I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar 

Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o`rniga, davlat ijtimoiy 

samaradorlik  bilan  xususiy  rag`batlantirishlarni  moslashtirishda  bozorga 

asoslangan  siyosatdan  foydalanishi  mumkin.  Masalan,  biz  avval  ko`rganimizdek, 

hukumat  salbiy  tashqi  ta’siri  bor  faoliyatni  soliqqa  tortish  va  ijobiy  tashqi  ta’siri 

bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o`zlashtirishi mumkin. Salbiy 

tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar 

deyiladi.  Ular, shuningdek, ulardan  foydalanish  tarafdori  bo`lgan  iqtisodchi  Artur 

Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq 

salbiy  tashqi  ta’sirli  faoliyat  tashqi  harajatlariga  teng  bo`ladi  va  ideal  tuzatuvchi 

subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng bo`ladi. 

Iqtisodchilar  odatda  ifloslanishni  bartaraf  qilish  yo`li  sifatida  tuzatuvchi 

soliqlarni  afzal  ko`rishadi,  chunki  ular  jamiyat  uchun  kam  harajatda  ifloslanishni 

kamaytirishi  mumkin.  Nima  uchunligini  ko`rish  uchun,  keling  bir  misolni  ko`rib 

chiqaylik. 

Faraz  qilaylik,  ikkita  korxona  –  qog`oz  ishlab  chiqaruvchi  va  po`lat  ishlab 

chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish 

darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko`rib chiqadi: 

 

Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 



300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin. 

 



Tuzatuvchi  soliq:  EPAhar  bir  zavod  chiqaradigan  chiqindining  har  bir 

tonnasi


 uchun so`m50,000 dan soliq undirishi mumkin. 

Tartibga  solish  ifloslanish  darajasini  belgilaydi,  soliq  esa  ifloslanishni 

kamaytirish  uchun  zavod  egalariga  qaratilgan  iqtisodiy  tayanch  bo`ladi.  Qaysi 

yechimni yaxshiroq deb, o`ylaysiz? 

Ko`pchilik  iqtisodchilar  soliqni  afzal  ko`radi.  Bu  afzallikni  tushuntirish 

uchun,  ular  birinchi  soliq  ifloslanish  umumiy  darajasini  kamaytirishda  tartibga 




 

387 


solish  kabi  samarali  ekanligiga  ishora  qilishadi.  EPA  tegishli  darajada  soliq  joriy 

etish  orqali  o`zi  istagan  ifloslanish  darajasiga  erishishi  mumkin.  Soliq  qancha 

yuqori  bo`lsa,  ifloslanishni  kamaytirish  shuncha  katta  bo`ladi.  Soliq  yetarlicha 

yuqori bo`lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar. 

Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo`lsa-

da,  soliq  bu  vazifani  yanada  samaraliroq  amalga  oshiradi.  Tartibga  solish  har  bir 

zavoddan  bir  xil  miqdorda  ifloslanishni  kamaytirishni  talab  qiladi.  Ammo  teng 

kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo`l emas. Qog`oz zavodi po`lat zavoddan 

ko`ra  ancha  past  harajat  bilan  ifloslanishni  kamaytirishi  mumkin.  Agar  shunday 

bo`lsa,  qog`oz  zavodi  soliq  to`lashning  oldini  olish  uchun  ifloslanishni  katta 

miqdorda  kamaytirishi  mumkin,  po`lat  zavodi  ifloslanishni  kamaytirishga  kam 

harakat qilib, soliqni to`lab qo`ya qoladi. 

Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo`yadi. Bozorlar tovarlarni eng 

yuqori  baholaydigan  xaridorlarga  sotgani  kabi,  tuzatuvchi  soliq  ham  ifloslanishni 

kamaytirishda  eng  yuqori  narxga  ko`nadigan  fabrikalar  ifloslantirish  stavkalarini 

ajratadi.  EPA  qaysi  ifloslanish  darajasini  tanlashidan  qat’iy  nazar,  u  soliq 

yordamida eng past umumiy harajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin. 

Iqtisodchilar  tuzatuvchi  soliqlar  atrof-muhit  uchun  ham  yaxshiroqdir  deb 

aytishadi.  Buyruq-va-nazorat  tartibga  solish  siyosati  ostida,  fabrikalar  uchun  ular 

300  tonna  chiqindidan  boshqa  yana  chiqindi  chiqarishni  kamaytirish  uchun  hech 

qanday  sabab  yo`q.  Aksincha,  soliq  fabrikalarni  toza  texnologiyalarni 

rivojlantirishga  undaydi,  chunki  toza  texnologiya  zavod  to`lashi  kerak  soliq 

miqdorini kamaytiradi. 

Tuzatuvchi  soliqlar  boshqa  soliqlardan  farq  qiladi.  8-bobda  muhokama 

qilinganidek,  aksariyat  soliqlar  rag`batlantirishni  buzadi  va  resurslar  taqsimotini 

ijtimoiy  maqbul  darajadan  uzoqlashtirib  yuboradi.  iqtisodiy  farovonlikdagi 

kamayishi,  ya’ni  iste'molchi  va  ishlab  chiqaruvchi  ortiqchaligida,  hukumat 

ko`taradigan  daromadlar  miqdoridan  oshib  ketadi,  natijada  yo`qotishlarga  sabab 

bo`ladi.  Aksincha,  tashqi  ta’sirlar  mavjud  paytda,  jamiyat  ham  zarar  ko`rgan 

boshqa      odamlar      farovonligi      haqida    ham    qayg`uradi.    Tuzatuvchi  soliqlar 




 

388 


tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni taqsimoti ijtimoiy maqbul 

darajaga  yaqinlashishini  ta’minlaydi.  Shunday  qilib,  tuzatuvchi  soliqlar  hukumat 

uchun  daromad  oshirish  bilan  bir  vaqtda,  ular  iqtisodiy  samaradorlikni  ham 

oshiradi. 




Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish