IIbob.Xitoy va o‘zbek tillari sodda gaplarida ikkinchi darajali gap bo‘laklari
2.1 Xitoy tili sodda gaplarida ikkinchi darajali gap bo‘laklar
To‘ldiruvchi (宾语binyu), aniqlovchi (定语dingyu), hol (状语zhuangyu) daraja to‘ldiruvchi(补语buyu)
Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari bosh bo‘laklarga tobe bo‘lib, ularni to‘ldirib, aniqlab, izohlab keladi33. Ikkinchi darajali bo’laklar uch hil: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol.Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan tobe holatda bog‘langan bo‘lak to‘ldiruvchi宾语binyudeyiladi. To‘ldiruvchi ot, son, olmosh, sifat, fe’l va hisob so‘z kompleksi orqali ifodalanadi. Masalan:
你们在讨论什么? Nimen zai tao lun shenme? “Sizlar nimani bahs qilyapsizlar”?
我们都学习英语Women dou xuexi yingyu. “Biz barchamiz ingliz tilini o’rganamiz”.
Xitoy tilida ham to’ldiruvchi o’zbek tilidagidek vositali va vositasiz bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchi kesimdan so’ng keladi. Masalan:
我教历史。Wo jiao li shi. “Men tarixdan dars beraman”.
他们说中文。Tamen shuo zhong wen. “Ular xitoy tilida gaplashadilar”.
Lekin xitoy tilida vositasiz to’ldiruvchining faqat kesimdan so’ng kelishi yagona hodisa deb bo’lmaydi. Agar ma’no buyum-narsadan ish-harakatga qaratilsa vositasiz to’ldiruvchi gapning bosh qismiga qo’yiladi, ya’ni egadan avval:饭我想吃,汤我不想吃。Fan wo xiang chi, tang wo bu xiang chi. Men guruch yegim kelyapti, sho’rvani esa ichgim kelmayapti.
Xitoy tilida shunday fe’llar guruhi borki, ular berish va mahrum qilish ma’nolarini anglatadi. Bunday fe’llarga biz 告诉gao su-xabar bermoq, aytmoq, 教jiao-o’qitmoq, 送song-sovg‘a qilmoq, 借jie-qarzga bermoq, 问wen-so’ramoq kabi fe’llarni misol qilamiz. Berish ma’nosidagi fe’llar ichida eng ko’p qo’llaniladigani 给gei-bermoq fe’lidir.Bu guruh fe’llari bir vaqtning o’zida ikki to’ldiruvchini boshqaradi-vositali va vositasiz. Bunday fe’llardan so’ng birinchi bo’lib vositali to’ldiruvchi keladi, keyin esa vositasiz to’ldiruvchi keladi.
今年国家给了我们一套三间屋子的新住宅。Jin nian guo jia gei le wo men yi tao san jian wuzi de xinzhuzhai. “Bu yil davlat bizga uch xonali kvartira berdi”.
我要告诉你一件事情。Wo yao gao su ni yi jian shi qing. “Men senga bir ish haqida aytishim kerak”.
Kesim vazifasida boshqa turdagi fe’llar bo’lsa bu turdagi fe’llar va vositali to’ldiruvchi o’rtasidagi aloqa predloglar orqali hosil bo’ladi. Bunday predloglar ichida eng ko’p qo’llaniladigani 给gei predlogi bo’lib, u jo’nalish kelishigiga mos keladi. Bu predlog bilan vositali to’ldiruvchi turli joyni egallashi mumkin. Ikki asosiy joyni ko’rib chiqamiz.34
Kesimdan avval. Masalan:
这个学期每个月我给母亲写两封信。Zhe ge xue qi mei ge yue wo gei muqin xie liang feng xin. “Bu semestrda har oy men onamga ikkitadan xat yozaman”.
我可以给你从图书馆借这本书。Wo keyi gei ni cong tushuguan jie zhe ben shu. “Men senga bu kitobni kutubxonadan olishim mumkin”.
Kesimdan keyin. Vositali to’ldiruvchining bunday o’rni berish ma’nosidagi kesimli gaplarda uchraydi. Vositasiz to’ldiruvchiga kelsak, u ba’zida gap ohirida (vositali to’ldiruvchidan keyin), ba’zida oldinga o’tadi. Masalan:
请顺便把这本书还给图书馆。Qing shun bian ba zhe ben shu huan gei tushuguan. “Iltimos yo’l-yo’lakay shu kitobni kutubxonaga tashlab o’t”.
Do'stlaringiz bilan baham: |