Grammatika - yunoncha so'z bo'lib, «o'qish va yozish san'ati» ma'nosini I ildiradi. Bu tushuncha dastlab xat-savod, lmloni o'rgatuvchi fan ma'nosida lshla- vjlgan. Keyinroq grammatika tilmng fonologik, morfologik, sintaktik va semantik belgilarini tavsitlovcl til qoidalari majmuasi ma'nosiga ko'chgan. Grammatil'a haqidagi ilk qarashlar falsafa, mantiq, germenevtika (diniy matnlarni sharhlash, talqn. etish) qol g'ida bo'lgan. Bunda t.lning paydo bo'lishi, til va tafakkur mu- nosabati, lingvistik belgi motivatsiyasi, uiniy matnlar mazmunini to'g'ri tushu- ■iish bilan bog'liq masalalar o'rganilgan, til strukturasi esa yetarli darajada tadqiq etilmagan Faqatgina miloddan avvalgi II - 1 asrlarda shakllangan Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakil Dionisiy Traks (miloddan avvalgi 170 - 90-yillarda yashagan) o'zigacha bo'lgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalanni o'rganib, ulardan foydalanih rimliklar uchun «Grammatika san'ati» («Gramma- tike techne») nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi. Shundan buyon grammatika falsafadan mustaqil soha sifatida ajralib chiqdi.
AntiL davrda grammatika preskriptiv (to g'ri gapirish, to'g'ri jumla tuzishni ko'rsatuvchi yo'nqnoma) xarakterga ega bo Igan. XVIII asr oxirlarida gramma- tikani tushunish keskin o'zgardi. Bu davrda bobo til konsepsiyasini ilgari surgan qiyosiy-tarixiy grammatika shakllandi Unda yevropa tillarining qadimgi sanskrit mi D'lan tarixiy aloqasu.i ,jniolash yordamida hind-yevropa tillari shajarasini re- konstruksiya qilish bo'vicha qiyosiy aspektda tadqiqotlar olib borildi.
XX asr boshlarida Ferdinand de Sossyur grammatikani tavsiflashda sinxroniya va o;axroniyam farqladi. Bunda grammatikani tarixiy (diaxron) o'rganishni emas, balki sinxron (muayyan vaqtdagi holati) tadqiq qilish lozim, deb hisobladi. XX asrr'rig 50-villauda Noam Cnomskiy grammatikani tavsiflashning yangi inetodi- ni tavsiya etdi Bu nlshunosl.kda «formal grammatika nazariyasi» deb ataladi. Olimning tado:qot natijalan kompyuter lingvistikasining shakllanishiga asos bo'ldi. N.Chomskiyning formal grammatika haqidagi qarashlari «Syntactic Structures» (1957J hamda «Aspects of the Theory of Syntax» nomli kit 'blarida yoritilgan.
Grammatikaga bo'lgan yondashuvlar turlicha bo'lganligi bois tilshunoslik tarixida turli grammatikalar yaratilgan. Jumladan, nazariy grammatika va amaliy grammatika; an'anaviy (klassik) grammatika va noklassik grammatika; sinxron va diaxron grammatika; xususiy va umumiy (universal) grammatika; kategorial grammatika, tobelik grammatikasi, leksik-funksional grammatika, konstruktiv grammatika, transformatsion grammatika, kontekstdan xoli grammatika (context-free grammar) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |