74
Gigroskopik xossalari
. Moyli urug’larning atrofdan
namlikni yutishi va
namlikni chiqarishi – ya’ni gigroskopikligi katta amaliy ahamiyatga ega. Atrof-
muhit havosidagi suv bug’larining miqdoriga qarab urug’lar
namligi ortadi yoki
kamayadi.
Agar havodagi suv bug’ining partsial bosimi urug‘ yuzasi atrofidagidan katta
bo‘lsa - sorbsiya jarayoni, urug‘ yuzasi atrofida suv bug’ining
partsial bosimi
yuqori bo’lganda - desorbsiya jarayoni boradi. Havo namligini sorbsiyalash va
desorbsiyalash jarayonlari odatda dinamik muvozanatda bo‘lib,
vaqt birligida
sorbsiyalangan va desorbsiyalangan suv miqdori bir xildir.
Sorbsiyalanadigan va desorbsiyalanadigan suv miqdori urug’ atrofidagi
havodagi suv bug’ining partsial bosimi va haroratiga mos keladi.
Havoning
ma’lum parametridagi (nisbiy namlik va harorat) urug’ning namligi muvozanat
namligi deyiladi.
Havo namligi 100% bo’lganda urug’ning
maksimal muvozanat namligi
chegaaraviy deyiladi.
Havo namligi 100% dan oshsa urug‘lar havodan suv bug’ini sorbsiyalamay,
tomchi-suyuqlikni singdira boshlaydi. Bu namlik
gigroskopik namlik
deyiladi.
Urug’ to’qimalaridagi kolloidlarning suvni shimishi jarayonida
kimyoviy
birikma hosil bo'lishining energiyasiga mos keladigan issiqlik ajraladi.
Urug'larda bu kimyoviy bog'langan namlik, uni ajratilishi to'qimalarning
molekulyar tuzilishini buzadi.
Urug’ namligi oshganda suv molekulalari elektrostatik
kuchlar yordmida
ushlab turiladi. Bu adsorbtsion bog’langan namlik bo’lib, uni ajratilishi urug’
to’qimalarning buzilishiga olib keladi, ammo keyingi namlashda yana tiklanadi.
Shu bilan birga, gidrat qatlamining qalinligi oshgani sari, suvni tortish kuchi
tezda pasayadi va kolloid moddalarning bo'kish jarayoni sekinlashadi.
Ushbu suv kapillyar va osmotik bog'langan hisoblanadi. Uni to'qimalarning
molekulyar strukturasini buzmasdan urug'larni issiqlik bilan quritish jarayonida
ajratish mumkin.
75
Shunday qilib namlikni bog’lash energiyasi kichik bo’lganda erkin suv, katta
kuch bilan ushlab turilgan suv – bog’langan deyiladi. Bunday erkin suv -15...-20°C
da, bog’langan suv pastroq haroratda muzlaydi.
Urug’ tarkibida kimyoviy va adsorbtsion yo’l bilan
ushlab turilgan namlik
bog’langan suv deb yuritiladi. Mexanik birikkan (kapillyar va osmotik bog’langan)
namlik erkin suv deb ataladi.
Urug’ hujayralarining gidrofil qismida
namlik 15% dan ko’p to'planganda,
urug'larda erkin suv paydo bo'ladi va almashinuv reaktsiyalar tezligi keskin oshadi. Bu
namlik
Do'stlaringiz bilan baham: