ovqatlanish ratsioni – energetik quvvatmandligi, sifatiy tarkibi, ozuqa moddalarning me’yorlashtirilganligi, so’riluvchanligi, turli xilda bo’lishi, to’yimli bo’lishi, sanitar-epidemiologik xavfsiz bo’lishi’
ovqatlanish tartibi – ovqatlanish vaqti va davrmiyligi, ovqatlanishlar soni hamda ular orasidagi interval, iste’mol qilinayotgan ovqatning xususiyatlaridan kelib chiqib kunlik ratsionni taqsimlash (energetik quvvatmandlik, tarkibi, miqdori, vazni)’
oziq-ovqat mahsulotlarni qabul qilish vaqti- ovqatlanish xonasining holati va bezatilganligi, ovqatlanish stolida idish hamda ovqatlanish anjomlarining joylashtirilishi, xonaning mikroiqlimi va boshqalar
Yuqoridagi talablar bilan bir qatorda organizmning maxsus jihatlarini ham hisobga olish zarur, xususan ko’krak suti bilan bolasini emizayotgan onalarning ko’krak bezlari kuniga 850-1200 ml sutni seretsiya qiladi va kuniga 1 g oqsil ishlab chiqarish uchun 15 g oqsilni sarflaydi. Shuni hisobga olgan holda onalar kunlik ratsionini 700-1000 kkalga oshirish talab etiladi.
Ona sutni sekretsiya qilish xususiyati kunlik ovqatlanish tartibi, jismoniy yuklama hamda ruhiy holatiga ko’p jihatdan bog’liq. Emizayotgan ona uchun maxsus parxez talab etilmaydi. Bolani emizayotgan onalar ovqatlanish ratsionini tuzishda ko’proq sut va sut mahsulotlaridan foydalanish zarur, xususan kefir, atsidofil, tvorog, go’sht, baliq hamda tuxum. Ovqat ratsionini tuzishda albatta, birinchi navbatda essentsial moddalarni, ya’ni organizm tomonidan sintezlanmaydigan yoki kam miqdorda sintezlanadigan moddalarni me’yorlashtirish lozim.
Inson ovqatlanish ratsionidagi asosiy almashtirib bo’lmaydigan tarkibiy qismlar quyidagilar hisoblanadi: 8-10 ta almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar, yarimto’yingan yog’ kislotalar, barcha vitaminlar hamda aksariyat mineral elementlar. Shular bilan bir qatorda biologik faol qo’shimchalar - fosfolipidlar, oqsil-letsitinli komplekslar, lipoproteidlar, glikoproteidlar, fosfoproteidlar ovqatlanish ratsionida bo’lishi talab etiladi.
Insonning har qanday rivojlanish davrlarida organizmning quvvat sarflashini aniqlash – organizmning sog’lom hayot faoliyatini ta’minlaydi. Organizmning quvvat sarfini aniqlash ko’p maqsadga yo’naltirilgan hamda juda katta ijtimoiy –gigienik ahamiyatga ega. Sababi buning natijasida kishilarning hayot davomiyligi hamda mehnat qobiliyatini pasayishiga olib keluvchi alimentar patologiyalar rivojlanishini oldi olinadi.
Odam mutanosib ya’ni ratsional ovqatlanib turishi kerak, bunda bir nechta talablar bor:
1. Ovqatlar miqdor jihatdan yetarli, organizm yo’qotgan quvvatini qoplashi kerak.
2. Ovqat sifat jihatdan yetarli organizm extiyojini qoplashi kerak, ya’ni ovqatda oqsillar, yog’lar, karbon suvlar, vitaminlar, mineral moddalar yetarli bo’lishi kerak.
3. Ovqatlanish tartibiga rioya qilish lozim, ovqatni kunning ma’lum bir qismida va vaqtida iste’mol qilish shart.
4. Ovqatlar xilma-xil bo’lishi kerak. Ovqat tayyorlashda sof va sifatli sabzavotlardan ko’proq ishlatilish zarur.
5. Ovqat ratsionimizda oqsillar, vitaminlar, mineral moddalar me’yorda bo’lishi kerak. Kunlik ovqat quvvatmandligini 14 %i oqsil, 30 %i yog’ va 56 %i uglevodlar hisobiga to’ldirilishi lozim.
6. Ovqat ratsioni tarkibida xayvon va o’simlik oqsillari va yog’lari nisbati mutanosib bo’lishi kerak.
1-jаdvаl
Ovqаtlаnish tаrtibigа ko’rа ovqаt quvvаtmаndlgini tаqsimlаnishi
Do'stlaringiz bilan baham: |