muvozanati samaralidir.
380
harajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko`rgan kishilar harajatini ham o`z
ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatini ko`rsatadi.
Ijtimoiy harajat chizig`i taklif chizig`idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab
chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi harajatlarni ham hisobga
oladi. Ushbu ikki chiziq o`rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish harajatini aks
ettiradi.
Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob
berish uchun biz yana bir marotaba ko`ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner)
nima qilishini ko`rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy
ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab
chiqarish harajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi
alyuminiy ishlab chiqarish harajati ifloslanish tashqi harajatlarini ham o`z ichiga
olishini tushunadi.
Reja tuzuvchi talab chizig`i bilan ijtimoiy harajat chizig`i kesishgan
darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy
vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab
chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i
balandligi bilan o`lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan
(ijtimoiy harajat chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) oshib ketadi. Reja
tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo`shimcha
alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib
yuboradi.
E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Q
bozor
ijtimoiy maqbul
miqdor – Q
maqbul
dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy
harajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida
chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx
beradi. Bu esa, ya’ni Q
bozor
da, talab chizig`i ijtimoiy harajat chizig`idan past
bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati
darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.
381
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir
yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar
soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini
yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini
aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri
chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar
alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.
Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o`zlashtirish deb nomlanadi, chunki
u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o`z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga
undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi
haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish harajatlarini ham hisobga oladi, chunki
soliq ularni tashqi harajatlarini ham to`lashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab
chiqaruvchilarga qo`yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy
iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat
Iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob
qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal
qilishini chuqurroq ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: