I bob. Adabiyotlar sharhi


-jadval Etirifikasiyalangan smola olishning muqobil sharoitlari



Download 0,81 Mb.
bet4/6
Sana10.12.2019
Hajmi0,81 Mb.
#29206
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fenol formaldeg


4-jadval

Etirifikasiyalangan smola olishning muqobil sharoitlari


Smolalarning nomi



Sarflanadigan komponentlarning miqdori (mol)

Muqobil

sharoitlari



Fenol yoki amin

Aldegid

Erituvchi

(bo’tanol)



T0C

Vaqt (minut)

1.
2.


Fenol-formaldegid (bo’tanollangan)
Mochevina-furfurol (bo’tanollangan)


1
1

2,5
2,8

2

2



90*/95**
60/90


120*/85**

60/90

* - Monomerning polikondensatlanish vaqti va temperaturasi

** - Smolaning eterifikatsiyalash vaqti va temperaturasi.

Smola olishda yana bir muommolardan biri effektiv erituvchi tanlashdir. Bizga ma’lumki, ishlab chiqarishlarda ya’ni mebel laki yoki avtomobil emali ishlab chiqarishda asosan erituvchilarning kompozitsion aralashmasi ishlatiladi. Melamin-formaldegid smolasini asosini asosiy kompozitsion erituvchisi p-651 hisoblanadi. P-651 erituvchi aralashmasi qaytarilganda etil spirt 90% va butanol 10% ni tashkil etadi. PC-2 erituvchilar aralashmasi ksilol 30% va etil spirti 70% ni tashkil qiladi. Melamin-alkidli smolalarga ishlatiladigan erituvchilarning kompozitsion aralashmasi 201200-70%, ksilol 27% va skipidar 3% dan iborat bo’ladi. Mochevena –formaldegid smolalariga ishlatiladigan erituvchilar sistemasi Ar 120-220 va propil spirti yoki ksilol 1: 3 nisbatda ishlatiladi.

Aniq bo’gan kompozision erituvchilarning ham bir qancha kamchiliklari bor: xomashyo yetarli emas, erituvchilarning uchuvchanligi yuqori emas, rangi ochiq va hidi yomon bo’lganini ko’rish mumkin bo’ladi. Rangini to’qlashtirish maqsadida 4-10 mg yod solinadi. GK–LKM 120/220 nomi bilan yuritiladigan erituvchi komponenti 120–2200C da gazokondensatlash usuli yordamida olingan uglevodorod-spirtining nomi orqali tushuntiriladi.
2.2. Fenol formaldegid smolalarini sintezlash usullari va

fizik-kimyoviy xossalari
Fenol formaldegid smolalar fenol va formaldegidni kondensatlash natijasida hosil bo’ladi. Fenol, asosan, quyidagi usullar bilan olinadi:

a) sanoatda izopropilbenzolni kislorod bilan oksidlab olinadi:




Reaksiyada katalizator sifatida sulfat kislota ishlatiladi. Reaksiya natijasida fenol bilan bir qatorda aseton ham hosil bo’ladi.

b) xlorbenzolni 3000 va 15-20 Mpa bosimida po’lat trubalar orqali o’tkazish natijasida giprolizlab:



NaOH HOH

C6H5Cl ------→ C6H5ONa ------→ C6H5OH

v) benzolsulfokislota natriyli tuzining natriy gidroksid bilan aralashmasini suyuq-

languncha qizdirib:



NaOH

C6H5SO3Na ------→ C6H5OH + Na2SO3

g) fenol olinadigan asosiy manbalardan biri toshko’mir smolasidir. Past temperaturalarda parchalanadigan smolalar tarkibida 25 foizigacha fenol bo’ladi, ular o’yuvchi natriy yordamida smola ajratiladi. Yuqori temperaturada parchalanuvchi smolalardan ham anchagina fenol ajratib olish mumkin.

Fenol och binafsha rangli kristall, 430 da suyuqlanadi va 1830 da qaynaydi. Kondensatlash uchun olingan fenol va formaldegidning miqdoriy nisbatlariga hamda reaksiya sharoitiga qarab, fenolformaldegid smolalar ikki gruppaga bo’linadi:



1. Termoplastik smolalar. Bular uzoq vaqt saqlanganda ham, 2500 gacha qizdirilganda ham erish va suyuqlanish xususiyatini yo’qotmaydi. Bu gruppaga kiruvchi smolalar texnikada novolak smolalar yoki lakkain deb ham ataladi.

Novolak smolalarga formaldegid yoki geksametilentetramin aralashtirib qizdirilsa, suyuqlanmaydigan holda o’tadi.



2. Termoreaktiv smolalar. Bu gruppaga kiruvchi smolalar uzoq saqlansa, qizdirilsa yoki ularga kislota va ishqorlar ta’sir ettirilsa, ular suyuqlanmaydigan va erimaydigan bo’lib qoladi. Bunday smolalar texnikada rezol smolalar deb ham ataladi. Rezol smolalar o’z navbatida, yana uch turga bo’linadi. Birinchi bosqich (A bosqich) da olingan smolaning molekulyar massasi ancha kichik (200 dan 1300 gacha) bo’lib, aseton, spirt va ishqor eritmalarida yaxshi eriydi. Bu smolalar rezollar deyiladi. Ikkinchi bosqich (B bosqich) da olingan smolalar rezit tolalar yoki erinit, katalin deb ataladi. Ular rezollarni uzoq saqlash yoki ozgina isitish natijasida ham hosil bo’ladi. Rezetollar spirt va asetonda yaxshi bukadi, lekin oz eriydi. Ular 1000-1700 gacha qizdirilsa, chuziluvchan elastik holatga o’tadi. Ammo soviganidan so’ng mo’rtlanib, maydalanib ketadi. Rezetollar erimaydigan va suyuqlanmaydigan yuqori molekulyar smolalar bilan rezollar aralashmasidan iborat. Ularning tarkibida ozgina reaksiyaga kirishmay qolgan fenol va oksibenzol spirt bo’ladi.

Uchinchi bosqich (v-bosqich) da tiniq, qattiq, xech qanday suyuqlikda erimaydigan, mexanik xossalari jihatidan yaxshi, sanoat ahamiyatiga ega rezitlar hosil bo’ladi. Bu smolalar kislota va ishqor eritmalari, turli organik suyuqliklar va issiqlik ta’sirida yaxshi bardosh beradi.

Fenol molekulasida vodorod atomlarining uchtasi o’rni almashinish reaksiyaga kirisha oladi. Shuning uchun reaksiyaga olingan moddalarning nisbiy miqdoriga qarab turli birikmalar hosil bo’ladi.

Reaksiyaga 2 mol fenol va 1 mol formaldegid olinsa, oldin dioksidifenilmetanning quyidagi uchta izomeri hosil bo’ladi:



Agar reaksiya paytida formaldegid miqdori fenolga nisbatan ko’proq yoki teng bo’lsa, fenol spirtlar hosil bo’ladi.



Agar reaksiya paytida formaldegid miqdori fenolga nisbatan ko’proq yoki teng bo’lsa, quyidagi fenol spirtlar hosil bo’ladi:

Fenol formaldegid smolalar yuqorida kelltirilgan birikmalarni o’zaro poli-kondensatlash natijasida hosil bo’ladi.



Novolak smolalar. Polikondensatlashda formaldegidga nisbatan fenol mo’lroq olinsa, novolak smola hosil bo’ladi.reaksiya formaldegidning suvdagi eritmasida, kislotalar ishtirokida boradi. Smolalar tuzilishi jihatidan dioksidifenilga o’xshaydi. Novolak smola hosil bo’lish reaksiyasini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:

Smolaning molekulyar massasi 200 dan 1300 gacha bo’ladi.ularni eruvchanligi har xilligiga ko’ra fraksiyalarga ajratish mumkin. Novolak smola olishda, odatda, 7 qism fenolga 6 qism formaldegid aralashtiriladi. Smolaning molekulyar massasi va fraksion tarkibi fenol va formaldegidning miqdoriy nisbatiga bog’liq. Fenol bilan formaldegid 7:6 nisbatda olinsa, smolaning molekulyar massasi 500-700, 2:1 nisbatda olinsa 230-250 bo’ladi. Navolok smolalardan asosan turli elimlar tayyorlanadi.

Navolok smolalar spirt, dioksan, benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Ular 70-800C da suyuqlanadi. Agar novolak smolaga formaldegid qo’shib qizdirilsa, u rezol smolaga aylanadi.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish