I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа


Sotsial differensiatsiya va sotsial integratsiyani sotsial mobillik va o‘zgartirishlar oqibati deb qarash mumkin



Download 1,17 Mb.
bet128/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

Sotsial differensiatsiya va sotsial integratsiyani sotsial mobillik va o‘zgartirishlar oqibati deb qarash mumkin. Sotsial differentsiatsiya tushunchasi birinchi bo‘lib G.Spenser tomonidan qo‘llanilgan. Uning fikricha, ijtimoiy evolyutsiya bir vaqtning o‘zida differentsiatsiya (bir xillikdan ko‘p xillikka o‘tish: mehnat taqsimoti, maxsus sotsial institutlar paydo bo‘lishi) va integratsiya (organlarning bir-birlariga tobora muvofiqlashib borishi, oddiydan murakkabga o‘tishi, umumiy aloqadorlik takomillashuvi), ijtimoiy tartibot mukammalashuvidan iboratdir. E. Dyurkgeym sotsiologik tizimida ham jamiyatdagi differentsiatsiya va integratsiya jarayonlariga e'tibor bergan. U differensiatsiyani aholi zichligining oshishi va shaxslararo va guruhlararo muloqatlar sur'atiga bog‘lab tushuntirgan. Odatda differensiatsiya tushunchasi «tafovut» so‘zining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu holda u rollar, statuslar (maqomlar), institut va tashkilotlarni turli mezonlar yordamida klassifikatsiya qilishga yordam beradi. Strukturaviy funksionalizm va sistemali yondashuv tarafdorlari (Parsons, Ettsoni va b.) sotsial differensiatsiya bilan sotsial sistemani o‘z-o‘zini saqlashning sharti deb qaraydilar. Bunda sotsial differensiatsiyaning yaxlit jamiyat, uning ostki tizimlari, guruhlari darajasida ko‘rinishlari qat‘iy farqlanadi. Ularning fikricha, quyidagi hayotiy muhim vazifalar - muhitga moslashish, maqsadlarini qo‘ya bilish, ichki ixtiloflarni bartaraf etish (integratsiya) va hakozolar bajarilgandagina muayyan tizim mavjud bo‘la olishi mumkin. Bu vazifalar esa faqat ozmi-ko‘pmi maxsuslashgan institutlar tomonidangina bajarilishi mumkin. Demak, bunga muvofiq sotsial tizimlar ozmi-ko’pmi differensiatsiyalashgan (tabaqalashgan) bo‘ladi. Sotsial differensiatsiya o’sishi bilan faoliyatlar ko’p maxsuslashib boradi, shaxsiy va oilaviy aloqalar o’z o’rnini borgan sari odamlar o‘rtasidagi shaxssiy narsaviy munosabatlarga bo’shatib beradi. Bu munosabatlar ko‘proq ramziy vositalar bilan boshqariladi (masalan, iqtisodiy munosabatlar uchun bunday vositachi-pul). Sotsial integratsiya (lot. integratio — to’ldirilish, tiklanish; integer yaxlit, butun) sotsiyal differensiatsiya nisbatdosh tushunchadir. Hozirgi zamon sotsiologiyasi tizimlar nazariyasidagi integratsiya tushunchasidan foydalaniladi. Unga ko‘ra, integratsiyada alohida differensiatsiyalashgan qismlarning bir butun qilib turuvchi aloqa va shu holatda olib keluvchi jarayon tushuniladi. Integratsiya turli xil sotsial sub'ektlar—individlar, tashkilotlar, davlatlar va hakozolar o‘rtasida ihtilofsiz munosabatlar bo’lishini ko’zda tutadi. Sotsial tizimlar integratsiyasining darajasi va mexanizm to‘g‘risidagi qarashlar tarihan o‘zgarib kelgan.
Hozirgi jamiyatda integratsiya muammolari bir qator mexanizmlar yordamida hal qilinmoqda. Umumiy huquqiy tizimlar, ko‘ngilli assotsiatsiyalar, hamjamiyat a'zolari huquq va imtiyozlarini kengaytirish, ramziy vositalar umumiylik darajasini oshirish va hakozolar ana shulardan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropa hamjamiyati, qolaversa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.
Funksional bo’lmagan sotsiologik yo’nalishlar tarafdorlari (Bendiks, Gouldner) funksionalchi sotsiologlar sotsial integratsiya ahamiyatini mutloqlashtirishdan ogohlantiradilar. Ularning fikricha, haddan tashqari, batamom sotsial integratsiya amaliy nuqtai nazardan hatto zararlidir, chunki u sotsial tizimni harakatsiz va mo’rt qilib qo’yadi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish