Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi.

 O„zbekistonda tug„ilish ko„p bo„lgani 

va  aholining  talaygina  qismini  bolalar  tashkil  etgani  uchun  onalar  va  bolalar 

salomatligi muhofazasi hamisha eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo„lib keldi. 

Onalar  va  bolalar  sog„lig„ini  saqlash,  ularga  tibbiy  yordam  ko„rsatish  ishlarini 

uyushtirish  va  rivojlantirishda  tibbiyot  oliy  o„quv  yurtlarining  pediatriya,  akusherlik 

va  ginekologiya  kafedralari,  shuningdek,  ixtisoslashgan  ilmiy  tadqiqot  institutlari  – 

pediatriya,  akusherlik  va  ginekologiya  institutlari  katta  rol  o„ynadi.  Onalikni 

muhofaza  qiluvchi  va  ixtisoslashgan  pediatriya  yordami  ko„rsatuvchi  muassasalar 

tarmog„i  kengaydi.  1995-yildan  109  dan  ziyod  ayollar  konsultatsiyalari  yoki 

akusherlik-ginekologiya  kabinetlari,  1800  dan  ortiq  bolalar  poliklinikalari 

(konsultatsiyalari) ish olib bordi, kasalxonalarda bolalar uchun ajratilgan o„rinlar soni 

50,7  mingtaga  yetdi.  Keyingi  yillarda  ayollar  konsultatsiyalari,  tug„ruqxonalar, 

akusherlik-ginekologiya  kabinetlaridan  tashqari,  tegishli  muassasalarda  turmushga 




 

234 


aloqador masalalar yuzasidan maslahat beradigan «Nikoh va oila» konsultatsiyalari va 

tibbiy-genetik konsultatsiyalar ochildi. 

Mustaqillik  yillarida  O„zbekistonda  ayollar  umrining  davomiyligi  72  dan  73 

yoshgacha  uzaydi.  Shu  davrning  o„zida  Rossiya,  Qozog„iston  va  Qirg„izistonda 

ayollar  umrining  davomiyligi  1–3  yoshga  qisqardi,  Turkiya  va  Indoneziyada  ayollar 

umrining  davomiyligi  shu  davr  ichida  oshdi,  lekin  tegishli  ravishda  71  va  66  yosh 

darajasida  saqlanib  turibdi.  Xuddi  shunday  vaziyat  erkaklarda  ham  kuzatilmoqda, 

O„zbekistonda erkaklar umrining davomiyligi 1990-yildagi 66 yoshdan 1998-yilda 68 

yoshgacha  ko„tarildi,  ayni  paytda  Rossiya  va  Qozog„istonda  erkaklar  umrining 

davomiyligi  2–4  yoshga  qisqardi,  Turkiya  va  Indoneziyada  erkaklar  umrining 

davomiyligi uzaydi, lekin tegishli ravishda faqat 66 va 62 yosh darajasiga yetdi. 

Respublikada  onalar  va  bolalar  sog„lig„ini  muhofaza  qilishga  katta  ahamiyat 

berildi.  «Bolalikdan  nogironlar  tug„ilishining  oldini  olish  uchun  yangi  tug„ilgan 

chaqaloqlarni  hamda  homilador  ayollarda  tug„ma  va  boshqa  patalogiyani  barvaqt 

aniqlash bo„yicha «Ona va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to„g„risida» 

(01.04.98-y.)  Vazirlar  Mahkamasining  maxsus  qarori  qabul  qilinganligi  bu  soha 

rivojiga  salmoqli  hissa  qo„shdi.  Ayollarni  o„z  vaqtida  tibbiy  ko„rikdan  o„tkazish  va 

sog„lomlashtirish  natijasida  bolalar  o„limi  1000  ta  tug„ilgan  bolaga  nisbatan  1991-

yilda  51,4  dan  1999-yilda  20,2  ga  kamaydi.  Onalar  o„limi  100  ming  tirik  tug„ilgan 

bolaga nisbatan 1991-yilda 65,3 dan 1999-yilda 31,0 ga kamaydi. 

O„zbekistonda  tibbiy  ta‟limning  uzluksiz  bo„lishiga  va  mutaxassislarning  o„z 

malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat berildi. Toshkentda vrachlar malakasini 

oshirish  instituti  ishlab  turibdi.  Uning  42  kafedrasi  va  har  xil  ixtisoslikka 

mo„ljallangan  kurslarida  har  yili  5-6  mingga  yaqin  vrach,  jumladan  boshqa 

hamdo„stlik mamlakatlaridan kelgan mutaxassislar o„z malakasini oshirdi. 

O„zbekistonda  iqtisodiy  islohotning  borishi  tibbiyot  xodimlari  tayyorlash  ishini, 

umuman  tibbiy  ta‟lim  tizimini  takomillashtirishni  taqozo  qilardi.  Respublikadagi 

tibbiyot institutlarida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ko„zda tutildi. Shunga ko„ra 

«davolash  ishlari»  ixtisosligidan  vrach  kadrlar  tayyorlash  ishi  3  bosqichdan  tarkib 

topadigan  bo„ldi,  shulardan  birinchisi  –  tabobat  bo„yicha  5  yil  davomida  umumiy 

tayyorgarlik  ko„rib,  bakalavr,  ya‟ni  vrach  yordamchisi  unvonini  olish;  ikkinchisi  – 

to„la-to„kis  tibbiy  ma‟lumotga  ega  bo„lib,  tibbiyot  doktori  darajasiga  erishish; 

uchinchisi – xodimning tanlagan ixtisosiga qarab, magistraturada o„qish. 

Magistraturada  mutaxassis  vrach  tayyorlash  eng  yaxshi  ilmiy  maktablar  va 

klinikalarda olib borildi. Ayni vaqtda zamonaviy ta‟lim texnologiyasidan foydalanila 

boshlandi.  Shu  bilan  birga,  mutaxassisning  malakasini  tekshirib  borish  yoki  oshirish 

uchun uni vaqti-vaqtida sinov (attestatsiya)dan o„tkazib turiladi. 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish