206
eritma) bilan yaxshilab aralashtirilsa, bir necha daqiqadan so`ng aralashma
tarkibidagi glitserinning alohida faza bo`lib ajralib chiqishini kuzatish mumkin.
Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, spirtli eritmada glitserin qatlami ustida yog`ning
yog` kislotalari metil efirlari va birmuncha glitseridlar hosil bo`ladi.
Bu reaktsiya ham bosqichli bo`lib, uning
umumiy natijasini quyidagi
tenglamalar orqali tasvirlash mumkin:
Ko`rinib turibdiki, bu reaktsiya natijasida yog` kislotalari glitseridlaridan
metil efirlari hosil bo`ladi. Murakkab efirlardagi bunday
spirtlar almashinuvini
alkogoliz, yoki qo`llanilgan spirt nomiga mos qilib metanoliz yoxud etanoliz deb
atashadi. Umuman olganda alkogoliz yog`lar gidroliziga analogik jarayon bo`lib,
farqi faqat shundaki, bu erda suv o`rniga ta`sirlashuvchi agent bo`lib
spirt xizmat
qiladi.
Alkogoliz jarayoni katalizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi (kaliy
alkogolyati). Katalizatorsiz bu jarayon hatto 250
0
C da ham qiyin kechadi.
207
3.4.1.3. Sovunlanish
Glitseridlarga ishqorlar ta`sir ettirilganda yog` kislotalari sovunlari hosil
bo`lishi jarayoniga sovunlanish jarayoni deb ataladi. Sovunlanish jarayonining
umumiy natijasini quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:
OH
CH
CHOH
OH
CH
RCOOK
KOH
OCOR
CH
HOCOR
C
OCOR
H
C
2
2
2
|
2
|
3
3
Haqiqatda esa triglitseridlarning sovunlanish
jarayoni ancha murakkab va
bosqichli kechadi. Avvaliga ishqor ta`sirida yog`larda kam miqdorda uchraydigan
erkin yog` kislotalari suvda eruvchan sovun hosil qiladi. Hosil bo`lgan sovun
eritmasida glitseridlar juda mayda tomchilar sifatida tarqalib emul’siyalanadi. Shu
sababli endi glitseridlar va suv ta`sirlashuvi yuzasi oshadi.
Bu esa glitseridlar
gidrolizi tezligining oshishiga olib keladi. O`z navbatida glitseridlar gidrolizi
tezligini oshirishda gidroksil ionlarining katalitik ta`siri ham o`z rolini o`ynaydi.
Triglitseridlar gidrolizi yuqorida ko`rsatilganidek bosqichma-bosqich amalga
oshadi. Birinchi bosqichda hosil bo`ladigan diglitseridlar
glitseridlar massasida
qoladi, ajralib chiqqan erkin yog` kislotalari esa ishqor ta`sirida neytrallanib, suvda
eruvchan sovunlar hosil qiladi:
Yog`
kislotalarini
sovun
sifatida
glitserid
massasidan
chiharilishi
muvozanatning siljishiga olib keladi va gidroliz davom eta boshlaydi. Ikkinchi
bosqichda xuddi shunday tartibda diglitseridlardan monoglitseridlar,
uchinchi
bosqichda esa shu tartibda monoglitseridlardan glitserin va sovunlar hosil bo`ladi.
208
Di – va xususan monoglitseridlar ko`proq gidrofillik namoyon etishi
munosabati bilan triglitseridlarga nisbatan tezroq gidrolizlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: