Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Sog„liqni  saqlash  tizimini  tibbiyot  sug„urtasiga  o„tkazish  va  davolash-



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Sog„liqni  saqlash  tizimini  tibbiyot  sug„urtasiga  o„tkazish  va  davolash-

profilaktika  muassasalarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  masalasi  keyingi 

yillarda muhim masala bo„lib qoldi.

 

Davlat  budjetidan  ajratiladigan  mablag„  hisobida  mavjud  bo„lib  kelgan  sog„liqni 



saqlash  tizimida  bozor  munosabatlari  shakllanib,  iqtisodiy  islohotlar  chuqurlashib 


 

235 


borayotgan sharoitda tibbiyot sug„urtasiga o„tish uchun tayyorgarlik ko„rila boshlandi. 

Ayni vaqtda ko„p mamlakatlardagi sug„urta xizmatlari tajribalari o„rganildi, turli idora 

va  tashkilotlar  bilan  xo„jalik  shartnomalari  tuzildi.  Tibbiyot  sug„urtasiga  o„tish, 

davolash-profilaktika  muassasalarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish bilan  ham  bog„liq, 

chunki  davlatga  qarashli  muassasalar  bilan  birga  mulkchilikning  har  xil  shakllariga 

asoslangan muassasalar, jumladan xususiy muassasalar ham faoliyat ko„rsatib borishi 

kerak.  O„zbekiston  Respublikasining  «Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  to„g„risida»gi  (1991-y.  19-noyabr)  Qonuniga  amal  qilib,  sog„liqni 

saqlash  vazirligi  manfaatdor  idora  va  tashkilotlar  bilan  birgalikda  sog„liqni  saqlash 

muassasalarini  xususiylashtirish  tadbirlarini  ishlab  chiqdi.  Xususiylashtirish 

dorixonalardan  boshlandi.  1996-yilga  qadar  O„zbekiston  Respublikasida  –  2200 

dorixona  xususiylashtirildi,  839  dorixonani  o„z  tarkibiga  olgan  239  dorixona 

aksionerlik jamiyatiga aylandi.  

Davlat  sanitariya  nazorati  tomonidan  aholining  sanitariya-epidemiologik 

xotirjamligini  ta‟minlash  bo„yicha  tadbirlar  davom  ettirilmoqda.  Jumladan,  davlat 

sanitariya  epidemiologiya  nazorati  tomonidan  maktab  o„quvchilari  uchun  nashr 

etiladigan  darsliklar  va  o„quv  qo„llanmalarning  gigiyenik  me‟yor  va  qoidalarga 

mosligi muntazam ravishda nazorat ostiga olingan. Vazirlar Mahkamasining «Davlat 

sanitariya  nazorati  samaradorligini  oshirish  chora-tadbirlari  to„g„risida»gi  qarori 

aynan shu sohani rivojlantirishga qaratilgan. 

Hozirgi  vaqtda  «O„zbekiston  Respublikasining  o„rta  ta‟lim  maktablari  uchun 

kitoblar va o„quv qo„llanmalarga bo„lgan standarti ishlab chiqilgan» hamda Sog„liqni 

saqlash  vazirligi  tomonidan  ma‟qullangan,  daftarlar,  darsliklar  va  o„quv 

qo„llanmalarni ishlab chiqarish texnik shartlari ishlab chiqildi. 

Respublikada  sog„liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  Davlat  dasturini  amalga 

oshirish  bo„yicha  Samarqand  va  Andijon  viloyatlarida  shoshilinch  tibbiy  yordam 

markazlari  ochildi.  Vazirlar  Mahkamasining  1998-yil  4-martdagi  maxsus  qaroriga 

muvofiq Shoshilinch tibbiy yordam o„quv markazi tashkil etildi. 

2002–2006-yillarda  mamlakatning  barcha  viloyatlarida  eng  zamonaviy  uskunalar 

bilan  jihozlangan  shoshilinch  tibbiy  yordam  markazlari  qurilib  foydalanishga 

topshirildi. 

Respublikada  tibbiyot  xodimlarini  tayyorlashda  yangi  dastur  qabul  qilingan,  bu 

bo„yicha 2380 ta umumiy (oilaviy) amaliyot vrachlari tayyorlanmoqda. 1999-yilda 4 

ta hamshiralarni o„qitish kollejlari tashkil qilindi. 

Respublika  bo„yicha  234  ta  tibbiyot  muassasalari  qisman  o„z-o„zini 

moliyalashtirishga o„tdi. 1999-yilda 48 ta tibbiy muassasalar mulk shaklini o„zgartirib 

xususiylashtirildi. 3075 ta shifokorlar yakka tartibda faoliyat ko„rsatish uchun maxsus 

ruxsatnoma oldilar. 

Sog„liqni  saqlash  vazirligi  jahon  sog„liqni  saqlash  tashkiloti  bilan  hamkorlikda  2 

yil  davomida  Onalar  va  bolalar  sog„lig„ini  muhofaza  qilish,  yuqumli  kasalliklarni 

oldini 

olish 


borasida 

«SARAK» 


loyihasi, 

«MEKAKAR», 

«DOTS», 

«KARINFONET» va «AyMSiAy» dasturlari asosida ish olib bormoqda. 




 

236 


Jahon  sog„liqni  saqlash  tashkiloti  tomonidan  yosh  tibbiy  xodimlarni  chet 

mamlakatlar  (Angliya,  Italiya,  Rossiya,  Isroil  va  Shvetsiya)da  o„qitish  uchun  18  ta 

grant ajratilgan. 

Mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida erishilgan ilg„or jahon tajribalarini hayotga 

tatbiq  qilish  bilan  bir  qatorda  dunyo  tabobat  ilmining  rivojlanishiga  salmoqli  hissa 

qo„shgan  ulug„  bobokalonlarimiz  merosini  o„rganish  borasida  ham  bir  qator  ishlar 

qilindi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 

qaroriga binoan Ibn Sino xalqaro jamg„armasi tashkil etilganligi ham ushbu sohaning 

rivojlanishiga davlat miqyosida katta e‟tibor berilayotganini ko„rsatadi. 

Tibbiyotdagi  islohotlarning  asosiy  yo„nalishlaridan  biri,  bu  tibbiy  xizmat  sifatini 

oshirish  uchun  tashkiliy  va  amaliy  sharoitlar  yaratish.  Jamiyatda  tibbiyot 

xodimlarining  mavqeini  ko„tarish,  ularning  mehnatiga  haq  to„lash  va  moddiy 

rag„batlantirish  tizimini  takomillashtirishdan  iboratdir.  Bu  borada  Respublikamiz 

Prezidentining  2005-yil  1-dekabrdagi  «Tibbiyot  xodimlari  mehnatiga  haq  to„lash 

tizimini  takomillashtirish  to„g„risida»gi  qarori  asosida  tubdan  yangi,  bajarilgan 

ishning hajmi va sifatiga bog„langan tizim joriy etildi.  

Keyingi  yillarda  mamlakatimizda  bemorlarga  aniq  tashxis  qo„yish  maqsadida 

zamonaviy uskunalar keltirilmoqda. Davolash-profilaktika muassasalarini zamonaviy 

tibbiy  asbob-uskunalar  bilan  ta‟minlash  doimo  diqqat  markazida  bo„lib  kelgan. 

Xususan,  Prezidentimizning  2003-yil  26-fevraldagi  «Sog„liqni  saqlash  tizimini 

yanada  isloh  qilish  chora-tadbirlari  to„g„risida»gi  Farmoniga  asosan  tashkil  qilingan 

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot  markazlarida  yiliga 10  mingdan  ortiq  operativ 

va diagnostik muolajalar amalga oshirilmoqda. Shulardan 4 mingdan ortig„ini yuqori 

texnologiyali  operatsiya  va  muolajalar  tashkil  qiladi.  Toshkent  shahrida  joylashgan 

Respublika  shoshilinch  tibbiy  yordam  ilmiy  markazi  va  uning  viloyat  filiallarini 

tashkil  qilish  hamda  zamonaviy  diagnostik  uskunalar  bilan  ta‟minlash  shoshilinch 

yordam  ko„rsatishni  taqozo  etadigan  kasalliklarni  o„z  vaqtida  aniqlashda  muhim 

bosqich bo„ldi. Ushbu muassasalarda yiliga 6 milliondan ortiq bemorga tibbiy yordam 

ko„rsatilayapti. 

Toshkentdagi ko„pgina klinikalar qatori Samarqand, Jizzax Qashqadaryo, Buxoro, 

Xorazm,  Farg„ona  viloyati  tibbiy  muassasalari  ham  kompyuter  tomograf  uskunasi 

bilan  ta‟minlangan.  Ushbu  uskuna  ilgari  umuman  aniqlash  imkoni  bo„lmagan 

kasalliklar bo„yicha aniq tashxis qo„yish imkonini berdi. 

Vazirlar Mahkamasining «Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini 

yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to„g„risida»gi  qaroriga  muvofiq  respublika 

tibbiy muassasalari oxirgi 4 yil davomida 500 dan ortiq zamonaviy diagnostik asbob-

uskunalar  bilan  jihozlangan  tez  yordam  mashinalari  bilan  ta‟minlandi.  Bu  esa 

bemorlarga  birinchi  bosqichdayoq  to„g„ri  tashxis  qo„yish  va  tibbiy  yordam 

ko„rsatishda nihoyatda qo„l kelmoqda. 

Qishloq  vrachlik  punktlarini  (QVP)  tashkil  qilish  va  ularni  zamonaviy  asbob-

uskunalar bilan ta‟minlash ham bugungi muhim yo„nalishlardan biridir. Ayni vaqtda 

respublikamizda 3000 dan ortiq QVP faoliyat ko„rsatmoqda. Ilgari oddiy bir kasallik 




 

237 


uchun  ham  tuman  markaziga  borishga  to„g„ri  kelardi.  Endi  esa  QVPlardagi  faoliyat 

uncha-muncha  tibbiy  muassasalarda  olib  borilayotgan  xizmatdan  qolishmaydi. 

Shuning  uchun  ham  ularni  zamonaviy  asbob-uskunalar  bilan  jihozlash  uchun  budjet 

mablag„lari bilan bir qatorda Jahon bankining imtiyozli kreditlari ham jalb etilayapti. 

Ayni  paytda  Islom  taraqqiyot  bankining  krediti  hisobiga  Respublika  shoshilinch 

tibbiy  yordam  ilmiy  markazi  va  uning  viloyat  filiallarini  zamonaviy  yuqori 

texnologiyali  tibbiy  asbob-uskunalar  bilan  jihozlash  hamda  Xitoy  Xalq  Respublikasi 

hukumatining  krediti  hisobiga  onkologiya  muassasalarini  zamonaviy  radiologiya 

uskunalari  bilan  ta‟minlash  ishlari  olib  borilmoqda.  Bu  ham,  o„z  navbatida, 

kasalliklarni erta aniqlash imkonini beradi hamda bemorlarga ko„rsatilayotgan tibbiy 

diagnostika  va  davolash  sifatini  oshiradi.  Dori  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarning 

faoliyati  hamda  dori  vositalarining  sifati  borasida  ham  amaliy  ishlar  qilinmoqda. 

Masalan:  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  14-iyuldagi  «Mahalliy 

dori-dormon  va tibbiyot  buyumlari  ishlab  chiqaruvchilarni  qo„llab-quvvatlash  chora-

tadbirlari  to„g„risida»gi  qarori  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarga  hukumat  tomonidan 

ko„rsatilayotgan alohida e‟tibordan dalolat beradi. Aholi hayoti va sog„lig„i xavfsiz-

ligini ta‟minlovchi mahsulot, xizmatlar va jarayonlar sifati borasida iste‟molchilar va 

davlat  manfaatlarini  himoya  qilish,  mahsulotlarning  sifati  va  raqobatbardoshligini 

oshirish 

va 


boshqalar 

standartlashtirishning 

asosiy 

maqsadi 


hisoblanib, 

respublikamizda  standartizatsiya  ishlari  jahon  talablari,  shuningdek,  O„zbekistan 

Respublikasining 

«Standartlashtirish 

to„g„risida»gi 

hamda 


«Metrologiya 

to„g„risida»gi  qonunlari  asosida  olib  boriladi.  Bugungi  kunda  O„zbekiston 

Respublikasida  tibbiyot  va  farmatsevtika  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi  92  ta 

korxona  faoliyat  ko„rsatmoqda.  Ularning  farmatsevtika  faoliyati  «Dori  vositalari  va 

farmatsevtika  faoliyati  to„g„risida»gi  qonunga  muvofiq  amalga  oshiriladi. 

Respublikada dori vositalari sifati va ishlab chiqaruvchi korxonalardagi texnologiyasi 

masalalarini  muvofiqlashtiruvchi  12  ta  boshqaruv  hujjatlari  amalda  bo„lib,  ularning 

asosiysi Jahon sog„liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan. 

«Yaxshi  ishlab  chiqarish  amaliyoti  (GMR)»  TSt  1901  2003  tarmoq  standartidir. 

Respublikamizda  dori  vositalarining  sifatini  nazorat  qilishning  mukammal  tizimi 

yaratilgan bo„lib, u tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda dori 

vositalari sifat nazorati tizimiga kiruvchi tashkilotlarda har qanday tibbiy preparatlarni 

klinik sinovlargacha va klinik sinovlar jarayonlarida me‟yoriy hujjatlarni tasdiqlashda 

va tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berishda ularning sifatini tavsiflay oladigan 

standartlar, me‟yoriy hujjatlar, materiallar mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 

6-iyuldagi  «Mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  tartibotini  soddalashtirishga  doir 

qo„shimcha  chora-tadbirlar  to„g„risida»gi  qarori  bilan  majburiy  tartibda 

sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ruyxati qayta ko„rib chiqildi va dori vositalari 

«farmatsevtika mahsulotlari» nomi bilan kengaytirildi. 

Respublikamizda ishlab chiqariladigan va hududimizga bojxona maskanlari orqali 

olib  kiriladigan  dori  vositalari  va  tibbiy  mahsulotlar  sertifikatlashtirish  idoralari 



 

238 


tomonidan  to„liq  rasmiylashtirilganidan  so„ng  respublika  hududiga  olib  kirilishiga 

hamda ochiq savdoga chiqarishga ruxsat beriladi. 

Ayni  paytda  mamlakatimizda  xususiy  shifo  muassasalarining  soni  ham  oshib 

bormoqda. 

Xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  bo„yicha  qator  hukumat  qarorlari  qabul 

qilinishi munosabati bilan respublikamizda xususiy tibbiyot tizimi shakllandi. Hozirgi 

kunda  mavjud  xususiy  klinikalar,  markazlarda  aholiga  malakali  tibbiy  xizmat 

ko„rsatib  kelinmoqda.  Agar  1999-yilda  yakka  tartibda  faoliyat  ko„rsatuvchi 

shifokorlar va nodavlat korxonalari 700 tani tashkil etgan bo„lsa, 2006-yilga kelib bu 

ko„rsatkich 4000 taga yetdi. 

Tibbiyotdagi  islohotlar  samarasi  o„laroq  yurtimizda  sohalarga  ixtisoslashgan  bir 

qator o„quv dargohlari faoliyat ko„rsatmoqda. Bitiruvchilarni ish bilan ta‟minlash va 

chekka  joylarga  ishga  yuborish  borasida  ham  amaliy  ishlar  qilinmoqda.  Har  yili 

sog„liqni saqlash vazirligida hududiy sog„liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda 

mutaxassislarga bo„lgan ehtiyoj o„rganib chiqilmoqda va shu asosda bitiruvchilar ish 

bilan  ta‟minlanmoqda.  2006-yildan  boshlab  davlat  grantlari  asosida  tahsil  olgan 

bitiruvchilar  3  yil  ishlab  berish  sharti  bilan  yashash  manzillari  bo„yicha  ishga 

taqsimlandi.  Bu  borada  tegishli  me‟yoriy  hujjatlar  asosida  barcha  ta‟lim 

muassasalarida taqsimot komissiyalari tuzilgan, marketing bo„limlarining tuzilmasi va 

vazifalari  o„zgartirilgan.  Bitiruvchilardan  samarali  foydalanish  maqsadida,  Qora-

qalpog„iston  Respublikasi  sog„liqni  saqlash  vazirligi,  shahar  va  viloyatlar  sog„liqni 

saqlash  boshqarmalari  bilan  birgalikda  mutaxassislarga  bo„lgan  ehtiyoj  o„rganib 

chiqildi  va  buyurtmalar  portfeli  shakllantirildi.  Ma‟lumotlar  barcha  ta‟lim 

muassasalariga  yuborildi.  U  yerda  o„z  navbatida  institut  –  talaba  –  ish  beruvchi 

o„rtasida  uch  taraflama  taqsimot  komissiyasi  o„tkazildi.  2006-yilda  tibbiyot  oliy 

ta‟lim  muassasalarida  grant  asosida  tahsil  olgan  1341  nafar  bitiruvchi  ishga 

taqsimlandi. 

2005-yilning o„zida respublikamizda 38 ta shifoxona va sihatgoh barpo etildi. 93 ta 

davolash profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. 

Shuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemorni qabul qila oladigan ambulatoriya – 

poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qishloq vrachlik punkti ishga tushirildi. 

Ayniqsa,  qishloq  vrachlik  punktlarini  kapital  ta‟mirlash  va  rekonstruksiya  qilish 

natijasida 800 ming nafar bemor sifatli tibbiy xizmatdan foydalangani va qo„shimcha 

ravishda  2  million  kishiga  xizmat  ko„rsatish  imkoniyati  yaratilganini  bu  yo„ldagi 

muhim qadam sifatida baholash mumkin. 

Shuni  alohida  ta‟kidlash  lozimki,  bunday  ibratli  ishlar  barcha  viloyat  va 

tumanlarimizda  ham  amalga  oshirildi.  Jumladan,  Buxoro  viloyatining  Kogon 

shahrida,  Xorazm  viloyatining  Yangibozor  tumanida  yangi  shifoxona,  Bog„ot 

tumanida esa yangi tug„uruqxona majmui barpo etildi. 

Qoraqalpog„iston  Respublikasi  Qopao„zak  tumani  markaziy  kasalxonasida  katta 

hajmdagi  qurilish-ta‟mirlash  ishlari  bajarildi,  Andijon,  Jizzax,  Samarqand,  Sirdaryo 

va  Namangan  viloyatlaridagi  qator  tumanlarda  esa  markaziy  kasalxonalar  zarur 




 

239 


asbob-uskunalar  bilan  jihozlandi.  Bu  ishlarga  1,5  milliard  so„mdan  ziyod  mablag„ 

sarflandi. 

Shu  bilan  birga,  Qarshi  shahrida  kardiologiya  va  ixtisoslashtirilgan  urologiya 

markazlari, Samarqand viloyati tez tibbiy yordam markazining Oqdaryo filiali, Jizzax 

viloyatining  G„allaorol  tumanida  urush  va  mehnat  fahriylari  sanatoriysi,  Farg„ona 

viloyatidagi  «Chimyon»  sanatoriysida  yangi  korpus,  Farg„ona  shahrida  bolalar 

akvaparki kabi tibbiyot va ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo etildi. 

Muxtasar  qilib  aytganda  2006-yil  oxirigacha  jami  165  milliard  800  million  so„m 

mablag„ sarflangani tibbiyot sohasida bajarilgan ishlarning hajmi va ko„lamini yaqqol 

ko„rsatib turibdi.  

2006-yili sog„liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini rivojlantirish, 

ularni  zamonaviy  asbob-uskunalar,  zarur  jihoz  va  mebellar  bilan  ta‟minlash 

maqsadida  davlat  budjetidan  7,6  milliard  so„m,  ya‟ni,  2005-yildagiga  nisbatan  1,5 

barobar ko„p mablag„ ajratildi. Kapital ta‟mirlashga esa homiylar hisobidan 7 milliard 

so„m sarflandi.  

Respublika  ixtisoslashtirilgan  ko„z  mikroxirurgiyasi,  xirurgiya,  kardiologiya 

markazlari,  Fitiziatriya  va  pulmonologiya  ilmiy  tadqiqot  institutida  60  o„rinli 

davolash bo„limi kapital ta‟mirlanib, zamonaviy davolash usullari joriy qilindi.  

Shuningdek,  Xorazm  viloyatida  Respublika  ixtisoslashtirilgan  urologiya 

markazining  filiali  tashkil  etildi,  Respublika  jarrohlik  markazi  va  «Salomatlik» 

institutining  Nukus  filiallari,  Jizzax  viloyatida  kardiologiya  dispanseri  va  viloyat 

bolalar  shifoxonasi,  Qashqadaryo  viloyatida  sil  kasalliklari  dispanseri,  Surxondaryo 

viloyatida bolalar shifoxonasi kapital ta‟mirlandi. 

2006-yilda qariyb 284 milliard so„m, jumladan, 133 milliard so„m budjet mablag„i, 

151 milliard so„mdan ziyod idora va tashkilotlar, homiylar mablag„i sarflandi. 

Mamlakatimizada kuchli ijtimoiy himoya siyosati haqida gapirganda o„tgan davrda 

qo„lga  kiritgan  salmoqli  yutuq  va  natijalarimiz  xalqimizning  daromadlari  va 

farovonligini  izchil  ravishda  oshirib  borishni  ta‟minlash,  keng  ko„lamli  ijtimoiy 

dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berishini ta‟kidlash lozim. 

Barchamizga  ma‟lumki,  aholi  ish  haqi  va  daromadlarining  o„sishi  sur‟ati  eng 

muhim  ko„rsatkichlardan  biri  hisoblanadi.  Bu  haqda  gapirganda,  aholi  real 

daromadlarining 2006-yilda 2000-yilga nisbatan 2,5 1999-yilga nisbatan esa o„rtacha 

12 barobar oshganini ta‟kidlash lozim. 2007-yil oxirida respublikamizda o„rtacha ish 

haqi miqdori 20 dollar darajasiga yetdi. 

Mamlakatimizda  har  uch  yilda  ish  haqini  2-2,5  barobar  oshirish  strategik  vazifa 

qilib  qo„yilgan.  Shu  tariqa,  aholining  xarid  qobiliyatini  hisobga  olgan  holda,  yaqin 

yillar ichida xalq farovonligi va daromadlarini ta‟minlash bo„yicha yuksak marralarga 

erishayotgan mamlakatlar darajasiga ko„tarilishni maqsad qilib qo„yilgan. 

Bugungi  kunda  yurtimizda  zamonaviy  mehnat  bozori  shakllandi  –  mustaqillik 

yillarida  5  milliondan  ortiq  yangi  ish  o„rinlari  tashkil  etildi.  Ularning  70  foizdan 

ziyodi sanoat va xizmat ko„rsatish sohalariga to„g„ri keladi. 



 

240 


Ayniqsa,  shahar  va  qishloqlarda  birinchi  navbatda  xotin-qizlarni  ish  bilan 

ta‟minlash  imkonini  beradigan,  yirik  sanoat  korxonalari  bilan  kooperatsiya  asosida 

tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivojlana boshlaganini ta‟kidlash lozim. 

Biz  uchun  muhim  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo„lgan  aholini  ish  bilan  ta‟minlash 

bilan  bog„liq  muammolarga  katta  e‟tibor  qaratib,  bu  borada  aniq  maqsadga 

yo„naltirilgan  ishlarni  izchil  amalga  oshirayotganimiz  mavjud  ahvolni  tubdan 

o„zgartish uchun imkon yaratdi. 2006-yilda ishsizlik darajasi 5,3 foizgacha kamaygani 

ham shundan dalolat beradi. 

Mamlakatimiz  aholisi,  avvalo  qishloq  joylardagi  odamlarning  turmush  sharoiti 

izchil tarzda yaxshilanmoqda. Istiqlol yillarida 36 ming kilometrlik suv quvurlari, 72 

ming  kilometrlik  gaz  tarmoqlari  ishga  tushirildi.  Bu  1991-yilga  qadar  erishilgan 

natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 barobar ko„p demakdir. 

Natijada aholini ichimlik suvi bilan ta‟minlash bugungi kunda 84 foizni, jumladan, 

qishloq joylarda 77 foizni, tabiiy gaz bilan ta‟minlash 82 foizni, qishloq joylarda esa 

78 foizni tashkil etmoqda. 

Xalqimiz  turmush  sharoitini  yaxshilashga  doir  chora-tadbirlar  tizimida  sog„liqni 

saqlash  va  aholi  salomatligini  muhofaza  qilish  alohida  o„rin  tutishini  hammamiz 

yaxshi tushunamiz. 

O„tgan  yillar  mobaynida  O„zbekistonda  tibbiy  xizmat  ko„rsatish  tizimi  amalda 

to„liq  qayta  ko„rib  chiqildi.  Hozirgi  vaqtda  bu  boradagi  islohotlarning  asosiy 

bosqichlaridan  biri  nihoyasiga  yetmoqda.  Aholiga  bepul  shoshilinch  va  yuqori 

malakali  tibbiy  yordam  ko„rsatish  uchun  eng  yuksak  talablarga  javob  beradigan 

ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo„limlar tarmog„ining tashkil etilishi bu bosqichning 

eng  muhim  va  aniq  natijasi  bo„lganini  ta‟kidlash  joiz.  Maxsus  tashkil  etilgan 

respublika  markazi  bu  tizimga  rahbarlikni  va  uning  faoliyatini  muvofiqlashtirishni 

ta‟minlamoqda. 

Sog„liqni  saqlashning  birlamchi  bo„g„inida,  ayniqsa,  qishloq  joylarda  jiddiy 

o„zgarishlar  ro„y  berdi.  Samarasiz  ishlayotgan  feldsherlik-akusherlik  punktlari  va 

qishloq ambulatoriyalari o„rnida zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan 

jihozlangan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti tashkil etilgani bu sohadagi katta 

qadam  bo„ldi,  desak,  to„g„ri  bo„ladi.  Tibbiyot  xodimlari  mehnatga  haq  to„lash  va 

ularni rag„batlantirish tizimining har tomonlama qayta ko„rib chiqilishi aholiga tibbiy 

xizmat  ko„rsatishni  sifat  jihatidan  yaxshilash  imkonini  berdi.  Natijada  keyingi  2-3 

yilda soha xodimlarining ish haqi 2 barobardan ziyod ko„paydi. 

Yurtimizda yangi tashkil etilgan sog„liqni saqlash tizimida eng yuksak zamonaviy 

tibbiyot  texnologiyalari  va  texnikasi  bilan  ta‟minlangan  ixtisoslashgan  klinikalar 

muhim  o„rin  egallamoqda.  Ularda  yuqori  malakali  mutaxassislar  jahon  miqyosidagi 

murakkab va noyob operatsiyalarni amalga oshirib, odamlar hayotini saqlab, ularning 

umriga umr qo„shayotgani bu boradagi islohotlarimizning yana bir amaliy ifodasidir. 

Sog„liqni  saqlash  tizimida  bo„lajak  onalar  salomatligini  muntazam  nazorat  qilib 

boradigan,  sog„lom  bolalar  tug„ilishiga  xizmat  qiladigan  keng  tarmoqli  skrining 



 

241 


markazlarining  o„rni  va  ahamiyati  qanchalik  katta  ekani  haqida,  o„ylaymanki, 

ortiqcha gapirib o„tirishga hojat yo„q. 

Agar 1991-yilda onalar o„limi bilan bog„liq ko„rsatkich har 100 ming nafar ayolga 

nisbatan  65  tani  tashkil  etgan  bo„lsa,  bugungi  kunda  bu  raqam  24  taga  tushdi, 

go„daklar  o„limi  esa  ilgari  1000  nafar  chaqaloqqa  35  tadan  to„g„ri  kelgan  bo„lsa, 

hozirgi kunda 14 taga tushdi. 

Shunisi e‟tiborliki, bugun O„zbekistonda chechak va ich terlama, kuydirgi, o„lat va 

vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi. 

O„tgan  davr  mobaynida  yurtimizda  aholining  o„rtacha  umr  ko„rish  darajasi  ham 

sezilarli  ravishda  ortib  bormoqda.  Bu  boradagi  umumiy  ko„rsatkich  1990-yilda  67 

yoshni  tashkil  etgan  bo„lsa,  2008-yilda  72,5  yoshni  tashkil  etdi.  Jumladan,  erkaklar 

o„rtasidagi  o„rtacha  umr  ko„rish  66  yoshdan  70  yoshga,  ayollar  o„rtasida  esa  70 

yoshdan  74,6  yoshga  uzaygani  odamlar  salomatligini  muhofaza  qilish  va  turmush 

sharoitini  yaxshilashga qaratilgan  chora-tadbirlarning  aniq va yaqqol  natijasi sifatida 

baholash o„rinli bo„ladi. 

Shuningdek,  mustaqillik  yillarida  ijtimoiy  himoya  siyosati  davlat  siyosatining 

ustuvor yo„nalishi bo„lib qoldi. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish