I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Zararsizlantirish jarayoni bosqichlari



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

Zararsizlantirish jarayoni bosqichlari.
Zararsizlantirish jarayoni ikki bosqichda bo‘ladi (5.15-rasm).
5.15-rasm. 
Zararsizlantirish jarayoni bosqichlari
Birinchisi radioaktiv ifloslik va ishlanadigan yuza o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘tish 
hisoblanadi (5.16-rasm b). Agarda radioaktivlik chuqurda bo‘lsa uni chiqarish va 
so‘ng ketkazish bajariladi (a). 
Zararsizlantirishning ikkinchi bosqichi ham ahamiyatlidir. U radioaktiv 
ifloslikni ishlanadigan yuzadan tashib ketish hisoblanadi. Agarda uni to‘liq 
bajarilmasa radioaktiv ifloslik qayta o‘tirishi mumkin, odam ikkilamchi ifloslanish 
bilan duch kelishi mumkin.
Bunga ko‘plab sabablar bo‘lishi mumkin. Eritmalar sifati va normasi, yuvish 
vositasi, e’tiborsizlik va boshqalar.


165 
Zararsizlantirishning ochiq va yopiq sikllari.
Zararsizlantirish jarayoni ochiq va yopiq siklli bo‘lishi mumkin. Ochiq 
zararsizlantirish jarayoni rasmda (5.16-rasm) ko‘rsatilgan. Tozalovchi (1) muhit 
(eritma) nasos (2) yordamida va qurilma (3) orqali tozalanuvchi yuzaga (4)
yuboriladi. Ishlanayotgan modda hududga tushadi, hududni ruxsat etiladigan miqdor 
darajasidan kam miqdorda radioaktiv ifloslanada. Yopiq siklda yuvilishdagi modda 
idishga tushadi, uning bir qismi (7) radioaktiv ifloslikdan tozalanib qayta ishlatiladi 
va bir zararlanish darajasi yuqori qismi yo‘qotish uchun maxsus joyga (qabristonga) 
tashib (8) ketiladi va yo‘qotiladi.
Albatta ikkinchi yopiq siklli tozalashga uni mablag‘ talabligiga qaramasdan 
ustunlik beriladi.
Tozalash ishlarini turli xil usullar bilan o‘tkazishning o‘ziga xosligi.
Zararsizlantirish koeffitsient ini oshirish maqsadida yo‘naltirilgan bosimli 
aralashma tarkibiga qum, metall qirindisi va shunga o‘xshash materiallar qo‘shiladi. 
Ifloslangan qatlamni yo‘qotish usuli uning qaerdaligi , qanday joylashganligi, qanday 
material bilan bog‘liqligiga qarab tanlanadi. Ifloslangan qatlamni yo‘qotish yuzadan 
va chuqurdan bo‘lishi mumkin.
Ifloslangan yuzani to‘sib qo‘yishda to‘sish materiali:
-birinchidan, radioaktiv ifloslikni belgilab uni tarqalishiga yo‘l qo‘ymasdan 
uning xavfini kamaytiradi;
-ikkinchidan, yutuvchi materiallar qatlamini ishlatish bilan odamlarni α-, β- 
nurlanish xavfini kamaytiradi.
Himoya qatlamni hosil qilish uchun joylarda sochiluvchan materiallar: qum, 
grunt, shag‘al va qurilish materiallari va mahsulotlari: beton, asfalt, temirbeton 
plitalar, metall listlar, polimerlar ishlatiladi.
Turli xil dastgohlar, transport vositalari, qurilish tuzilmalari kabilarda ximoya 
qatlamini xosil qilishda asosan lok va buyoq ko‘rinishidagi polimer materiallardan 
foydalaniladi.
Zararsizlantiruvchi eritmalarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:
-yuza faol va kompleks hosil qiluvchi moddalar asosida;
-oksidlovchilar asosida; 
-tarkibiga sorbentlar kiruvchi suspenziyalar asosida.
Yuvish xususiyatiga ega yuza faol moddalar sifatida, oddiy xo‘jalik sovuni, 
gardinol, sulfonol, OP-7, OP-10 preparatlar va boshqalar ishlatiladi. Kompleks hosil 


166 
qiluvchi moddalar sifatida fosfat - natriy, (odatda geksometofosfat-natriy), shavel, 
limon, vino kislotalari va tuzlari ishlatiladi.
Yuza faol va kompleks hosil qiluvchi moddalar kukun ko‘rinishida ishlab 
chiqariladi. Ularning SF (SF-2U, SF-3, SF-ZK) rusumlari mavjud.
Yuza faol (PAV) zararsizlantiruvchi moddalardan turli jihozlar va asboblar 
yuzalarini(kiyimdan boshqa) mexanik artish bilan yuvish orqali foydalaniladi.
G‘ovakli, g‘isht, shifer, ayrim tur beton va boshqa shunga o‘xshash materiallarni 
zararlantirishda radionuklidlar ularning ichiga botib ketmasligi maqsadida yuqorida 
ko‘rsatilgan usul(yuvish) tavsiya etilmaydi. SF (SF-2U, SF-3, SF-ZK) va PAV 
moddalardan zararsizlantirish uchun boshqa moddalardan foydalanish mumkin 
bo‘lmagan holatlarda, masalan samolyotlarni, vertalyotlarni, ayrim optik va elektron 
apparatlarni zararsizlantirish uchun ko‘pik holatida ishlatiladi.
Oksidlovchilar asosidagi zararsizlantiruvchi eritmalar kop tarkibli bo‘ladi. 
Ularning tarkibiga kislotalar (shevel, azot) ishqorlar (o‘yuvchi natriy) hamda PAV 
moddalari, SF moddalar ham ishlatiladi. Oksidlovchi sifatida kaliy parmanganat ham 
ishlatiladi.
Oksidlovchi zararsizlantiruvchi moddalar moylangan yuzalarni hamda
korroziyaga uchragan yuzalarni ishlashda ham foydalaniladi. Suspensiya asosidagi 
zararsizlantiruvchi moddalar kolloid-dispers, ko‘p komponentli tizim sifatida bo‘ladi, 
masalan:
-
sorbentlar sifatida: seolitlar bentonit glinasi, ular arkibida asosan 
montmorillonit;
-sulfatli kley-yopishqoqlik xususiyatini beradi. Ko‘rsatilgan suspenziyalar bino 
devorlarini zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Devorga sepilgandan so‘ng 
kleyga o‘xshab yopishadi va quriydi. Qurigan qatlamni ifloslangan radioaktiv 
moddalar bilan birga ketkaziladi, ko‘chirib tashlanadi.
Sorbentlar gaz va suv tarkibidan hamda turli ifloslangan obyekt yuzalardan 
radionuklidlarni 
chiqarib 
olishga 
ishlatiladi. 
Bundan 
tashqari 
ularni 
zararsizlantiruvchi eritmalarga, plenka hosil qiluvchi polimer kompozitsiyalarga 
qo‘shiladi. Tabiiy va sun’iy sorbentlar mavjud.
Metall yuzalarni (stanoklar, texnikalar, transport) zararsizlantirish uchun organik 
eritmalar (dixloretan, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi) qo‘llaniladi. Radioaktiv 
moddalarni vetosh, shetka va boshqa shunga o‘xshash vositalarni qo‘llab yuviladi.
Zararsizlantirish ishlari bajarilgandan so‘ng turli xil agregat holatidagi iflos 
chiqindilarni yo‘qotish tadbirlari o‘tkaziladi.


167 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish