Sut mahsulotlari. Sut mahsuloti ko‘pchilik aholining ovqatlanishida nisbatan kengroq tarqalgan. Inson o‘z evolyusiyasi davomida uni tug‘ilganidanoq ola boshlaydi va butun hayoti davomida iste’mol qilishga ko‘nikkan. Sutdan ko‘p miqdordagi mahsulotlar tayyorlanadi, u taomlarning keng assortimenti tayyorlanishida foydalaniladi.
Sutning turlari: Normallashtirilgan sut. Iste’mol qilinadigan sut ko‘pincha normallashtiriladi, ya’ni uning tarkibidagi yog‘ miqdori 3,2% ga keltiriladi. Normallashtirish sutga yog‘sizlantirilgan sut qo‘shish yo‘li bilan olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |