Nazariya-bu kategoriya, tushunchalar, holatlar va prinsiplarning kontseptual birligi bulib, u hodisalarni xossalari, munosabatlari va qonuniyatli aloqalarini ochib beradi. Nazariyalarda markaziy urinni tushunchalar egallaydi. Ularda fanning tajriba va yutuqlari tuplanadi va ular nazariyaning mazmunini belgilaydi. Nazariyani yaratish vositasi bu mavxumlashtirishlikdir. Chunki u konkret xolatlar va xodisalarni tashkil qilishda chegaralardan sakrab utishga yo‘l beradi.
Sotsiologiyada nazariyani turli darajasini ajratib kursatish mumkin: umumsotsiologik nazariyalar jamiyatni yaxlit qamrab oladigan muammolarni hal qiladi. Masalan, jamiyatni rivojlanish davrlari va strukturasi, uni faoliyat qonunlari va boshqalar.
Maxsus nazariyalar sotsiologiyaning ob'ektini muhim tomonlarini o‘rganadi. sotsial struktura nazariyasi, o‘zaro ta'sir nazariyasi, institutlar nazariyasi va hokozolar maxsus soxalar sifatida shakllandilar. Maxsus nazariya yoki o‘rta daraja nazariyasi tushunchasini fanga R. Merton joriy etgan.
O‘rta daraja nazariyasi sotsial tizimlarning ummiy nazariyasini sotsial hatti-xarakatning tashkil etilishning umumiyligiga mahsus kuzatilayotgan turlari bilan bog‘lashi kerak. Bu nazariyalar mavhum tushunchalardan foydalanadilar, lekin ular kupincha faktlar bilan bog‘liqdirlar va bitirish tadqiqotlar asosida shakllanadilar. Shuningdek, xususiy nazariyalarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin va ular sotsial jarayonlar quyidagi empirik ma'lumotlar bilan ko‘prok bog‘langanlar. Bunday nazariyalar deb ko‘yidagilarni aytamiz: hramli fe'l-atvor, referent guruhlar nazariyasi, kichik guruhlar nazariyasi va boshqalar.
Bu nazariyalar inson fe'l-atvorining mustahkam mexanizmlarini har xil sharoit va holatlarda ko‘rinishni aniqlashga harakat qiladilar. Nafaqat axloqli nazariyalar balki faoliyatning turli hil turlari nazariyalari: mehnat munosabatlari, qadriyatli moslashni shakllantirish, tashkil qilish va boshqarish.
Empirik tadqiqotlar sotsiologiyaning muhim komponenti hisoblanadi. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq o‘tkazilgan edi, lekin faqatgina XX asrning birinchi choragidan AQShda ommaviy ravishda o‘rin oladi.
Empirik tadqiqotlar tajribali bilishni anglatadi. Ular sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar, muammolarni bevosita o‘rganishni o‘zining asosiy maqsadi deb hisoblaydilar.
Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob'ekti—bu ijtimoiy hayotning mikrojarayonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlaridir. Empirik tadqiqotlarlarni sotsiologik fanning muhim bir bulagi sifatida empirizm kontseptsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm kontseptsiya sifatida nazariy sotsiologik bilimlarni tuliq inkor etadi. Empirizm xissiy idrokni bevositaligini fanning asosi deb hisoblaydi.
Empirik tadqiqotlarning vazifasi sezgilar maydoniga bilimlarni olib chiqishi emas, aksincha bu bilimlarni rivojlantirish, empirik faktlar yig‘ish, real jarayonlarni tadqiqot qilishligi bilan muammolarni kundalang ko‘yish va hal qilishlikdir. Empirik tadqiqotlar huddi boshqa fanlar ynlaetgan kabi bilimning ma'lum bir vositasi, davri va darajasidir. Empirik sotsiologiyaning ob'ekta mikrojarayonlar bulsa, predmet sifatida takomillanishning turli muammolari munosabatlar uyg‘unlashuvi, faoliyatning sermaq.sulligi, shahsning sotsial xususiyatlari turli xil institut va tashkilotlar namoyon bulishlari mumkin. Empirik sotsiologiyaning ob'eqti va predmetining hususiyati mahsus metodologiya va metodni ishlab chiqishni talab qiladi. Buni anglash esa birdan yuz bermadi. Dastlab empirik metodni ishlab chiqish aniqrogi sotsial jabhalar uchun tabiiy fanlarning metodlarini qayta ishlab chiqish g‘oyasi etarlidir degan fikrlar vujudga keldi va bu qayta ishlangan uslublar bilan empirik tadqiqotlarni muvaffaqiyatli utkazish mumkin degan hulosa paydo buldi. Ammo tez orada ma'lum buldiki, empirik tadqiqotlarni utkazish chog‘ida kuplab metodologik harakterga ega bulgan muammolar: sotsial faktning mohiyati, nazariy bilimning empirik ma'lumotlar bilan uzapo munosabatlari, surov, kuzatish va utkazilayotgan ma'lumotlarni tashkil qilish jarayonida sub'ektiv omilning roli kabilar paydo buldi. Sotsiologiyada bilimning sub'ektiv aslekti masalasi metodologik muammolarnnng eng markaziylaridan hisoblanadn. Empirik sotsiologiyaning tadqiqotida empirik metodlar: surov, kuzatish, hujjatlarni o‘rgannsh va eksperiment usullarn shakllanib joriy etildi. Bu metodlarning har birini hususiyati jarayonning tomonlarini huddi shu metod bilan taxlil qilishlik bilan belgilanadi. Masalan, eng ommabop metod — surov metodi asosan insonlarning sub'ektiv dunssiin: qarashlari, munosabat bildirishlar, juda tez rivojlanishlik va uzgaruvchanliklarga yunaltirilgandir. Bundan tashqari, sotsiolog tomonidan olingan ma'lumotlarga uning munosabat bildirishi, nntershretatsnl (tahlil qilishlik), tushunishi bilan tus beriladi. Shu tufayli esa empirik tadqiqotlar metodologiyasi shunday printsip va yunalishlar ishlab chiqilishi kerakki, u orqali empirik ma'lumotlarining ob'ektivligi va haqqoniyligi ta'minlansin, sotsiolog va respondent o‘zaro harakatlarining murakkab aspektlari tuliq majmuasini nazarda tutadigan tadqiqot vositalari, mantiliy masalalari va davri muammolarni hal qilsin.
Shunday qilib, empirik sotsiologiya bu bilimning yirik bir sohasidir-u uzining tarkibida empirik metodlar bilan bir qatorda metodologiya, ma'lumotlar tamini va empirik ma'lumotlarni qayta ishlash sistemasini uzida mujassamlashtiradi. Shu sababli empirik tadqiqotlar odatda har hil mutahassislikning tadqiqotchilari: psixologlar, metodologlar, matematiklar jamoasining Uzaro hamkorligi ostida utkaziladi.
Empirik tadqiqotlar asosan statistik ma'lumotlarga tayangan holda utkaziladi. Rivojlangan mamlakatlarda informatsion ta'minot empirik tadqiqrtning muhim manbasi hisoblanadi.
Empirik tadqiqotlarning rivojlanishi uchun asosiy muammo — bu tehnik vositalar ta'minoti bilan bogliqdir, chunki tadqiqotlar natijalari hamda qayta ishlanishi zarur. Shuningdek, surov va kuzatish uchun ham ma'lum tehnik vositalar talab qilinadiki, shuning uchun empirik tadqiqotlar anchagina qimmat tadbir hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |