2- Amaliy mashg’ulot : Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot
Gapning tuzilish asosini ega va kesim munosabati tashkil etadi. Odatda, gap
ega va kesim birikuvidan yoki bosh bo’lakning bir o’zidan iborat bo’ladi. Bu
bo’lkalarsiz gap tushunchasini tasavvur etib bo’lmaydi.
Gapdagi bu ikki bosh
bo’laklardan tashqari bo’laklar ikkinchi darajali bo’laklardir. Ikkinchi darajali
bo’laklar doim bosh bo’laklar bilan sintaktik aloqaga kirishgan bo’ladi. Chunki,
ikkinchi darajali bo’laklarning vazifasi bosh bo’laklarni
aniqlash, ulardan
anglashilgan fikrni to’ldirib kelishdir. Ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklar
bilan zich bog’langan bo’lib,gapning strukturasiga
shular orqali kiradi, bu
bo’laklarning har biri ega yoki kesimning mazmunini to’latish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo’laklar to’ldiruvchi, aniqlovchi va holdir. Ikkinchi darajali
bo’laklar bosh bo’laklar bilan zich bog’langan bo’lib,gapning strukturasiga shular
orqali kiradi, bu bo’laklarning har biri ega yoki kesimning mazmunini to’latish
uchun xizmat qiladi. Ikkinchi darajali bo’laklar to’ldiruvchi, aniqlovchi va holdir.
Gap gap bo’laklari tuzilishiga ko’ra turli shakllarda bo’ladi.
Bir mustaqil
so’zdan iborat bo’ladi: Ertaga Toshkentga boraman; ikki va undan ortiq mustaqil
so’zning birikishidan tashkil topgan bo’ladi: Navoiy, bir qo’lini ko’ksiga qo’ygan
holda, xalq bilan salomlashib borardi.
Gap kesimining qo’shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini
aniqlashtiruvchi bo’lak –ega. Ega gapda hamma vaqt bosh kelishikda bo’ladi. U
kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladi.
Ega shu gapdagi fikr o’zi haqida borayotgan,
belgisi kesim tomonidan
aniqlanadigan predmetni ko’rsatadi. Egadan anglashiladigan predmet-hodisa
kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:
1. Kesimdan anglasjilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi:
Bajaruvchi
shaxs, jonli yoki jonsiz mavjudot bo’ladi. Nigora darsga o’z vaqtida yetib keldi.
“Neksiya” shuvullagancha o’tib ketdi.
2 Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs,
jonli mavjudot, jonsiz narsalarni
bildiradi: O’rtada kitoblar sochilib yotibdi.
3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi: Delfin –baliq. Kaptar –
parranda.
4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Bozorboy –saxiy.
5. Mavjudlik subyektini bildiradi: Mehmonlar bor.
6. Miqdor subyektini bildiradi: Bolalar to’rtta.
7. Qiyoslanuvchi subyektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.
8. Obyekt ma’nosini bildiradi: Uy quruvchilar tomonidan qurildi.
Ega keng ma’noda
predmet tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan
predikativ belgining kimga yoki nimaga qarashliligini ko‘rsatadi.
Ega bosh kelishikdagi
birliklar bilan ifodalanib,
kim? nima? qayer?
so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Ega, odatda, yakka so‘z: ot, olmosh, harakat nomi, otlashgan so‘z (sifat, son,
olmosh, sifatdosh,
ravishdosh, ravish, taqlid so‘z, undov so‘z, modal so‘z) bilan
ifodalanadi.