«Sotsial rivojlanish» sotsiologiyaning muhim tushunchalaridan hisoblanadi. Hozirgi zamon sotsiologiyasining etmishdoshlari deb aytsa bo‘ladigan qadimgi va o‘rta asr Sharq va G‘arb ijtimoiy falsafasi vakillari Konfutsiy, Aflotun, Suqrot, Arastu, Forobiy, Beruniy, Foma Akvinskiy, Ibn Xaldunlar jamiyat rivojlanishi omillari, harakalantiruvchi kuchlari, kelgusi jamiyat «loyihasi» va unga erishish yo‘llari haqidagi masalalar o‘z tarixiy davrlari chegarasida qo‘ya bilishgan edi. Ayniqsa, ularning ijtimoiy rivojlanishni abstrakt, mavhum tarzda emas, balki hayotiy muammo sifatida taxlil qilishgani diqqatga sazovordir. Jumladan, Abu Nasr Forobiy shunday yozgan edi: «Insoniy vujuddan maqsad — eng oliy baxt — saodatga erishuvdir, avvalo u baxt — saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni o‘ziga g’oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak. Keyin bu baxt saodatga olib boradigan ish-amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi zarur. So‘ngra esa baxt saodatga ergashtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi.
Yangi davr ma'rifatchilari (Volter, Kondorse, Tyurgo, Gerder)ning sotsial taraqqiyot haqidagi g‘oyalari bilan tanish bo‘lgan. Sen-Simonning shogirdi. O. Kont sotsial rivojlanishni «sotsial dinamika» nuqtai nazardan tushuntirishga harakat qilgan. Uningcha sotsial dinamika insoniyat jamiyati rivojlanishini ketma-ketligi, bosqichma-bosqichligini qonunlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Kontning «Pozitiv falsafa kursi» (1830—1842) kitobida ko‘rsatilishicha, «uch bosqich qonuni» mavjud bo‘lib, unga ko‘ra insoniyat o‘zining ilgarilanma harakatida uch bosqichni: toelogik, metafizik va pozitiv bosqichlarni o‘tadi. Bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish xos evolyutsiya bo‘lib, unda jamiyatning rivojlanishi ifodalanadi. O. Kontga ohangdosh bo‘lgan evolyutsiya haqidagi g’oyalar G. Spenserda ham bor. Evolyutsiya, Spenser fikricha, tajribaning eng umumiy elementi bo‘lib, tabiatning ham, jamiyatning ham barcha hodisalari tushuntirish imkoniyatini beradi. Uning «Sotsiologiya asoslari» deb nomlangan kitobining asosiy biologik va ijtimoiy organizm o‘rtasidagi o‘xshashlikdir. Lekin bu o‘xshashlik mutloq emas. Sotsial taraqqiyotning muhim mezoni, G.Spenser fikricha, shaxsni butunlay o‘ziga bo‘ysundirib olgan jamiyatdan, ijtimoiy organizm, uni tashkil o‘ziga buysundirib olgan jamiyatdan, ijtimoiy organizm, uni tashkil etuvchi individlarga «xizmat» qiluvchi holatga o‘tishdir. Jamiyat taraqqiyotining quyi bosqichiga (garchi, uni hali to‘la o‘tib bo‘lgan deb aytish bo‘lmasada) birinchisi, ya'ni majburiy hamkorlikka asoslangan «harbiylashgan jamiyat», yuqori bosqichiga esa — ikkinchisi, ya'ni ixtiyoriy hamkorlikka asoslangan «sanoatlashgan jamiyat» mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |