I bob. Aholi turmush darajasi va daromadlarini davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari


Mamlakatda aholi turmush darajasi o’zgarishining tahlili



Download 480,5 Kb.
bet15/31
Sana01.01.2022
Hajmi480,5 Kb.
#294937
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
Aholi turmush darajasi va daromadlarini davlat tomonidan tartibga solinishi.

2.1. Mamlakatda aholi turmush darajasi o’zgarishining tahlili.

Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.


Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.

Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlariga narxning o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish hisoblanadi.

Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholining kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir.

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.

Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.

Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.

Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.

O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosatida aholi turmush darajasini yaxshilash muhim o`rin tutadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash bozor iqtisodiyotiga o`tishning besh tamoyilidan biri sifatida belgilangan. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida moddiy jihatdan kam ta`minlangan aholi manfaatlarini ko`zlab, ularni davlat, korxona va tashkilotlar o`z himoyasiga oladi. Bu bozor munosabatlari tizimiga o`tish jarayonidagi eng muhim muammolardan biridir. Bozor munosabatlariga o`tishning dastlabki oqibatlari narx-navoning ko`tarilishi va ishsizlikning oshishidan iborat bo`ldi. Bundan birinchi navbatda aholining kambag`al va iqtisodiy jihatdan zaifroq tabaqalari ko`proq zarar ko`rdi. 90-yilga kelib O`zbekistonda jon boshiga eng past daromad to`g`ri keladigan kishilar soni umumiy aholining 45 foizini, ya`ni 9 milliondan ortiq kishini tashkil etgan edi.

Rasmiy statistik ma`lumotlarga ko`ra, 1989 yilda jon boshiga hisoblanganda respublikadagi oilalarning foizining pul daromadi rasman belgilangan eng kam ish haqidan ham oz edi. Bunday sharoitda kuchli ijtimoiy kafolatni vujudga keltirmay turib, o`tkazilgan islohot barbod bo`lishi muqarrar edi. Daromad siyosati haqida gap ketar ekan, avvalambor, totalitar tizim paytida shakllanib qolgan boqimandalikning har qanday ko`rinishlariga barham berish zarurligini ta`kidlab o`tish lozim. Ma`lumki, totalitar iqtisodiy tizimda daromadlar bir tekisda taqsimlanib, kishilarni iqtisodiy jihatdan baravarlashtirishga intilish etakchi o`rinda turardi, boy bo`lish ta`qiqlanardi, daromadlar ma`lum miqdor bilan cheklanardi. Bunday sharoitda xalqimiz "davlat va hukumat, korxona va xo`jalik bor ekan, ular hammasini o`ylaydi va bizni kulfatda qoldirmaydi", deb o`z imkoniyatlarini to`la-to`kis ishga solmasdan boqimandalik kayfiyatida yashab keldilar. Bozor munosabatlari sharoitida olingan daromadlarni taqsimlash tenglikni emas, balki tengsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa o`z navbatida tovar va xizmatlarni yaratishning o`sishi uchun kuchli rag`bat bo`lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning yuqori darajasi cheklanmagan bo`lib, ularni har bir insonning mehnat natijalari va sifatiga qarab taqsimlash tizimi hukmronlik qiladi.

Daromadning qobiliyat, bilim, malaka, mahorat va, umuman, salohiyatga qarab taqsimlanishidan kelib chiqqan tengsizlik tabiatan adolatli hisoblanadi. YAxshi ishlagan ishchi yoki xizmatchining ko`p daromad topishi tabiiy, chunki u hayotiy ne`matlarni ko`p va sifatli yaratgani uchun ularni ko`proq o`zlashtirishi kerak. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida davlat turli iste`mol mollari, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari narxlariga dotatsiyalar o`rnatadi, ya`ni ularni haqiqiy bahosidan kamroq narxlarda sotishni nazarda tutadi. Bunday dotatsiyalar aholining muayyan qatlamlarini emas, balki barcha fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida joriy etilib, davlat byudjetiga anchagina og`ir yuk hisoblanadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga respublika doimiy aholisining soni 32 121,1 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan


545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paydi. SHundan, 16 238,5 ming kishi – shahar joylarida (aholi umumiy sonining 50,6 foizi) va 15 882,6 ming kishi – qishloq joylarida (49,4 foizi) istiqomat qiladi.

2016 yilning yanvar–dekabrida tug‘ilganlar soni


726,8 mingtani tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (734,1 ming kishi) nisbatan 7,3 ming kishiga kamaydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda
22,8 promilleni tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (23,5 promilleni) nisbatan 0,7 promilega kamaygan.

2016 yilning yanvar–dekabrida o‘lganlar soni


154,5 mingtani tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (152,0 ming kishi) nisbatan 2,5 ming kishiga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsienti
4,8 promilleni tashkil qildi (2015 yil yanvar–dekabrda – 4,9 promille).

O‘lganlar umumiy sonidan 59,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan,


9,4 foizi – o‘sma kasalliklaridan, 6,7 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish
va jarohatlardan, 5,9 foizi – ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan,
4,9 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 1,9 foizi – infeksiya
va parazitlar bilan kasallanganligi sababli, 11,6 foizi boshqa kasaliklardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar–dekabrida bir yoshga to‘lmagan 7,7 mingta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsienti


10,5 promilleni tashkil qildi (2015 yilning yanvar–dekabrida–11,4 promille).

Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 56,7 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 22,4 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 9,8 foizi – tug‘ma anomaliyalardan, 3,1 foizi – infeksiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli, 1,9 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 0,6 foizi – ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 5,5 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Nikohlar va ajralishlar. 2016 yilning yanvar–dekabrida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 275,1 mingta nikohlar va 29,4 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 8,6 ta (2015 yilning shu davrida – 9,2 ta) nikoh va 0,9 ta (2015 yilning shu davrida – 0,9 ta) ajralishlar to‘g‘ri keladi.


Download 480,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish