I. A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-rishyoiida. T., O’zbekiston, 1995, 197-bet


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 62 Kb.
bet3/7
Sana17.09.2021
Hajmi62 Kb.
#177155
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
I. A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-r

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar depar-tamenti, 1995- yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik respublika tadbir-korlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qo’shma korxonalar barpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga ko’maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf-xatarlardan sug’urtalash bo’yicha „o’zbekinvest Interneyshnl" qo’shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda.

Respublikamizdagi mavjud bo’lgan bir necha o’nlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida 1993-yilda O’zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi —„o’zmashsanoat",1996-yiIda „o’zqishloqxo’jalikmash-xolding", 1998-yilda „o’zneftgazmash" korporatsiyasi, „o’zbekto’qimachimash"birlashmasi tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida „o’zmashsanoat" uyushmasi tasarru-fidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta'mirlanib, yangi texnik usku-nalar bilan qayta qurildi. Toshkentdagi ekskavator, podyomnik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi „Andijonirmash" va Topoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda ekskavatorlar, ko’tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agre-gatlari, to’qimachilik dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlat-gichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy-ro’zg’or bu-yumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda.

14 ta qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonasini, 9 ta qo’shma korxona va 13 ta mintaqaviy texnik markazni birlashtirgan „o’zqishloqxo’jalikmash-xolding" kompaniyasi zamonaviy mashinalarni mustaqil ishlab chiqarishni o’zlashtirib oldi. Ularda paxta teruvchi mashinalar, paxta chigitini aniq ekadigan seyalka-lar, paxtani qop-qanorsiz tashiydigan ag’dargich tirkamalar, sug’orish mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu kompaniya tasarrufidagi „Toshkent traktor zavodi" aksiyadorlik jamiyati 2000-yilda 954 ta, 2001- yilda 1002 ta O’zbekiston sharoitiga mo-slashgan yangi traktorlar ishlab chiqardi. 1998- yilda u „Amerika mobil grupp" firmasi bilan hamkorlikda qo’shma korxona barpo etib, O’zbekiston — Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bo’lgan ikki turdagi minitraktorlar va ularga uskunalar komplekt-larini ishlab chiqarishni o’zlashtirdi. Bu ixcham traktorlar fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatida keng qo’llanilmoqda.

1994- yilda „UzIzmash" O’zbekiston—Isroil qo’shma korxo-nasi barpo etilib paxta terish mashinalarining gorizontal shpin-delli yangi avlodi yaratildi. Bu mashinalar tik shpindelli mashi-nalarga nisbatan paxta terishga qulay va samarador, tannarxi ar-zon bo’lib, jahon mashinasozligining eng yangi yutug’i bo’ldi. Qishloq xo’jalik mashinalarini „Keys" rusumidagi traktor va g’alla o’rish kombaynlari bilan to’ldirish maqsadida AQSH „Keys Nyu-Xolland" kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida „o’zKeysmash" va „o’zKeystraktor" qo’shma korxonalari barpo

etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. „o’zqishIoqxo’jalikmash-xolding" kompaniyasi 2001- yilda 48,2 mlrd. so’mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi.

Aviatsiya ishlab chiqarish davlat aksiyadorlik jamiyatiga bir-lashgan korxonalar ham rivojlanmoqda. Uning bosh korxonasi V.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida 4 ta rusumdagi yuk va yo’lovchi tashiydigan „11-114", „I1-114T", „I1-76MF", „I1-76TF" samolyotlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Yuk tashish bo’yicha dunyoda eng qulay deb e'tirof etilgan „11-76" rusumli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi.

Prezident Islom Karimov tashabbusi O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasining „DAEVVOo’ korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzoka-ralar olib borildi. 1992-yil 24- avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning „DAEVVOOMotors" korporatsiyasi va o’zbe-kis-tonning „Avtoqishxo’jmash" davlat konserni o’rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan „O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxonasini qurish to’g’risida shartnoma imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasi 1992- yil 5- noyabrda Asaka shahrida ,,0'zDAE-VVOOavto" korxonasi tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qildi. Uni ta'sischilari etib „DAEVVOOMotors" korparatsiyasi va „o’zavtosanoat" uyushmasi, har ikki tarafning qo’shma korx-onadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. 1993-yil mart oyida „O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxonasi ro’yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln AQSH dollari hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurilishiga ilg’or texnologiyalar, tajribali muhandislar, O’zbekistonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq O’zbekistonlik yoshlar Janubiy Kore-yaga borib „DAEVVOo’ kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini o’rganib qaytib keldilar.„O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxonasining birinchi navbati 1996-yil mart oyida ishga tushirildi. 1996-yil mart oyida „Damas", iyun oyida „Tiko", iyul oyida „Neksiya" rusumli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi.

1996-yil 19-iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bo’ldi, unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va ,,0'zDAE-VVOOavto" qo’shma korxonasi qurilishida faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi.


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish