.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etib, iqtisodiy faollikni tartibga solib turuvchi vositalardan biriga aylanishi lozim. Bu masalada sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan «tezlashtirilgan amortizatsiya» deb ataladigan soliq mexanizmining ahamiyatini kuchaytirish kerak. Uning mazmuni shundan iboratki, soliq organlari korxonalarga amortizatsiya fondiga asosiy kapitalning haqiqiy emirilishidan ham ortiqroq summani ajratishga ruxsat beradi. SHu tariqa soliq solinadigan foyda hajmi kamayadi. Tezlashtirilgan amortizatsiya usuli korporativ sektorda kapital mablag‘larni rag‘batlantirish, ayniqsa, fan tarmoqlarini rivojlantirishda keng foydalaniladi.
Soliqlarning iqtisodiy jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solib turishdagi asosiy hamda eng muhim mexanizmlardan biri ekanligini e’tirof etish lozim. Soliqning har qanday turi korxonalar va aholi daromadlarining bir qismini davlat va mahalliy byudjetlariga undirib olish funksiyasini bajaradi. Vaholanki, bu mablag‘lar ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olish yoki boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ishlatilishi mumkin. SHunday ekan, soliq solish tizimini takomillashtirish milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
3.3. Davlatning pul-kredit siyosatini rivojlantirish yordamida aholi turmush darajasi va daromadlarini tartibga solish.
2015 yilda bank tizimida amalga oshirilgan tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi «2011 – 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi PQ-1438-sonli va 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2344-sonli Qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi dasturiy ma'ruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosiga qaratildi.
Ushbu vazifalarning bajarilishini ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirildi:
– tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andoza va me'yorlar, jumladan, bank nazorati bo'yicha Bazelь qo'mitasining yangi tavsiyalari (Bazelь III) asosida takomillashtirish;
– banklarning kapitallashuv darajasi va likvidligini yanada oshirish, depozit bazasini kengaytirish va diversifikatsiyalash, aktivlar, jumladan, kredit portfeli sifatini yanada yaxshilash orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;
– banklarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini yanada kuchaytirish, ularning investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirib borish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlarni yanada faollashtirish;
– ko'rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini ko'paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llagan holda masofadan turib bank xizmatlarini ko'rsatish ko'lamlarini yanada kengaytirish;
– mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan etakchi xalqaro reyting agentliklari yuqori reyting baholarining olinishi hamda muntazam ravishda yangilab borilishiga erishish;
– moliya-bank tizimi faoliyatining qonunchilik bazasini xalqaro andoza va tamoyillar asosida yanada takomillashtirish bo'yicha ishlar davom ettirildi.
2015 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlar natijasida yuqorida sanab o'tilgan barcha yo'nalishlarda ijobiy natijalarga erishildi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2011 – 2015 yillarda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturining yakunlovchi yilida mazkur dasturda belgilangan bank tizimi faoliyatining barcha yo'nalishlari bo'yicha o'sish sur'atlari prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishi ta'minlandi.
Bunda bank tizimi faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari xalqaro mezonlarga muvofiq «yuqori darajada»gi baholarga mos kelmoqda.
Jumladan, 2015 yil yakuni bo'yicha bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi qariyb 23,6 foizni, shuningdek, likvidlik darajasi 64,5 foizni tashkil etdi. Kapital etarlilik ko'rsatkichi umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa 2 marta ko'pdir.
2016 yil 1 yanvarь holatiga ko'ra, respublikada 26 ta tijorat banki faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, shundan 7 tasi xususiy va 5 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. Bugungi kunda respublika hududlarida tijorat banklarining 854 ta filiali faoliyat ko'rsatmoqda.
Bank muassasalarini aholi zich joylashgan manzillar hamda ishlab chiqarish hududlariga yaqinlashtirish maqsadida tijorat banklarining 4 295 ta mini-banki va maxsus kassalari tashkil etilgan bo'lib, shularning 2 221 tasi qishloq joylardagi aholi va fermer xo'jaliklariga sifatli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
Shuningdek, aholidan kommunal va boshqa to'lovlarni bevosita yashash joylariga borib qabul qilish maqsadida 505 ta ixtisoslashtirilgan ko'chma kassalar xizmati tashkil etilgan.
Bank-moliya xizmatlari bozori infratuzilmasini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish maqsadida Kredit axboroti milliy instituti, Garov reestri tizimi va «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi faoliyatlari takomillashtirib borilmoqda.
Hozirda tijorat banklarining barcha filiallari internet tarmog'i orqali «garov.uz» saytiga ulanib, garov munosabatlariga tegishli barcha ma'lumotlar «Garov reestri» davlat unitar korxonasi ma'lumotlar bazasiga kiritilishi ta'minlanmoqda.
Bank xizmatlari ko'lamini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda kengaytirish naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy va mijoz uchun qulay turlaridan biri bo'lgan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qo'llash doirasi kengayib, tadbirkorlar o'rtasida tobora ommalashib bormoqda.
2016 yil 1 yanvarь holatiga ko'ra, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 1 061 mingtani, shundan «Internet-banking» va «Bank-mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 81,5 mingtani, «Mobilь-banking» va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar 979,5 mingtani tashkil etib, ularning soni 2014 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko'paydi.
Bank plastik kartalari muomalasini kengaytirish va takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida so'nggi 5 yil davomida muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari soni 2 barobardan ziyodga oshdi va 2016 yil 1 yanvarь holatiga ularning umumiy soni 16,3 mln. donadan ortiqni tashkil etdi .
Chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasi ob'ektlarida o'rnatilgan to'lov terminallari soni 183 ming donadan oshdi.
Shuningdek, joylarda to'lovlarni uzluksiz qabul qilishni ta'minlash maqsadida o'rnatilgan infokiosk va bankomatlar soni 2 345 taga etdi.
2015 yil davomida plastik kartalar orqali amalga oshirilgan to'lovlar hajmi 31,3 trln. so'mni tashkil etib, 2014 yilga nisbatan 37,6 foizga oshdi .
Tijorat banklarining resurs bazasini oshirish 2015 yilda bank ustav kapitalini oshirish maqsadida aktsiyadorlik-tijorat banklari tomonidan jami 553,6 mlrd. so'mlik aktsiyalar investorlar o'rtasida joylashtirildi va ularning 319,6 mlrd. so'mlik qismi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keldi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan «O'zsanoatqurilishbank» tomonidan 157 mlrd. so'mlik, Xalq banki tomonidan 54 mlrd. so'mlik aktsiyalar chiqarilib, investorlar orasida joylashtirildi. Shuningdek, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav kapitali – 35 mlrd. so'mga, «Agrobank»niki – 50 mlrd. so'mga, «Mikrokreditbank»niki – 25 mlrd. so'mga va «Qishloq qurilish bank»niki – 25 mlrd. so'mga oshirildi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar natijasida bank tizimining umumiy kapitali so'nggi 5 yil davomida 2,4 martaga o'sdi.
2015 yilning o'zida ushbu ko'rsatkich 23,3 foizga oshib, 2016 yil 1 yanvarь holatiga 7,8 trln. so'mni tashkil etdi.
Aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning banklardagi depozitlari hajmining o'sishini rag'batlantirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar, jumladan, doimiy ravishda jozibador omonat turlarini taklif qilish, uzoq muddatli bank depozit sertifikatlarini va obligatsiyalarini muomalaga chiqarish hamda bu borada joriy etilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish o'zining ijobiy natijalarini bermoqda.
2016 yil 1 yanvarь holatiga ko'ra, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan va joylashtirilgan depozit va jamg'arma sertifikatlari 703,4 mlrd. so'mni hamda obligatsiyalar 247,8 mlrd. so'mni tashkil qildi.
Umuman olganda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jalb qilingan depozitlarning umumiy hajmi 2016 yilning 1 yanvarь holatiga ko'ra, 35,6 trln. so'mni tashkil etib, 2015 yil boshiga nisbatan 28,0 foizga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |