Bajaradigan vazifalari, sohalariga qarab sotsial dinamikaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Reproduktiv dinamika. Sotsial dinamikaning bu turi tug‘ilish, ishlab chiqarish, ekologiyaning sotsial jihatlarini o‘z ichiga oladi. Aholi sonining o‘sishi, tug‘ilish miqdori, ularni belgilovchi omillar reproduktiv sotsial dinamika sohasiga kiradi. Ishlab chiqarish, ekologiya va sotsial sub'ektlar reproduktiv o‘rnashmalarga aloqodor bo‘ladi.
2. Maqom (status) sotsial dinamikasi. U o‘z ichiga xizmat lavozimlarida ko‘tarilishi yoki pasayishni, turmush darajasi va sifatini qamrab oladi.
3. Hududiy sotsial dinamika. Aholi ko‘chishlari sur'ati va miqdorlarining sotsial jihatlari, katta shaxar vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan sotsial muammolar, ishlab chiqarishning joylashtirilishi uning sotsial oqibatlari hududiy(territorial) sotsial dinamika ob'ektlaridir.
4. Ma’naviy hayot dinamikasi manfaatlar, qadriyatlar, fikrlar, normalar harakati, o‘zgarishi va rivojlanishi bu soha doirasida bo‘ladi.
5. Siyosiy dinamika jamiyat sotsial-sinfiy tarkibi, hokimiyat shakllari o‘zgarishini tushuntirib beradi.
6. Fan-texnika dinamikasi. Fan-texnika taraqqiyotining sotsial jihatlari, ishlab chiqarish vositalari o‘zgarishlarining ijtimoiy sub'ektlari hayotiga ta'siri, axborot va kommunikatsiya bilan bog‘liq sotsiodinamik o‘zgarishlar fan-texnika dinamikasiga kiradi.
Sotsial dinamika abstrakt, mavhum qonuniyat ifodasi emas. Har bir mintaqa, ijtimoiy tuzumda o‘ziga xos sotsiodinamikani ko‘rishimiz mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘tkazilajak sotsiologiya tadqiqot albatta mintaqaviy, maxalliy sharoitlarga mos «tuzatish koeffitsientini ham o‘z ichiga olishi lozim.
Sotsial dinamika vertikal (yuqori va pastga) va gorizontal (ya'ni, parallel tomonga) yo‘nalishi ro‘y berishi mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha sotsial dinamika turlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda tekshirish mumkin. Jumladan, sotsial-sinfiy struktura elementlari harakati sotsial stratifikatsiya yondashuvi asosida qaralganda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Sotsial stratifikatsiya (lot. strato — to’shama, qatlam) sotsiologiya tushunchasi bo‘lib, bu tushuncha umuman jamiyatning, ayrim sotsial guruhlarining tarkibini, ularning eng turli-tuman belgilariga: daromadi, malakasi, ma'lumoti va hakozo darajasiga qarab odatda ierarhiya (yuqori va quyi) tarzda joylashgan ijtimoiy qatlamlariga bo‘linishini tavsiflaydi. Funksionalizm nuqtai nazaridan, sotsial stratifikatsiya tizimi jamiyatdagi sotsial rol va mavqelarning differentsiyasi bo‘lib, u har qanday jamiyatning ob'ektiv ehtiyojidir. Sotsial stratifikatsiya, bir tomondan, mehnat taqsimoti va sotsial differentsiatsiyaning, ikkinchi tomondan esa, jamiyatda hukmron bo‘lgan u yoki bu faoliyatning ahamiyatini, mavjud sotsial tengsizlikni qonunlashtiradigan qadriyatlar va madaniyat standartlarning natijasidir. Funksionalizm nazariyasida sotsial stratifikatsiya nazariyasining amaliy ahamiyati sotsial integratsiya talab va ehtiyojlari bilan asoslantiriladi. Sotsial stratifikatsiyaning «amaliy» ahamiyati shundaki, u turli xil rag‘batlantirish vositalari orqali sotsial rollarning aniq tushunilishi va bajarilishiga xizmat qiladi.
Hozirgi zamon sotsiologiyasida, stratalarning yagona ta'rifini hamma sotsiologlar so‘zsiz tan oladigan definitsiyani topish qiyin. Biroq, aksariyat tadqiqotchilar uchun umumiy bo‘lgan tomon ham bor. Bu stratalar o‘rtasidagi vertikal aloqalarning o‘ziga xos «lift» va «eskalatorlar» amalga oshuvidir. Jamiyatning turli sohalarida stratalardan stratalarga harakatni ko‘rish mumkin. Masalan, iqtisodiyot sohasida — har bir odam millioner bo‘lishi mumkin; siyosatda — yirik siyosiy mansabga erishish mumkin; armiyada — har bir askar general bo‘lishi mumkin; diniy faoliyat sohasida — oliy diniy martabaga ko‘tarilish imkoniyati mavjud; fan — bu faoliyatning nisbatan zoe ketadigan sohasi bo‘lib, biroq bunda ilgarilash mumkin; nikoh orqali — foydali nikob vositasida jamiyatning eng yuqori pog‘onalariga goyat tez ko‘tarilishi mumkin. Kishilarning sotsial zinapoyadagi yuqoriga qarab siljishga intilish — ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchi kuchidir. Odam bir vaqtning o‘zida bir strataga kirishi mumkin. Bu stratalar institutsional, norasmiy mezonlar asosida ajratib ko‘rsatilishi mumkin ularga mos bo‘lgan sotsiodinamika ham mavjud. Aytaylik, ma'lum bir odam iqtisodiy tizimda tobe mavqeni egallashi, boshqa tizimda (qiziqishlar bo‘yicha klubda, futbol klubida va hakozo hukmron bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon demokratik-huquqiy jamiyatlarda va jamoatchilik fikri munosabati g’oyat dolzarb hisoblanadi. Hokimiyat va jamoatchilik fikri sotsiodinamikasi — hokimiyat saylovi oldidan nomzodlar, ularning dasturlarini baholashni saylovchilar e'tibori qarorlarni tanlashning mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Kishilarning saylov kompaniyasi davridagi faoliyatini belgilovchi sabablar ierarhal zanjir: mamlakat tashqi va ichki muammolari, siyosiy an'analar, mikroguruhlar, birlamchi jamoalar tazyiqi o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |