Fundamental sotsiologiya boshqa elementlardan o`zinig hal qilayotgan muammolarining darajasi ko`lami, va ahamiyati bilan farq qiladi. Fundamental sotsiologiya mohiyatli muammolar, abstraktsiyaning (mavhumlik) oliy darajasi bilan shug‘ullanib, sotsial olamning taraqqiyoti va borligi uchun zarur bo`lgan umumiy qonun va qonuniyatlari izlash bilan faoliyat kursatadi. Fundamental sotsiologiya minglab maktablar va yo‘nalishlarga egadirki, ular sotsiologiya fanining asosini ijodiy izlash bilan banddir. Fanning asosini ijodiy ishlashning uchta asosiy aspektini ajratib kursatish mumkin. Birinchisi, ontologik, ya'ni sotsial voqelikni mohiyati masalalarini yanada aniqrok aytadigan bulsak sotsiologiya ob'ektini, uning faoliyat kursatish shakllarini taxlil qilib urganadi. Ma'lumki, sotsial dunyo murakkab ko‘p qatlamlik, dinamik va o‘zgaruvchanlik hususiyatiga egadir. Ontologiya borlik hakidagi ta'limot sifatida falsafada vujudga keladi va ushbu fanning bosh mavzusi hisoblanadi. Sotsiologiyada esa ontologiya masalalari ikkinchi jaxon urushidan keyin, yanada keng qulamda esa oxirgi o‘n yillikda kutarildi. Chunki bu vaqtda «pozitivistak» krizis degan jarayon keng kuloch yozgan edi. Bu krizis jarayonining asosiy mohiyati shundan iborat ediki, stsienistiklikka asoslangan sotsiologiya natijalaridan ranjish, ya'ni tradntsion ilmiy metodlar kutilgan ilmiy natijalar bermay qo‘ydi.
Nafaqat bilishniig shakl va metodlarini qayta kurib chiqish ehtiyoji paydo buldi va yana sotsiologiyaning ob'ektini mohiyati, bilishning darajalari va mezonlarini ham qayta ishlash zaruriyati tug‘ildi. Ontologik muammo masalalarini sotsiologiyadagi barcha nazariy yunalish vakillari o`zlaricha hal qilishga harakat qilganlar.
Ayniqsa, sotsiologik muammoga ekzistentsial va fenomenologik maktablar chuqur e'tibor bilai qaraydilar. Lekin realistik yunalish vakillari qdomadan ham bu muamoga kengroq e'tibor beradilar. Realizm—bu sotom fikrli ongologiyadir, deb ta'kidlaydi, ushbu yo‘nalish vakillaridan biri u. Autveyt. Sotsial reallik insonlarning mustahkam uzaro harakati yangilanayotgan strukturaning natijasi sifatida tushuniladigan sinflar, jarayonlar va interpretatsiyadir.
Realistik yunalish reallikni har hil darajasi, tabaqasini ajratib tahlil qildiki, bular shunday jabhalardir real, aktual va empiriklikdir. Bu intilishlar esa metodologik munosabat sifatida juda muhimdir. Reallikiing ushbu jabqdoari orasidagi o‘zaro borlig‘lik ularning sotsial voqelikni shakllantirishdagi urni va ahamiyatining tashkil etilishi ushbu yunalishning behiyos xizmatidir.
Fundamental sotsiologiya nafaqat nazariy asoslarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, binobarin bilishning umumsotsiologik fundamental printsnplarini ham keng ma'noda ishlab chiqadi. Sotsiologik bilishning mohiyati vazifalari, bilimlarning ob'ektivligi, u yoki bu printsish va yondoshishlarni qullash ham fundamental sotsiologiya muammolari majmuasiga taalluqlidir.
Har hil nazariyalar negizida «sistemalilik», «funktsional yondoshish», «sababiyat», «tushunuvchi» yunalish deb ataladigan fundamental printsiplar ishlab chiqildi. Sotsial reallik mohiyatining masalalarini yo‘q qilish bilan birgalikda, taraqqiyot qonunlari va insonning sotsial dunyodagi o‘rni muammolari echimini topish sababli ma'lum bir sotsiologik metodlar shakllanadi.
Sotsiologiyaning rivojlanishi davrida o‘rganilayotgan muammolar, tadqiqot yo‘nalishlari o‘zgardi, lekin asosiy, fundamental harakterga ega bo‘lgan fan uchun juda muhim ahamiyatga doir umumiy printsiplar: sotsiologiyaning ob'ekti va predmeti, sotsial reaklliqning moqiyati, uning rivojlanish kokunlari, sotsial olamdagi insonning ahamiyati va o‘rni, uning ongi va tafakkuri kabilar o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |